Geologik tuzilishi.
Rossiya hududi Sharqiy Yevropa platformasining anchagina qismini, butun Sibir platformasini, Gʻarbiy Sibir plitasini, Janubiy Sibir, Verxoyansk Chukotka burmali, Koryak yassitogʻligi, Kamchatka, Kuril o.lari, Primorye va Saxalin burmalilarini egallaydi. Qad. platformalar yuqori proterozoy davrigacha boʻlgan kristalli fundament (zamin)dan iborat boʻlib, dengiz tubidagi qad. choʻkindi va vulkan jinslaridan tashkil topgan va keyinchalik burmalanib, metamorfizmga uchragan. Kareliya burmalanish davri tugagach, Sharqiy Yevropa va Sibir platformalari zaminining yuzasi denudatsiya natijasida tekislanib, choʻkindi jinslar ostida qolgan. Proterozoy davri oʻrtalarigacha qad. platformalarni oʻrab turgan burmali obl.lar oʻrnida okean boʻlib, asta-sekin geosinklinal tizimlari tarkib topa boshlagan va turli yoshdagi burmalangan obl.lar — baykal, kaledon, gersin, kimmeriy burmalanishlari hosil boʻlgan. Kavkazda geosinklinal rivojlanish jarayoni Alp burmalanish davrida tugagan. Kuril va Komandor o.larida, Oxota, Bering dengizlari botiqlarida geosinklinal rivojlanish hali tugamagan.
Mineral resurslari .
Rossiya juda boy mineralxom ashyo zaxiralariga ega boʻlgan mamlakat. Dunyodagi 7 ta eng yirik koʻmir havzasidan 5 tasi R.da joylashgan. Rossiyada dunyodagi temir rudasi, berilliy zaxirasining 30%, neftning 17—18%, gaz, olmos, niobiy, tantalning 70—75%, palladiyning 50%, nikelning 40% dan koʻprogʻi, uranning 10% mavjud. Jumladan, Uralda boksit, Shim. Kavkaz, Oʻrta va Jan. Ural, Sharqiy Sibirda mis, Krasnoyarsk oʻlkasi shimolida misnikel, Zabaykalye va Uzok, Sharkda ruxqoʻrgʻoshin, Ural, Oltoy, Zabaykalye va Kolada qimmatbaho toshlar, marmar, granit, bazalt, Saxada olmos konlari, shuningdek, turli joylarda volfram, molibden, surma, simob, oltin, kumush, platina, kobalt, slyudamoskovit, asbest va sh.k. foydali qazilmalarning katta konlari bor.
Iqlimi deyarli hamma joyda kontinental (chekka shimoliy gʻarbda dengiz ikdimi), Sibir va Uzoq Sharq shimolida keskin kontinental, jan.da musson iklim (qishi sovuq, qor kam yogʻadi, yozi mo’tadil iliq). Qishda Rossiya hududi ustida yuqori atmosfera bosimi (sharqaa Osiyo antitsikloni) hukmron boʻladi. Yanv.ning oʻrtacha trasi Yevropa qismining gʻarbida va Kavkaz shim.da 0—5°, Saxa sharqida —40°, —50°, jumladan, Oymyakonda — 72,2° gacha. Yozda atmosfera bosimi pasayadi, shu sababli bu mavsum nisbatan iliq, jan.da issiq, iyulning oʻrtacha trasi G dan (Sibir shim.) 24—25° gacha (Kaspiyboʻyi pasttekisligida) yetadi. Eng koʻp yogʻingarchilik Kavkaz togʻlarida (yiliga 3200 mm gacha), Uzoq Sharq jan.da (1000 mm gacha) va Sharqiy Yevropa tekisligining oʻrmon zonasida (850 mm gacha). Kaspiybuyi pasttekisligining yarim choʻl joylarida juda oz — yiliga 170 mm ga yaqin yogʻin tushadi. Qor qoplami mamlakat jan.da 60—80 kun davom etsa, Chekka shim.da 260—280 kunga boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |