1.1. QIZIL KITOBGA KIRITILGAN BA’ZI OILALAR BIOLOGIYASI
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi ―Qizil kitobi‖ga o’simliklarni juda ko’p oilalari kirilgan. Mazkur bitiruv malakaviy ishida ro’yxatga kiritilgan oilalardan ba’zilari (bug’doydoshlar, burchoqdoshlar, ituzumdoshlar, sho’radoshlar, karamdoshlar) tanlab olindi va ularni biologik xususiyalari taxlil qilindi.
Barchaga ma’lumki burchoqdoshlar oilasi vakillari inson hayotida muhim orin tutadi. Dukkakli don ekinlari dukkakdoshlar (Fabaceae) oilasiga kiradi. Bu oila vakillarining ko’pchiligi bir, ikki va ko’p yillik o’tlardan iborat. Ularning gul tuzilishi murakkab tuzilgan bo’lib, gulqo’rg’oni murakkab tuzilgan qayiqcha va eshkakchadan iborat. Gulida 5 ta kosachabarg, 5 ta tojibarg bo’lib 1+2+2 sxemada joylashgan. Changchisi 10 bo’lib, 1 tasi erkin va 9 tasi qo’shilib o’sgan. Urug’chisi bitta va bir uyali. Hasharotlar bilan changlanadi.
Oila vakillarining ildizi - o’q ildiz tizimli. Ildizida tugunak bakteriyalar hamkorlikda hayot kechiradi. Ular shu o’simliklar ildizida yashab havodagi erkin azotni o’zlashtiradi. Bu tugunaklar tuproq hosildorligini oshiradi. Poyalari tik o’suvchi, ilashuvchi, o’raluvchi yoki yotib o’suvchi bo’ladi. Barglari ko’pincha murakkab, ba’zan oddiy, hamisha yonbargchali, poyada ketma-ket o’rnashgan. Gullari qiyshiq, ikki jinsli, shingil, kallakcha xilidagi to’pgulga joylashgan. Gulkosachasi yarmigacha qo’shilgan 5 ta gulkosachabargdan tashkil topgan. Gultoji kapalak shaklida bo’lib, 5 ta gultojibargdan hosil bo’lgan. Ulardan ustidagi yirikrog’i «yelkan» yoki «bayroqcha» deb ataladi; ikki yoniga joylashgani «qanotcha» yoki «eshkak» deyiladi. Bir-biri bilan qo’shilgan bir juft ostki gultojbarg esa «qayiqcha» deyiladi. Changchilari 10 ta, ulardan 9 tasining iplari bir-biri bilan qo’shilib ketgan, o’ninchisi esa erkin, urug’chisi 1 ta. Mevasi dukkak. Mamlakatimizda dukkakli ekinlardan madaniy holda ko’k no’xat, mosh, loviya, no’xat, burchoq, yeryong’oq ko’p ekiladi [Bilich G.L., 2005].
Dukkakli don ekinlari ildizida tuganaklar, ularning donlari nitragin bilan ishlanganida yoki ikki uch – yil avval shu dalada dukkakli ekinlar ekilib, tuproq tuganak bakteriyalar bilan taminlangandagina bo’lishi mumkin xolos. Mabodo tuproqda tuganak bakteriyalar bo’lmasa va urug’lar nitragin bilan ishlanmasa, u holda o’simliklar qo’shimcha azotli o’g’itlar bilan o’g’itlanishga moyil bo’ladilar. Ko’pgina dukkakli don ekinlari tuganak bakteriyalar bilan ishlanganda o’z hosilini ancha oshiradi. Buning uchun tuganak bakteriyalar maxsus konsentratsiyasi, ya’ni nitragin yoki rizotorfin qo’llaniladi va ular bilan ishlash inokulyatsiya deb ataladi.
Dukkakli don ekinlari hosildorligi g’alla ekinlari hosilidan yoki ulardan sal ko’proq bo’lishini nazarda tutadigan bo’lsak, bu ekinlarning ho’jaliklarda katta iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lishligi yaqqol namoyon bo’ladi. Dukkali don ekinlarini tashkiliy – iqtisodiy nuqtai nazardan baholaydigan bo’lsak bu ekinlarni ekish muddatlari texnikaning bo’sh davriga to’g’ri keladi va bu texnikadan unumli hamda uzoq muddat foydalanish imkonini beradi, mosh, soya kabi dukkakli don ekinlarini yana bir qimmati shundaki ya’ni ularni asosiy ekin sifatida bahorda yoki sug’oriladigan zonalarda g’alla ekinlaridan keyin yozda ekish mumkin.
Dukkakli don ekinlarini lalmi almashlab ekishda va soyli zonalarda ekilganda havodan azotni o’zlashtirish qobiliyatini hisobga olish ayniqsa zarur.
Dukkakli don ekinlari o’stirish uchta asosiy vazifani: o’simlik oqsili, ko’plab don etishtirilishini va tuproq unumdorligini oshirilishini ham yetilishiga qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |