Kurs ishining ob’ekti va predmeti. Rossiya turansporti hududiy tavsifini o’rganish ob’ekti bo’lsa, ushbu hududdagi transport sohasidagi rivojlanish omillari, salohiyati, xususiyatlari va hududiy tarkibi kurs ishi predmetidir.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Kurs ishining maqsadi Rossiya transporti hududiytavsifi salohiyatini o’rganish va umumiy, kengroq ma’lumot berishdan iborat.
Qo’yilgan maqsad quyidagi vazifalarni bajarishni taqozo etadi:
Rossiya davlatini o’rganish;
Rossiya transportining hududiy tavsifi haqida ma’lumot berish;
Rossiya transportining salohiyatini o’rganish;
Ushbu hududdagi transport va bu sohasini o’rganish.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi. Ish kirish, ikki bob, xulosa, adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan tashkil topgan. Uning umumiy hajmi __ bet, shundan asosiy matn __ bet. Matnda _ ta jadval, _ ta rasmlar joy olgan, 15 nomdagi adabiyotlar va 4 dan ortiq internet manbalari keltirilgan. Kurs ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ishning ob’ekti va predmeti, maqsadi va vazifasi yoritilgan. Ishning xulosa qismida kurs ishi natijalari umumlashtirilgan.
I BOB ROSSIYANING UMUMGEOGRAFIK XUSUSIYATLARI.
Rossiyaning geografik o’rni, shakllanish bosqichlari va davlat tuzumi.
Rossiya Federatsiyasi (RF) — Yevropaning sharqida, Osiyoning shimolida joylashgan davlat. Maydoni jihatidan dunyoda eng katta mamlakat. Quruqlikdagi chegarasi 22125,3 km, dengiz chegarasi 38807,5 km. Rossiyaning hududi 3 okean havzasiga qarashli 12 dengiz, jumladan, Boltiq, Qora va Azov (Atlantika okeani), Barens, Oq, Kara, Laptevlar, Sharqiy Sibir va Chukotka (Shimoliy Muz okeani), Bering , Oxota, Yapon dengizlari (Tinch okean), shuningdek, hech bir okeanga tutashmagan Kaspiy dengizi bilan oʻralgan. Mayd. 17,1 mln. km2. Axrlisi 145,3 mln. kishi (2002). Poytaxti — Moskva shahri. Maʼmuriy jihatdan 89 subʼyekt: 21 respublika (Adigeya, Boshqirdiston, Buryatiya, Dogʻiston, Ingushiya, KabardaBalka riya, Kareliya, Komi, Mariy El, Mordoviya, Oltoy, Saxa (Yakutiya), Tatariston, Tuva, Udmurtiya, Haqasiya, Checheniston, Chuvashiya, Shim. Osetiya, Qalmoq, Qorachoy, Cherkasiya), 6 oʻlka (Krasnodar, Krasnoyarsk, Oltoy, Primorye, Stavropol, Xabarovsk), 49 viloyat (Amur, Arxangelsk, Astraxon, Belgorod, Bryansk, Vladimir, Volgograd, Vologda, Voronej, Ivanovo, Irkutsk, Kaliningrad, Kaluga, Kamchatka, Kemerovo, Kirov, Kostroma, Kurgan, Kursk, Leningrad, Lipetsk, Magadan, Moskva, Murmansk, Nijniy Novgorod, Novgorod, Novosibirsk, Omsk, Orenburg , Oryol, Penza, Perm, Pskov, Rostov, Ryazan, Samara, Saratov, Saxalin, Sverdlovsk, Smolensk, Tambov, Tver, Tomsk, Tula, Tyumen, Ulyanovsk, Chelyabinsk, Chita, Yaroslavl), 2 federal shahar (Moskva, Sankt-Peterburg), 1 muxtor viloyat (Yahudiylar), 10 muxtor okrug (Aga Buryatlari, KomiPermyaklar, Koryaklar, Nenetslar, Taymir (DolganNenets), UstOrdinskiy Buryatlari, XantiMansi, Chukotka, Evenklar, YamalNenets]ga boʻlinadi. R.da 1091 shahar, 1922 shaharcha bor. Markaziy, Shimoliy gʻarbiy, Janubiy, Volga boʻyi, Ural, Sibir, Uzok, Shark, federal okruglari tashkil etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |