Ii bob. Olingan natijalar tahlili



Download 10,96 Mb.
bet10/20
Sana06.07.2022
Hajmi10,96 Mb.
#748717
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
Delphinium stocksianum (3)

Qo‘sh uchbargli isfarak — Delphinium biternatum Huth
Ko‘p yillik kriptofit o‘simlik. Poyasi 40-80 sm, bir tekis kalta tuklar bilan qoplangan, shoxlangan. Barglari tuksiz yoki siyrak tukli, ikki marta bandli uch bo‘lakka bo‘lingan. Bo‘laklari uzun, qalami, to‘mtoq uchli, 3-5 mm enlilikda, tuksiz yoki siyrak tukli. Guli och sariq, quyuq supurgisimon to‘pgulga yig‘ilgan. Yondosh barglari nashtarsimon, gulbandiga teng yoki undan biroz kaltaroq. Gulbandi pixidan kaltaroq, quyuq oddiy tuklar va pixidan teskari tomonda ajralib turuvchi bezsimon tuklar bilan qoplangan. Gul oldi barglari qalami-tig‘simon, gulbandining asosida yoki o‘rtasidan biroz pastroqda joylashgan. Gulqo‘rg‘on barglari teskari tuxumsimon, to‘mtoq, tashqi tomondan quyuq kalta tuklar bilan qoplangan. Pixi qiya pastga yo‘nalgan, biroz egilgan, 15-18 mm uzunlikda. Bargagi va tugunchasi quyuq kalta tuklar bilan qoplangan, 15 mm uzunlikda, tomirlarining to‘rlari ajralib turadi, uzun to‘g‘ri tumshuqchali.
Iyun – iyul oylarida gullaydi, iyul – avgust oylarida mevasi yetiladi.
Cho‘llarning kichik tepalik qumlarida, tog‘ oldi tekisliklarning va tog‘ shleyflarida, soylarda, toshli va shag‘alli yonbag‘irlar va qoyalarda, daryo o‘zanlarida, ariq bo‘ylarida, butazorlarda, o‘rmonlarda, kam hollarda quyi va o‘rta tog‘ mintaqalaridagi ekinzorlarda o‘sadi.
T oshkent, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida uchraydi.
Umumiy tarqalishi: O‘rta Osiyo, Jung‘oriya, Qoshg‘ar.
Kimyoviy tarkibi: 0,24-1,1% alkaloidlar: delbin, delfatin, iliyenzin. Flavonoidlar. Ildizida 0,61-0,75% alkaloidlar: delbin, 0,43% delfatin, brouniin, delbiterin. Yer ustki organlarida 0,5-1,3% alkaloidlar: 0,02% delbin, 0,43% delfatin, akomonin, antranoillikoktonin, brouniin, degidrobrouniin, 10-benzoilbrouniin, iliyenzin, 10-degidroiliyenzin, 10-benzoililiyenzin. Urug‘ida 35,6% yog‘-moy.
Ahamiyati: Yer ustki organlari jun va ipakni sariq rangga bo‘yashda qo‘llaniladi [6].
Uzun gulbandli isfarak — Delphinium longipedunculatum Rgl. et Smalh.
Ko‘p yillik kriptofit o‘simlik. Poyasi 30-70 sm, shoxlangan, pastki qismida quyuq kalta tukli, tepa qismi tuksiz. Barg bandi uzun, quyuq tukli, asosi kengaygan. Pastki barglari yumaloq buyraksimon, beshta teskari tuxumsimon 2-3 bo‘lmali segmentga qirqilgan, yuqorigi barglarning plastinkasi ancha ingichka segmentlarga chuqurroq qirqilgan. Guli och ko‘k, keng g‘ovak shingil to‘pgulga yig‘ilgan. Yondosh barglari nashtarsimon, uchli, 5-6 mm uzunlikda, tuksiz,

gulbandidanbirnecha marta kalta. Gulbandi 2-6 sm uzunlikda, tuksiz, tarvaqaylagan yoki tepaga yoysimon ko‘tarilgan. Gul oldi barglari mayda, 3 mm uzunlikda, gulbandining tepa qismida joylashgan. Gulqo‘rg‘on barglari teskari tuxumsimon yoki tuxumsimon, 9-11 mm uzunlikda va 5-6 mm enlilikda, to‘mtoq, tuksiz. Pixi to‘g‘ri, to‘mtoq uchli, 10-12 mm uzunlikda, qiya pastga yo‘nalgan. Bargagi tuksiz, 1 sm uzunlikda, kichkina ingichka tumshuqchali.


May – iyun oylarida gullaydi, iyun – iyul oylarida mevasi yetiladi.
Quruq lyoss, shag‘alli va toshloq yonbag‘irlarda tog‘ oldidan o‘rta tog‘ mintaqalarigacha o‘sadi.
Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida uchraydi.
Umumiy tarqalishi: O‘rta Osiyo. Endem.
Kimyoviy tarkibi: Ildizida – 0,1% alkaloidlar. Yer ustki organlarida – 0,13% alkaloidlar. Flavonoidlar – izoramnetin.
Ahamiyati: Guli shamollashga qarshi, tomoq yallig‘lanishida og‘riq qoldiruvchi, tish og‘rig‘ida qo‘llaniladi. Jun, ipak va paxtani kulrang-yashil, kulrang-havorang, ko‘k va binafsha ranglarga bo‘yashda ishlatiladi. Urug‘i shamollashga qarshi vosita (malham) sifatida qo‘llaniladi [6-7].
Yumaloq bargli isfarak (ovcho‘p) — Delphinium rotundifolium Afan.
Ko‘p yillik gemikriptofit o‘simlik. Poyasi oddiy yoki qisman shoxlangan, 30-70 sm, pastki qismi ikki xildagi uzun (1-2 mm) oq va kalta, (0,3-0,5 mm) asosi yo‘g‘onlashgan sariq tuklar bilan qoplangan, yuqori qismidagi quyuq tuklari orasida sariqlari yaqqol ajralib turadi. Ildiz oldi barglari uzun (30 sm gacha), poyadaglarisi esa ancha qisqa. Barcha barglari sertuk bandli, plastinkasi yumaloq, asosi ponasimon, o‘rtasigacha uch bo‘lakka bo‘lingan, ustki tomoni deyarli tuksiz, siyrak tuklari, asosan, barg tomirlarida joylashgan, to‘q yashil rangli, pastki tomoni esa ancha sertuk, och yashil rangli. Pastki barglari plastinkasining bo‘laklari teskari tuxumsimon, chetki bo‘laklari o‘rtadagisidan ancha yirik, bo‘laklari, ko‘pincha, yarmigacha qo‘shparraksimon, yuqorigi barglarning bo‘laklari esa yumaloq rombsimon yoki keng yumaloq rombsimon, o‘rta bo‘lak chetkilaridan kattaroq. To‘pguli oddiy yoki biroz shoxlangan, siyrak bo‘lib, undagi kam sonli ko‘k gullar ancha uzun gulbandda joylashgan. Gulbandi oq va sariq tuklar bilan zich qoplangan. Pastki gullarning gul oldi barglari varaqsimon, yuqorigi gullarining gul oldi barglari esa nashtarsimon yoki ensiz nashtarsimon, tekis qirrali, aralashgan oq va sariq tuklar b ilan qoplangan, chetlari esa faqat oq tukli. Yondosh bargchalari to‘g‘ri nashtarsimon, 10 mm gacha uzunlikda, quyuq oq va sariq tuklar bilan qoplangan. Gulqo‘rg‘on barglari enli teskari tuxumsimon yoki teskari tuxumsimon, 15-18 mm uzunlikda va 8-12 mm enlilikda, uchlari biroz o‘tkirlashgan, tashqi tomoni uzun oq va kalta sariq tuklar bilan quyuq qoplangan, ichki tomoni tuksiz. Pixi to‘g‘ri yoki biroz qayrilgan, 12-14 mm uzunlikda va 3-4 mm diametrli, qiya yo‘nalgan yoki ba’zan gorizontal, deyarli silindrsimon, to‘mtoq uchli. Bargagi quyuq tukli, tig‘simon o‘tkirlashgan.
Iyun – iyul oylarida gullaydi, avgust – sentabr oylarida mevasi yetiladi.
Tog‘larning shimoliy yonbag‘irlarida, archazorlarda, o‘rta va yuqori tog‘ mintaqalarining qumli va shag‘alli joylarida to‘da-to‘da bo‘lib o‘sadi [8].
Farg‘ona, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida uchraydi.
Umumiy tarqalishi: O‘rta Osiyo (Pomir – Oloy). Endem [7].
Ximiyaviy tarkibi: Alkaloidlar: 0,06-0,08% delfonin, delsemin (metillikakonitin), delsemin, likoktonin (delsin), brounin.
Ahamiyati: Yer ustki organlari asab kasalliklarida tinchlantiruvchi sifatida qo‘llaniladigan elatin alkaloidini olish uchun ishlatiladi [9]. Oshqozon kasalliklarida, antigelmint sifatida, tutqanoq, sifilis, suvchechak, sarg‘ayma va onkologik kasalliklarni davolashda foydalaniladi. Ekstrakt va damlamasi bog‘, tomorqa zarakunandalari va uy hasharotlariga qarshi insektitsiddir. Xalq veterinariyasida qurt tushiruvchi sifatida qo‘llaniladi.Zaharli .

Download 10,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish