4-jadval
Global beta xilma-xillik
|
Whittaker:
|
1.1078
|
Harrison:
|
0.11078
|
Cody:
|
53.5
|
Routledge:
|
0.23932
|
Wilson-Shmida:
|
3.524
|
Mourelle:
|
0.3524
|
Harrison 2:
|
0.018519
|
Williams:
|
0.15625
|
U shbu indexlardan biz uchun Whittaker indeksi muhim. Biz bu indeksi orqali 11 ta hudud faunasi klasterini tuzib olishda foydalanamiz(5-jadval).
Yuqorida klasterda Desert A3 va Mountain C1 hududlar faunasi o’xshashligi kelib chiqdi, bu holat Desert A3 va Mountain C1 hududlar sudralib yuruvchuilarining tur soni kamligi, antropogen va vertical tarqalish hisobiga yuzaga kelgan va klasterning bu qismi hisobga olinmaydi. Qolgan hududlar fauna o’xshashligi tahlil qiladigan bo’lsak, eng yaqin o’xshashliklar Desert A va Desert A1, Foothill B2 va Mountain C hududlarda kuzatildi. Desert A va Desert A1 hududlar Qarshi cho’lining bir qismi va ekologik, geografik jihatdan bir xil va Desert A2 va Desert A4 hudular ham ularga ekologik, geografik tomonlama uzviy o’xshash. Adir hududlari bo’lgan Foothill B2, Foothill B3 va Mountain C o’xshash faqat Foothill B1 hudud umumiy har birini bog’lovchi hududdir. Foothill B hudud cho’l va adir hududlarini o’rtasida joylashgan ekologik va geografik jihatdan, turlar tarqalishi va tarkibi bo’yicha ko’proq cho’l hududga o’xshashdir.
Qashqadaryo viloyatining hududiy turlar boyligi yoki gamma xilma-xilligi aniq biz aniqlagan 32 tur deb aytish noto’g’ri bo’ladi, shuningdek 11 ta hududning gamma xilma-xilligini ham. Chunki tadqiqot davomida viloyatning faunasi butun qismini tadqiq etmaganmiz. Viloyat iqlim sharoitlari, ekologiyasi va shu kabi omillardan kelib chiqib, yuqorida qayt etilmagan ba’zi turlarni ushbu hududda tarqalish imkoni borligini hisobga olgan holda, viloyat sudralib yuruvchi hayvonlari xilma-xillligiga baho berish lozim. Har bir faunistik tadqiqotlar ma’lum bir hududning alfa xilma-xilligi, tur havzasi (species pool) va gamma xilma-xillik yoki hududiy turlar boyligini aniqlashni talab etadi. Yuqorida biz tanlab olingan 11 hududning alfa xilma-xilligini aniqladik va beta xilma-xillik orqali hududlar faunasining o’xshashlik klasterini hosil qilib oldik. Endilikda klasterga asosolanib hududlarni 2 ekologik zonaga ajratib olamiz. Ya’ni Desert A, Desert A1, Desert A2 va Desert A4 hududlar birinchi zona, Foothill B1, Foothill B2, Foothill B3 va Mountain C hududlar ikkinchi zona. Zonalardan Foothill B hudud chiqarib tashladik sababi ushbu hudud cho’l va adir hududlari bog’lovchisi bo’lganligi sababli natijalar manfiy ishorada chiqariladi. Bu ikki zonaning har bir hududining turlar havzasini (species pool) aniqlaymiz. Bunda biz hududlarning qorong’u xilma-xilligi (Dark diversity) aniqlashimiz kerak(5-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |