Ii bob. Qahqadaryo viloyati sudralib yuruvchilarning faunasi


-grafik: Desert A hududda turlarning tarqalish regressiyasi



Download 0,82 Mb.
bet4/11
Sana23.07.2022
Hajmi0,82 Mb.
#842462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-grafik: Desert A hududda turlarning tarqalish regressiyasi
Desrt A1 hudud geografik va ecologik jihatdan A hududga o’xshash biologik xilma-xillik indeksi Shannon bo’yicha 2.568 ga teng va turlar boyligi 7 oila, 11 urug’, 16 turni tashkil etadi. Qayt etilgan individlar soni 409 ta bo’lib dominant tular tez kaltakesak Eremias velox (Pall.1771) qayt etilgan individlarning 13.5%, chiziqli kaltakesak Eremias lineolentum(Nikolsky.1901) qayt etilgan individlarning 13.5%, o’rtacha kaltakesak Eremias intermedia (Strauch, 1976) qayt etilgan individlarning 1 2.5% ini tashkil etadi (2-grafik).
2-grafik: Desert A1 hudud turlar regressiyasi
D esert A2 hudud asosiy to’qayzor va yondosh agrosenozlarni o’z ichiga olgan. Hududda sudralib yuruvchilar xilma-xillik indeksi Shannon bo’yicha 2.466 ga teng. Hududda 7 oila, 13 urug’, 15 turga mansub 312 ta individ qayt etildi.
Dominant turlar tez kaltakesak Eremias velox (Pall.1771) qayt etilgan individlarning 17.3%, chiziqli kaltakesak Eremias lineolata (Nikolsky, 1896) qayt etilgan individlarning 10%, Suvilon Natrix tessellata (Laurenti, 1768) qayt etilgan individlarning 9.6% ini tashkil etadi(3-grafik).
D esert A3 hudud ekologiyasi ancha buzilgan hozirda og’ir ahvolda desa ham bo’ladi. Sababi hududda Viloyatning eng yirik chiqindixonasi joylashgan bo’lib chiqindilar asosan Qashqadaryoning eng yirik shaharlari Qarshi, Koson shuningdik atrofdagi shaharcha va qishloqlardan olib kelinadi. Chiqindilar betartib to’kilishi va qarovsizligi sababli hududning deyarli 90% uchuvchang chiqindilar, polietilien qog’oz va boshqa chiqndilar bilan qoplangan. So’nggi 20 yilda hududning florasi 50% gacha kamayganligi Qarshi Davlat Universiti monitoring amaliyoti hisobotida keltirilgan. Hududning faunasi ilgari deyarli o’rganilmagan ammo hozirda ham qoniqarli darajada emas desa bo’ladi hududda 5 oila, 7 urug’, 8 turga mansub 152 individ qayt etildi. Dominat turlar tez kaltakesak Eremias velox (Pallas, 1771) qayt etilgan individlarning 43%, Qum to’garakboshi Phrynocephalus interscapularis (Lichtenstein, 1856) qayt etilgan individlarning 13% ini tashkil etadi (4-grafik).

D esert A4 hudud asosiy agrosenoz va to’qayzordan iborat. Turlar xilma-xillik indeksi Shannon bo’yicha 1.598 ga teng. Hududda 4 oila, 7 urug’, 8 turga mansub 222 ta individ qayt etilgan. Dominat turlar kaspiy gekkoni Cyrtopodion caspius (Eichwald, 1831) qayt etilgan individlarning 42%, tez kaltakesak Eremias velox (Pallas, 1771) qayt etilgan individlarning 23%, Suvilon Natrix tessellata (Laurenti, 1768) qayt etilgan individlarning 13,2% ini tashkil etadi(5-grafik).


F oothill B hudud adirlik ammo nisbatan past tepaliklar va tekisliklardan tashkil topgan. Hududda 9 oila, 12 urug’ 12 turga mansub 199 ta individ qayt etilgan bo’lib, xilma-xillik indeksi Shannon bo’yicha 2,057 ga teng. Dominat tur sifatida faqat tez kaltakesak Eremias velox (Pallas, 1771) ko’rsatish mumkin, qayt etilgan individlarning 23%ini tashkil etadi(6-grafik).

F oothill B1 hudud o’rganilish maydoni jihatidan eng yirik hudud hisoblanadi. Tarkibida yuqori adir qirliklar va tekisliklari, to’qay va shuningdek lalmikor agrosenozlar, xo’jalik uylarini ham o’z ichiga oladi. Hududning e’tiborli tomoni chang’aroq va jamolchag’il deb nomlanuvchi ikki qirlik o’rtasidagi anchagina katta qism antropagen ta’sirlardan izolatsiyalangan va ekologik qulay iqlim sharoitiga ega, o’simliklar qoplami ham anchagina boy shu sababli hududning turlar boyligi va xilma-xillik ko’rsatkichi eng yuqoridir. 11 oila, 17 urug’ 27 turga mansub 1854 ta individ qayt etildi. Xilma-xillik indeksi Shannon bo’yicha 3.099 ga teng. Dominant turlari tez kaltakesak Eremias velox (Pallas, 1771) qayt etilgan individlarning 8.5%, kaspiy gekkoni Cyrtopodion caspius (Eichwald, 1831) qayt etilgan individlarning 8.0%, turkiston gekkoni Cyrtopodion fedtschenkoi (Strauch, 1887) qayt etilgan individlarning 7.5%, sariq ilon Pseudopus apodus (Pallas, 1775) qayt etilgan individlarning 8.4% ini tashkil etadi. Qolgan turlar ham deyarli tekis taqsimlangan foizlarga egaligi xilma-xillikning yuqori ekanligini ko’rsatadi(7-grafik).

F oothill B2 hudud yuqori adir qirliklari va tog’ning ma’lum bir qismini o’z ichiga oladi. Shuningdek to’qay va qisman lalmikor agrosenozlardan iborat. Hududning xilma-xillik indeksi Shannon bo’yicha 2.357 ga teng bo’lib 10 oila, 15 urug’, 18 turga mansub 565 individ qayt etilgan. Dominat turlari turkiston agamasi Laudakia lehmanni (Nikolsky, 1896) qayt etilgan individlarning 19.5%, dasht agamasi Trapelus sanguinolentus (Pallas, 1814) qayt etilgan individlarning 23% ini tashkil etadi(8-grafik).

Foothill B3 hududi adirliklardan iborat bo’lib, iqlim va ekologik jihatdan Samarqand viloyatiga yaqin. Xilma-xillik indeksi Shannon bo’yicha 2.357 ga teng. 9 oila, 13 urug’, 15 turga mansub 280 individ qayt etildi. Fothill B3 hududlarda turlar sonining ehtimoliy o’rtachasi biz kuzatgan 14 emas balki 14,5 bo’lishi mumkinligi Chao-1, iChao-1 va ACE testlar natijasida ko’rinib turibdi. Bundan kelib chiqib o’xshashlik korrelatsiyasi va ekologik omillarni hisobga olsak Foothill B3 hududida turlar boyligi yuqori bo’lishi mumkin. Dominant turlari Eremias velox (Pallas, 1771) qayt etilgan individlarning 27%, kaspiy gekkoni Cyrtopodion caspius (Eichwald, 1831) qayt etilgan individlarning 12% ini tashkil etadi(9-grafik).

M ountain C hudud asosiy qismi dengiz sathidan 1800-2200 metr blandlikdagi tog’ mintaqasidan iborat, kichik daryo oqib o’tgan va iqlim sharoitlari Surxondaryo viloyati tog’li hududlariga juda ham o’xshash. Hudud xilma-xillik indeksi 2.825 ga teng. 11 oila, 17 urug’, 20 turga mansub 1282 individ qayt etildi. Dominant turlari tez kaltakesak Eremias velox (Pallas, 1771) qayt etilgan individlarning 11%, kaspiy gekkoni Cyrtopodion caspius (Eichwald, 1831) qayt etilgan individlarning 8.8%, sariq ilon Pseudopus apodus (Pallas, 1775) qayt etilgan individlarning 10.5% ini tashkil etadi(10-grafik).

Mountain C1 hudud yuqori tog’ va yaylovlarni o’z ichiga oladigan dengiz sathidan 2200-2400 metr balanlikda joylashgan maydon. Iqlim sharoitlari ancha sovuq va issiq kunlar kam. Ammo antropogen omillardan ancha holi hudud. 4 oila, 6 urug’, 8 turga mansub 154 individ qayt etilgan. Xilma-xillik indeksi Shannon bo’yicha 1.849 ammo undan yuqori bo’lishi mumkin. Haqiqatda bu hudud turlar boyligi yuqori bo’lishi mumkin sababi tadqiqot davomida reylef omillari natijasida turlarni aniqlash va individlarni qayt etish qiyinchiliklariga dush kelindi. Individlar odamlar yaqinlashganini uzoqdan sizgach pana joyga bekinishga o’tadi. Shu sababli tadqiqotimiz davomida toshlar orasiga kirishga ulgurgan individlar noma’lumligicha qolib ketish hollari juda ko’p bo’ldi.
U shbu hududda uchraydigan dominant turlar haqida aniq ma’lumot aytish qiyin ammo himalay agamasi Laudakia himalayanus (Steindachner, 1867) individlari qayt etilgan individlarning 27 %, Turkiston agamasi Laudakia lehmanni (Nikolsky, 1896) esa 19.5% ini tashkil etadi. Buning sababi bu turda insondan qochish holati unchalik tashlanmadi. Bundan Chalamazor qishlog’i aholisi yozda ko’chib boradigan yozgi kichik uychalari devorlarida turkiston gekkoni Cyrtopodion fedtschenkoi (Strauch, 1887) ham uchrab (19%) turadi(11-grafik).

U mumiy Qashqadaryo viloyati bo’yicha tahlil o’tkazish va viloyat bo’ylab turlar holatiga baho bersh maqsadida yig’ilgan individlar umumiy sonlari ustida regressiya o’tkazildik. tahlil grafigi bo’yicha xulosa qiladigan bo’lsak viloyatda barcha hududida tarqalmasada ammo son jihatdan ko’p bo’lgan organizmlar viloyat dominant turlari hisoblanishi kelib chiqaradi(12-grafik).


Yuqoridagi natijalardan ko’rinib turibdiki viloyat hududi bo’ylab tarqalgan turlarning son jihtadan dominant turi tez kaltakesakdir Eremias velox (Pallas, 1771).. Bundan tashqari dasht agamasini Trapelus sanguinolentus (Pallas, 1814) ham 11 hududning 9 tasida uchraydi. Shuningdek suvilon Natrix tessellata (Laurenti, 1768) ham dominant tur. Suvilon 9 ta hududda uchraydi va ularning 2 tasida son jihatdan ham dominantlikka egadir. Ammo son jihatdan kam bo’lsada, barcha hududlarda tarqalgan, rangbarang chipor ilonni Hemorrhois ravergieri (Мenetries, 1832) ham viloyatning dominant turi hisoblash mumkin
Taqir to’garakboshi Phrynocephalus helioscopus (Pallas, 1771), qum to’garakboshi Phrynocephalus interscapularis (Lichtenstein, 1856), quloqdor agama Phrynocephalus mystaceus (Pallas, 1776), eversman taroqbarmoq gekkoni Crossobamon eversmanni (Wiegmann, 1834), turkiston gekkoni Cyrtopodion fedtschenkoi (Strauch, 1887), to’r kaltakesak Eremias grammica (Lichtenstein, 1823), qoraxoldor kaltakesak Eremias nigrocellata (Nikolsky, 1896), cho’l taqirko’zlisi Ablepharus deserti (Strauch, 1868), ko’ndalang yo’lli bo’ritish ilon Lycodon striatus (Shaw, 1802) va qum charx iloni Echis multisquamatus (Cherlin, 1981) turlari viloyatning ma’lum bir qismida tarqaligan bo’lib ba’zilari son jihatdan ham kam uchrashi kuzatildi.
Hududlar kesimida xilma-xillik darajasi, turlar boyligi va dominant turlari aniqlangach biz ushbu ma’lumotlar asosida har bir hudud faunasining o’xshashlik darajasini aniqlash va qaysi faunalar parallel yoki uzviy rivojlanib borganini o’rganish maqsadida alfa xilma-xillik bo’yicha korrelatsiya test o’tkazdik. Test natijalaridan p qiymat 0.05 dan kichik bo’lgan holatlar chiqarib tashlab so’ngra grafik ko’rinishiga keltirildi(13-grafik). Korrelatsiya test natijalari xilma-xillik bo’yicha Desert A va Desert A1 hududlar 86%. Desert A va Desert A2 62 %, Desert A va Desert A3 56 %, Desert A va Foothill B 45%, o’xshashdir. Desert A1 va Desert A2 hududlar 46%, Desert A1 va Desert A3 hududlar 50 %, Desert A1 va Foothill B hududlar 35 % o’xshashlikga ega. Desert A2 va Desert A3 hududlar 58%, Desert A2 va Desert A4 hududlar 62% o’xshashlikga ega bo’lib ushbu nuqtaga e’tibor bersangiz Desert A4 hududning boshqa cho’l mintaqasiga tegishli hududlar bilan o’xshashlikga ega emasligini ko’rishingiz mumkin. Bu holat Desert A2 va Desert A4 hududlar asosan to’qay ekosistemasiga egaligi hisobiga yuzaga kelagan degan to’xtamga keldik. Desert A2 va Foothill B hudud 67% o’xshashlikga ega. Desert A2 va Foothill B1 hudud 44 %, Desert A2 va Foothill B3 hudular 65 % o’xshashlik hosil qilgan. Desert A2 huduning ham cho’l ham adir(asosan shimoliy adirlar) mintaqasiga o’xshashligi o’ziga xosdir.
D esert A3 va Fothill B hududlar 79%, Desert A3 va Foothill B3 hududlar 66% o’xshashlikka egadir. Desert A3 hududning bu ikki adir hududiga o’xshashligining sababi bir xil iqlim va bir xil geografik joylashuv orqali kelib chiqqan. Ya’ni Desert A3 hudud dengiz sathidan 750-900 metr balandlikda va Foothill B bilan bir xil sharqiy kenglikda joylashgan. Foothil B3 bilan bir Hisor tog’ining bir tizmasida joylashgan bo’lib Foothil B3 hudud jolashgan tizmaning uzviy davomida va tarixiy shakllanishda bu ikki hudud biogeotsenozlari bir bo’lgan va bu hattoki Foothill B hududgacha qamrab olgan.
Desert A4 va Foothill B hududlar 54%, Desert A4 va Foothill B1 48 % o’xshashlikka ega bu ko’rsatgich unchalik yuqori emas. Ammo Desert A4 va Foothill B3 hudud 71 % o’xshashlikka egaligi yuqoridagi fikrimizning tastig’idir.
Foothill B va Foothil B1 hududlar 39% Foothill B va Foothill B2 hududlar 53%, Foothill B va Foothill B3 hududlar 82 %, Foothill B va Mountain C hudud 50% o’xshashlikka egadir.
Foothill B1 va Foothill B3 hududlar 57 %, Foothill B1 va Mountain C hudular 76% o’xshash. Foothill B2 va Foothill B3 hududlar 66 %, Foothill B2 va Mountain C hudular 56% o’xshash. Foothill B3 va Mountain C hudular 73% o’xshashdir. Mountain C1 hudud korrelatsiyasi hech bir hududga o’xshashlik hosil qilmagan. Sabab qilib sudralib yuruvchilarning vertical tarqalishi bo’yicha 2200-2400 metr balandlikda kam turlar uchrashini ko’rsatish mumkin.
Yuqoridagi keltirilgan korrelatsiya albatta turlarning hududlarda uchrash chastotasini ham qo’shgan holda olingan. ammo hududlarda beta xilma-xillik bo’yicha hududlarda sudralib yuruvchilar xilma-xilligining o’xshashligi biroz farqli bo’ladi. Alfa xilma-xillik faqatgina hududlar faunasining o’xshashligini ko’rsatadi xalos. Hududlar xilma-xilligining o’xshashlik va farqlari bo’yicha yaqinlik darajasini beta xilma-xillik orqali topish mumkin. Beta xilma-xillik bir nechta indexlarga ega. Yig’ilgan materiallar asosida Qahqadaryo viloyati sudralib yuruvchilari global beta xilma-xillikgini past4 programmasi orqali topdik (4-jadval).

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish