Ii bob O’rta Osiyoda Antik davr me’morchiligi va san’ati. 1 Surxon vohasi Antik davri me’morchilik yodgorliklari


O;rta osiyoda Antik davri san’ati



Download 50,64 Kb.
bet5/5
Sana09.06.2022
Hajmi50,64 Kb.
#647112
1   2   3   4   5
Bog'liq
Primov Bekali pechat

2.2 O;rta osiyoda Antik davri san’ati.
Buddaviylik bilan bog’liq bo’lgan yodgorliklardan biri Ayritom bo’lib, u Termiz yaqinida Amudaryo bo’yida joylashgan. Bu yerdan topilgan me’moriy san’at asarlarida turli xil musiqa asbobi chalayotgan musiqachilar tasvirlangan.Termiz yaqinida arxeologlar Qoratepa yodgorligini topib o’rganganlar. Qoratepa buddaviylik dinining ibodatxonasi bo’lgan. Qoratepa tabiiy tepalik bo’lib, uning atrofidan ko’plab haykallar topilgan. Fayoztepa esa Qoratepa yaqinida joylashgan yodgorlik bo’lib, u buddaviylarning ibodatxonasi va maktabi vazifasini o’tagan.Kushonlar davriga oid yodgorliklarning yana biri Dalvarzintepa bo’lib, u Surxondaryo viloyatida joylashgan. 1972 yilda Dalvarzintepani qazish vaqtida 34 kg og’irlikda tilladan ishlangan 115 dona buyum topilgan. Ular bilaguzuklar, uzuk, to’g’nag’ichlar bo’lib, yuksak mahorat bilan yasalgan. Dalvarzintepani qazish vaqtida 60 ta turli xil metal buyumlar topilgan. Metall bilan bog’liq hunarmandchilikning rivoji haqida gap ketganda Dalvarzintepadan topilgan tosh qoliplarni ham ko’rsatish mumkin. bu qoliplarda oyna, o’roq, pichoq, bigiz va boshqa shunga o’xshash ho’jalik buyumlari quyilgan. Metall esa sopol idishlarda tigellarda eritilganligi olimlar tomonidan aniqlanib, o’rganilgan. Dalvarzintepani qazish vaqtida ot uzangilari va suvlig’i, oyna, bilaguzuk, halqa va qarmoqlar, ikki parrakli bronza paykonlari topildiChust madaniyati yodgorliklarida toshdan mehnat qurollari yasash davom etadi. Masalan, birgina Dalvarzintepani qazish vaqtida 1500 ga yaqin tosh qurollar topilgan. Tosh qurollar orasida qum-toshdan yasalgan o’roqsimon pichoqlar yasash alohida diqqatga sazovordir. Bu yerdan 400 yaqin ana shunday tosh pichoqlar topilgan. Topilmalarga qaraganda o’sha davrda suyakdan qurol yasash ham keng yo’l qo’yilgan. Suyakdan yasalgan-taroq, moki, bigiz, urchuq va boshqa buyumlar ham Davlvarzintepada ko’plab uchraydi.
Antik davr yodgorliklari Xorazm hududlaridan ham topib o’rganilgan. Qadimgi Xorazm tarixi va madaniyati haqida ma’lumot beruvchi yodgorliklardan biri –Qo’yqirilganqal’adir.
Qo’yqirilganqal’ada 1951-57 yillarda arxeologik qazish va qidiruv ishlari olib borilgan. Bu yodgorlik qadimgi Xorazmning mil. avv. IV – milodning I asriga mansub bo’lgan shaharlaridan biri bo’lgan. Shahar doira shaklidagi qal’adan iborat bo’lib, u tashqi va ichki devorlar bilan o’rab olingan. Arxeologlar 3 qatordan iborat bo’lgan mudofaa devori bo’lganligini, tashqi devorning yuqori qismida kamonchilar uchun qilingan tuynuklar, aylana shaklida burjlar o’rnini aniqlaganlar. Qal’ada kulolchilik rivojlangan idishlar sirtiga afsonaviy qushlar rasmi chizilgan. Ko’plab idishlarda chopar ot ustidagi sipohiylar surati solingan. Tulpor ot tasviri esa ko’plab uchraydi. Urug’ totemlari bilan bog’liq xususiyatlarni aks ettiruvchi arslon, jayron, tuya singari hayvonlarning suratlari solingan buyumlar keng tarqalgan.
Devorning muhim madaniy yodgorliklaridan biri Tuproqqal’adir. Tuproqqal’a Xorazmshohlar podsholarining markaziy shahri bo’lgan. Yodgorlikda keng ko’lamdagi ishlar 1945 yildan S.P.Tolstov tomonidan olib borilgan. Tuproqqal’aning maydoni 17,5 ga bo’lib, u III-IV asrlarga mansub noyob yodgorlik. Yodgorlik markazida 80х80 m hududni podsho saroyi egallagan. Saroyning devorlari haykallar bilan bezatilgan. Saroy xonalari esa har xil maqsadlar uchun mo’ljallangan. Arxeologlar ularni «podsho zali», «raqqoslar zali» degan shartli nomlar bilan atashgan.Podsho zalida ko’plab haykallar bo’lib, ularning barchasi loydan ishlangan. Ular qimmatbaho va turli rangdagi liboslarda tasvirlangan. (yaxtak, sholvor kiygan erkaklar, burmalangan ko’lakdagi ayollarning haykallari). “Qizil tanli harbiylar zali”da podsho haykali qo’yilgan, uning ikki tomonida o’ziga xos bosh kiyimdagi qurolli harbiylar haykali o’rnatilgan. Podshoh saroyining yana bir zalida mayho’rlik bazmi ko’rsatilgan. Tuproqqal’a yodgorligidan podsho arxivi topilgan, u 100 ga yaqin hujjat bo’lib, shundan 18 tasi yog’ochga, ko’pchiligi teriga yozilgan, hozirgi kungacha ularning 8 tasi yaxshi saqlangan. 100 ga yaqin hujjatdan 26 tasi o’qishga yaroqli. Tuproqqal’a Xorazm davlatining III-IVasrlarda poytaxti bilan bu shahar antik davr shahar madaniyatining yorqin timsolidir.Toshkent viloyatida, Sirdaryo va Janubiy Qozog’iston yerlarida mil. avv. III asrda yarim o’troq Qang’ davlati tashkil topgan. Qang’ davlatining hayoti, turmush tarzi va madaniyati haqida Xitoy manbalarida ma’lumotlar uchraydi. Qang’da yashagan qang’uylarning madaniyati va ho’jaligi haqida Qovunchi yodgorligi ma’lumot beradi, Qang’ davlatining poytaxti qang’diz-qanqa (hozirgi Oqqo’rg’on markazida) shahar xarobasi hisoblanadi. Uning umumiy maydoni 150 ga bo’lib, atrofi qalin mudofaa devorlari bilan o’rab olingan. Shahar xarobasidan arki a’lo, (o’rda), ibodatxona, savdo va hunarmandchilik mavzelari, shahar yo’llari, maydonlar, hovuzlarning o’rni topib o’rganilgan.
Ma’lumki, O’rta Osiyoda mil. avv. III-II asrlarda Farg’ona davlati-Davan shakllangan davlat sifatida mavjud edi. U qadimda Parkana, Xitoy manbalarida esa Davan deb atalgan.Xitoy manbalarida mil.avv. I asrda Davan ko’p aholisi bor, dehqonchilik va hunarmandchilik ho’jaliklari yuksak rivojlangan, shaharlarDavanda 70 ga yaqin obod shahar bo’lgan. Bu hududda bog’dorchilik, ziroatchilik, to’qimachilik rivojlangan. Farg’onaning samoviy duldurlari-afsonaviy otlari mashhur bo’lgan; Ershi, Axsi, Quva singari shaharlar taraqqiy etgan.Xulosa qilib shuni qayd etish kerakki, O’rta Osiyo antik davrda shahar madaniyatining uzluksiz rivojlanishi jarayoniga tortilgan bo’lib, bu yerda Qadimgi Sharq sivilizatsiyasiga xos mahalliy shahar qurilishi an’analari shakllanadi. Me’morchiligida mudofaa inshootlari, diniy va dunyoviy monumental inshootlarning paydo bo’lishi shahar madaniyati taraqqiyotini belgilab beradi.Xolchayon, Qoratepa, Dalvarzintepa yodgorliklari. Xolchayon Surxondaryoninig o’ng qirg’og’idan topib o’rganilgan yodgorlik bo’lib, ikki qismdan iborat. Xolchayondan shahar hokimining saroyi qazib o’rganilgan bo’lib, me’morchilik nuqtai nazaridan g’oyat diqqatga sazavordir. Saroy unchalik katta bo’lmay, 9 xonadan iborat. U sharqqa, kunchiqar tomonga qaratib qurilgan. Saroyning old tomonida uzun ayvon ham bo’lib, u 6 ta ustunga tayanib turgan. Ayvonning to’rtta eshigi bo’lib, ulardan uchtasi to’rtburchakli asosiy qabulxona bilan bog’langan. Qabulxona g’arb devorining o’rtasida taxtli zalga kiradigan eshik bo’lgan. Bu zal to’g’ri to’rtburchak shaklda bo’lib, asosiy qabulxonadan kichikroq bo’lgan.Saroyni qurishda asosan xomg’ishtdan foydalanilgan. Saroyning tomi tekis bo’lib, loysuvoqli bo’lgan. Tomning qirralari antefiks, palmetta (fransuzcha so’z bo’lib, yelpig’ichsimon bargning tasviriga o’xshash arxitektura detali) va kunguralar bilan bezatilgan. Ularning hammasi qizil bo’yoq bilan bo’yalgan. Saroyning ustunlari archadan tayyorlangan bo’lib, tagkursisi ohakli toshdan yasalgan. Arxeologlarning fikricha, ayvonning uchala devori poldan to deraza joyi balandligigacha turli suratlar bilan bezatilgan. Devorlarning undan yuqori qismida haykallar joylashgan. Suratlar bevosita loysuvoq ustiga, ba’zi joylarida ganch suvoq ustida chizilgan. Rassomlar surat chizishda qizil, qora, sariq, havorang bo’yoqlardan foydalanganlar. Chizish uslubiga qaraganda, Xolchayon devorlarini bezatgan rassomlar o’z kasbining ustasi bo’lgan. Afsuski, bu suratlar to’liq saqlanmagan. Saqlangan suratlar ichida erkaklarning rasmlari, uzum va boshqa meva hamda gullarning tasviri bor.
Asosiy qabul zalining va taxtli zalning devorlari ham turli mazmundagi suratlar bilan bezatilgan. Ammo ular ham to’liq saqlanmagan. Asosiy qabul zalining bezatilgan uslubi kishini e’tiborini ko’proq jalb qiladi. Zalning uch devori uch metr balandlikkacha oq ganch bilan suvalgan va uning ustidan rasmlar chizilgan. To’rtinchi devor esa ganch bilan suvalgan, xolos. Devorlarning yuqori qismida ikki metrgacha balandlikdagi haykallar joylashgan. Haykallarning hammasi turli rangdagi bo’yoqlar bilan bo’yalgan. Kiraverishdagi qarama-qarshi devorda – markaziy sahnada shoh, malika va saroy ahllari tasvirlangan. Shoh va malika taxtda o’tirgan holatda aks ettirilgan. Shohning o’ng qo’lida tug’ro bo’lib, bu sharq xalqlari orasida hukmronlik belgisi hisoblangan. Shoh va malikaning kiyimlari hashamdor bo’lib, yoshlari 40-45 yoshlarda bo’lgan. Malikaning o’ng tomonida yosh ayol va yigit tik turgan holda tasvirlangan. Yigitning yuz tuzilishi shohning yuz tuzilishiga juda o’xshash qilib tasvirlanganidan uning farzandi bo’lgan degan xulosani beradi.Markaziy sahnada chapda kamonli bir necha otliq tasvirlangan. Otlar bor kuchlari bilan yeldek yugurib ketayotgan holda shunday chizilganki, go’yo ular devor yoqalab biz tomonga yugurib kelayotgandek tuyuladi. Sahnaning boshida otliq ma’budaning haykali joylashgan. Ma’lumki, yunon tasviriy san’atida faqatgina ikkita ma’buda urush ma’budasi Afina va g’alaba ma’budasi Nika aravada tasvirlangan. Mazkur sahnadagi ma’buda Nika bo’lib, bu davrda tadqiqot hududida g’alaba ma’budasining tasviri keng tarqalgan bo’lgan.Xolchayon haykaltaroshlari o’zlarining noyob asarlarida hukmdorlarning estetik qarashlari, ichki dunyosini ko’rsatib berishga harakat qilganlar. Xolchayon haykallariga sipolik, vazmindorlik xosdir. Umuman olganda, Xolchayondan topilgan haykallar hayotiy, ta’sirchan va jozibador bo’lib, ularda o’z zamonasining mafkurasi, diniy tasavvurlari, madaniy-maishiy hayotining ba’zi tomonlari yorqin ifodalangan. Xolchayon haykallari va suratlarida ellinizm, mahalliy baqtriyaliklarnin va yuechji qabilalalrining madaniy an’analari ifodasini topgan.Kusonlar davriga oid yodgorliklardan biri Qoratepa bo’lib, u yerda arxeologlar tomonidan o’ndan ortiq inshootlar o’rganilgan. Har bir inshoot to’g’riburchakli katta hovli, ibodatxona va uni to’rt tomondan o’rab turgan yo’lakdan iborat. Ibodarxona xonalarining birida Buddaning haykali, ikkinchisida stupa topilgan. Afsuski, stupaning hozir faqat tag qismi saqlanib qolgan.
Qoratepada topilgan stupalar buddizmga xos inshootlar bo’lib, u hamma budda dini tarqalgan mamlakatlarda uchraydi. Bunday stupalar deyarli bir xil uslubda qurilgan. Stupalarning asosi to’rtburchak bo’lib, bir necha metr balandlikda bo’ladi. Balandlik ustiga esa silindrsimon inshoot quriladi. Uning balandligi 10 metrga teng bo’lgan. Uning 10 metrga teng bo’lgan. Uning usti gumbazsimon qilib ishlangan va yog’ochdan tug’ o’rnatilgan. Bu tug’ga toshdan ishlangan bir nechta soyabon o’rnatganlar. Bunday soyabonlar budda diniga sig’inuvchilar tomonidan “chatra” deb atalgan. Chatra muqaddas daraxtning ramzi bo’lib, mazkur daraxt soyasiga Budda o’z didniy nazariyasini ishlab chiqqan ekan. Qoratepa ibodatxonalarining devorlarida diniy mazmundagi suratlar chizilgan. Qoratepadagi mazkur inshoot Hindiston, Pokiston va Afg’onistondagi butparastlar ibodatxonalari kabi yer ostida qurilgan. Ammo Qoratepada yer ustida qurilgan binolar ham bo’lgan. Yer ustida qurilgan inshootlar yer ostida qurilganlari bilan uzviy bog’liq bo’lgan: tepalik ustiga katta hovli qurilgan. Uning to’rt tomoni keng ayvon bilan o’ralgan. Hovlining g’arbiy qismida yer ostida joylashgan ibodatxona bilan bog’lovchi ikkita eshik joylashgan. Pastki xonalarga zinapoyalar orqali tushilgan. Devorning o’rtasida katta tokcha bo’lib, unda Buddaning katta haykali turgan.
Xulosa.
Rasmlar ayvonning o’rtasidagi eshikning ikki tomoniga chizilgan. Bu eshik hovlini kichik bir yoritgich bilan bog’lagan. Rasmlar havorang bo’yoq bilan chizilgan. Suratlar, asosan, donatorlar (hadya qiluvchi), ibodatxona qurilishiga mablag’ ajratgan va unga homiylik qilgan aslzoda erkak va ayollarning tasviridan iborat bo’lgan. Kiraverishdagi eshikning yuqorisida Budda va ruhoniylar rasmi joylashgan. Buddaning surati rassomlar tomonidan yosh ayollarga o’xshatib tasvirlangan. Yuzlarida sirli muloyimlik, lablarida iliq tabassum ifodalangan.Kushonlar davriga oid yana bir me’moriy majmua Dalvarzintepa bo’lib, arxeologlar tomonidan tadqiq qilingan. Bu yerdan qazib o’rganilgan devorlari qalin, suvoqlari sifatli bino hokimning mehmonxonasi yoki qabulxonasi bo’lgan degan taxminlar bor. Shuningdek, Dalvarzintepadan kulollar mahallasi ham topilgan bo’lib, kulollar yashaydigan xonalar hashamatliligi bilan ajralib turadi. Xonalarning devorlari turli bo’yoqlar bilan naqshlangan. Sopol idishlarni pishiradigan xumdonlar uylarining yonginasida bo’lib, arxeologik qazishmalar paytida o’ndan ortiq xumdonlar o’rganilgan.1972 yilda Dalvarzintepadan oltin buyumlardan iborat ko’za topilgan. Uning ichida bilaguzuk, kamarband, uzuk, oltin shodasi va yombilardan iborat 115 ta buyum bo’lgan. Bundan tashqari binodan sopol idishlar, haykalchalar, taqinchoqlar, kushon tangalari, shaxmat donalari va boshqa nodir buyumlar topilgan. Dalvarzintepa atrofida kichik tepalar bo’lib, arxeologik qazishlar jarayonida ularning biridan ibodatxona qoldiqlari topilgan. Ibodatxona ichidan Budda dini haykallari topilgan bo’lib, ular mahalliy baqtriyalik haykaltaroshlar tomonidan tayyorlangan. Haykallarda hind va yunon-rim san’ati an’analarining ta’siri birmuncha seziladi. Dalvarzintepa yaqinidan sag’ana topilgan bo’lib, odamlar vafot etgach, xum ko’rinishidagi buyumlarga joylanib, sag’anaga qo’yilganligi aniqlangan.Zartepa ko‘hna shahri joylashgan. Ko‘hna shahar to‘rtburchak shaklda (400x400) bo‘lib mustahkam himoya devorlari bilan o‘rab olingan. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, ko‘hna shahar mil. avv. II-I asrlardan milodiy III-V asrlarga qadar mavjud bo‘lgan. Bu yerdan topilgan turli topilmalar shahar hayotining gullab-yashnaganidan dalolat beradi.Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘i Surxondaryo viloyatining Sho‘rob qishlog‘i yonida Kampirtepa ko‘hna shahri joylashgan va bu yodgorlik mil. avv. III-milodiy III asrlarga oiddir. Ko‘hna shaharning umumiy maydoni 4 gektar bo‘lib qal’a va turar-joy inshootlaridan iborat. Yodgorlik 5 metr qalinlikdagi mustahkam himoya devori va chuqur xandaq bilan o‘rab olingan. Ko‘hna shaharning shimoli-g‘arbiy qismida 0,5 gektar maydondan o‘nta ko‘mish marosimiga oid inshootlar (nauslar) aniqlanib ulardan turli-tuman topilmalar topilgan.Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida Termiz shahridan 5 km shimoli-g‘arbda

Adabiyotlar:


1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T., 2008.


2. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. – T., 1998.
3. Annayev T., Tilovov B., Xudoyberdiyev Sh. Boysun arxeologik yodgorliklari. – T., 1999.
4. Annayev Т., Shaydullayev Sh. Surxondaryo tarixidan lavhalar. – Т., 1997.
5. Buryakov Yu.F. Toshkent vohasining qadimgi karvon yo’llari. – T., Fan, 1978.
6. Isomiddinov M.H. Sopolga bitilgan tarix. – T., 1993.
7. Kabirov J., Sagdullayev A. O'rta Osiyo arxeologiyasi. – Т., 1990.
8. Muhammadjonov A.R. Qadimgi Buxoro. – Т., 1990.
9. Muhammadjonov A.R. Qadimgi Toshkent. – Т., 1990.
10. Sagdullayev A. Qadimgi O’rta Osiyo tarixi. – T., 2004.
11. Eshov B.J. Qadimgi O’rta Osiyoning shaharlari tarixi. – T., 2006.
12. Eshov B.J. So’g’diyona tarixidan lavhalar (Mil. avv. VII-IV asrlar). – T., Universitet, 2002.
13. Qadimgi tarixchilar O’rta Osiyo haqida. – T., 2008.
14. Pidayev Sh. Sirli Kushonlar saltanati. – Т., 1990.
15. Авдусин Д.А. Основы археологии. – М., 1989.
16. Археология Приаралья. – Т., Фан, 1984.
17. Афрасиаб. Вып. 1. –Т., Фан, 1969.
18. Афрасиаб. Вып. 2. – Т., Фан, 1974.
19. Буддийские пещеры Кара-тепе в Старом Термезе. – М., 1969.
20. Буддийские памятники Кара-тепе в Старом Термезе. – М., 1982.

21. Буряков Ю.Ф. Генезис и этапы развития городской культуры Ташкентского оазиса. – Т., Фан, 1979.


22. Древнейшие государства Кавказа и Средней Азии. Средняя Азия в раннем железном веке. Средняя Азия в античную эпоху // Археология СССР с древнейших времен до средневековья. Отв. ред. Г.А. Кошеленко. – М., 1985.
23. Древний и средневековый город Восточного Мавераннахра / Отв. ред. Ю.Ф. Буряков. – Т., 1990.
24. Древний Мерв // Тр. ЮТАКЭ. T.XIX. – Ашхабад, 1989.
25. Древняя и средневековая культура Чача. – Т., 1979.
26. Заднепетровский Ю.А. Древнеземледельческая культура Ферганы // МИА. – M., 1962.
27. Исамиддинов М.Х. Истоки городской культуры Самаркандского Согда. – Т., 2002.
28. Исамиддинов М.Х., Сулейманов Р.Х. Еркурган. – Т., Фан, 1984.
29. Исамиддинов М.Х., Хасанов М.Х. История древнего и средневекового керамического производства Нахшаба. – Т., 2000.
30. Кара-тепе – Буддийский пещерный монастрь в Старом Термезе. – М., 1964.
31. Кой-Крылган-кала - памятник культуры древнего Хорезма IV в. до н.э. - IV н.э. / Отв. ред. СП. Толстов, Б.И. Вайнберг. – М., 1967.
32. Культура древнебухарского оазиса III-VI вв. н.э. – Т., Фан, 1983.
33. Мартынов А.И. Археология СССР. – М., 1973.
34. Мокрынин В.П. По следам прошлого. – Фрунзе, Кыргызстан, 1986.
35. Массон В.М. Средняя Азия и Древний Восток. – М.- Л., 1964.
36. На среднеазиатских трассах Великого Шелкового пути. – Т., Фан, 1990.
37. Пугаченкова Г.А., Ремпел Л.И. Очерки искусства Средней Азии. – Т. 1989.
38. Пугаченкова Г.А. Шедевры Средней Азии. – М., 1989.
39. Сулейманов Р.Х. Древний Нахшаб. Проблемы цивилизации Узбекистана V в. до н.э. - VI в. н.э. – Самарканд-Ташкент, 2000.
40. Филанович М.И. Ташкент. Зарождение и развитие города и городской культуры
Download 50,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish