II bob. Olingan natijalar tahlili.Delphinium stocksianumo‘simligining biologik va kimyoviy tasnifi.
Bizning tadqiqotlarimizni asosiy maqsadi Ranuculaceae oilasiga mansub bo‘lgan Delphinium stocksianum o‘simligining alkaloidlar tarkibini o‘rganish va undan yangi tuzilishli, fiziologik faol moddalarni ajratib olish va ularni farmakalogik xususiyatlarini o‘rganib tibbiyotga tadbiq etishdan iborat.
2.1. Delphinium stocksianumo‘simligining biologik va kimyoviy tasnifi.
Delphinium stocksianumo‘simligi bir yillik o‘t. Bo‘yi 25-70 sm(6-rasm). Barglari 2-3 karra kesilgan, ildiz bo‘ynidagilari bandli, poyadagilari esa bandsiz. Gullari yo‘g‘on-oq, uzun uzunligi 6 mm gacha bo’ladi. May - avgust oylarida gullab uruglaydi. Tog‘oldi va adirliklar uzumzor yoqalarida soz tuproqli chagirtoshli yoki qoyatoshli adirlikning yonbag‘irlarda o‘sadi.
6-rasm.Delphinium stocksianum o‘simligi.
2.2. Delphinium stocksianumo‘simligini alkaloidlar tarkibini o‘rganish.Delphinium stocksianum o‘simligining sokslet aparatida alkaloidlar yig’indisini foiz miqdorini aniqlash.
Ranuculaceae oilasiga kiruvchi ko‘p yillik Delphinium stocksianum o‘simligi O‘rta Osiyo jumladan O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati hamda Andijon viloyati tog‘ oldi va adirliklarida o‘sishi bizga adabiyotlardan maʼlum.
Biz dastlabki tadqiqotlarimizni Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani atroflarida o‘suvchi Delphinium stocksianum o‘simligini 2021 yil 18 aprel kuni yer ustki qismidan yig‘ib kelindi. Oʻsimlik xomashyosining tana a’zolari alohida qilib ajratilib, xona harorati (15-25˚С)da, quyosh nuri bilvosita tushadigan, quruq va hasharotlardan holi joyda quritildi. Oʻsimlikning tana a’zolari quritilishdan avval va keyin tortib koʻrildi. Ekstraktsiya qilish uchun quritilgan oʻsimlik xomashyosi 1-2 sm qilib maydalandi. O’simlikning yer ustki qismidan ozgina olindi va 10% NH4OH bilan namlab olindi. So’ngra sokslet aparatiga solinib,- rasmdagidek jixozlar yig’ib olindi. 500 ml kolba olib unga xloroform quyib ekstraksiya qilindi. Olingan xloroformli ekstrakt tarkibidagi xloroform xaydab olindi. 5 % li H2SO4 kislota quyib xloroform yuvub olindi. Bu jarayon bir necha marotaba takrorlandi. Bunda sulfat kislotali eritma olindi.Eritmani ishqoriy muxitga o’tginigachor 10% NH4OH ishqor qo’shildi. Ishqoriy eritmani xloroformda yuvib olindi. Olingan xloroformli eritmani haydab 30 mg alkaloidlar yigindisi ajratib olindi. Bu usul yordamida o’simlikning urug’ida , poya qismida va ildiz qismida alkaloidlar yig’indisini foiz(%) miqdori aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |