Steroid alkaloidlar. Siklopentanpergidrofenantren hosilalalari bo‘lib, ushbu guruhning alkaloidlari bir qator Solanaceae o‘simliklarida aniqlangan. Steroid alkaloidlarga solanidin, solasodin, jervin, veratridin va boshqalar kiradi.
Solanidin Solasodin
Jervin Veratridin
Diterpen alkaloidlar. Diterpen alkaloidlar Delphínium(metillikakonitin, elatin, delsemin va boshqalar) va Aconitum (akonitin, zongorin va boshqalar) turkum o‘simliklarida aniqlangan.
Metillikakonitin Akonitin
Yon zanjirda azot atomiga ega va asiklik alkaloidlar. Yon zanjirda azot tutgan alkaloidlarga Ephedra equisetína o‘simligidan ajratib olinganefedrin hamda Colchicum speciosumo‘simligidan ajratib olingankolxitsin va kolxamin alkaloidlari kiradi.
(1R,2S)-(−)-efedrin (1S,2R)-(+)-efedrin
Kolxitsin
Asiklik alkaloidlarga, masalan, Sphaerophysa salsula (Pall.) DC. o‘simligidan ajratib olingan sferofizin ni keltirish mumkin.
1.2.Alkaloidlarning fizik-kimyoviy xususiyatlari. Ko‘plab alkaloidlar uglerod, vodorod, azot va kislorodni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, ba'zi alkaloidlar tarkibida oltingugurt (Núphar lútea)ning alkaloidlari mavjud. Kislorodni o‘z ichiga olgan alkaloidlar odatda kristal moddalardir. Ba'zi alkaloidlar kislorodni o‘z ichiga olmaydi va ko‘pincha uchuvchan moysimon suyuqlikdir. Ko‘plab alkaloidlar optik faol moddalar, hidsiz, achchiq ta'mga ega, aniq suyuqlanish yoki qaynash haroratiga ega bo‘ladilar. Alkaloidlarning katta qismi rangsiz moddalar bo‘lsada, rangli alkaloidlarning oz miqdori ma'lumdir, sariq rangga ega bo‘lgan berberin, serpentin, xeleritrin kabi; zarg‘aldoq rangga ega sangvinarin. UB nurida bir qator alkaloidlar xarakterli nurlanishga ega. Turli alkaloidlarning asos xususiyatlari turli darajalarda ifodalanadi. Tabiatda ko‘pincha tuzilishi bo‘yicha uchlamchi amin bo‘lgan alkaloidlar uchraydi, ikkilamchi va to‘rtlamchi ammoniy tuzlari bo‘lgan alkaloidlar nisbatan kamroq uchraydi. Ma'lum alkaloidlarning dissotsilanish konstantalari 1.10-1 dan 1.10-12 va undan ko‘proqqa qadar juda katta chegaralarda o‘zgarib turadi. Shunga ko‘ra, alkaloidlar turli barqarorlik darajasidagi tuzlarini hosil qiladi. Juda kichik dissotsiatsiya qiymati bo‘lgan alkaloidlar, masalan, kofein va kolxisin barqaror tuzlar hosil qilmaydi. Alkaloid tuzlari, odatda, suv va etil spirtida (ayniqsa, suyultirilganda qizdirilganda) juda yaxshi eriydi. Ko‘pchilik organik eritmalarda yomon yoki butunlay erimaydi (xloroform, dietil efir, dixloroetan va boshqalar). Ammo ba'zi alkaloidlarning tuzlari suvda yomon eriydi (xinin sulfat, taspin sulfat), shuningdek, organik erituvchilarda yaxshi eriydigan alkaloidlar tuzlari ma'lum. Misol uchun, scopolamin gidrobromidi xloroformda eriydi. Alkaloidlarning asoslari asosan organik erituvchilarda juda yaxshi eriydi hamda suvda erimaydi yoki kam eriydi. Biroq, faqat organik erituvchilarda emas, balki suvda ham eriydigan alkaloidlar mavjud. Masalan, sitizin, metilsitizin, kofein va boshqalar. O‘simliklarda alkaloidlar ko‘pincha tuzlar shaklida bo‘ladi va hujayra sharbatida erigan bo‘ladilar. Alkaloidlar o‘simlik tarkibida keng tarqalgan organik kislotalar bilan bog‘langan: oksalat, olma, limon, vino va boshqalar. Ba'zi o‘simliklarda alkaloidlar ma'lum bir oila yoki hatto alohida o‘simliklariga xos bo‘lgan o‘ziga xos organik kislotalar bilan bog‘liq bo‘ladi. Misol uchun, mekon kislotaPapaver somniferum L.,xin kislotasi Cinchona officinalis L.o‘simliklari uchun xosdir. Ba'zan alkaloidlar noorganik kislotalar bilan bog‘liq bo‘ladi: sulfat, fosfat (Papaver somniferum L.)[4].
Mekon kislota Xin kislota
1.3. Ayiqtovondoshlar oilasining biologik va kimyoviy tarkibi haqida umumiy ma’lumoti.
Ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae) oilasi 45 turkumga mansub 2 mingdan ortiq turni o‘z ichiga oladigan katta oila bo‘lib, ko‘pchilik vakillari bir va ko‘p yillik o‘tlardir. Ba’zan chala buta va lianasimon butalar ham uchraydi. Ularning barglari navbatlashib joylashgan, ko‘pincha panjasimon yoki patsimon qirqilgan yon barglari bo‘lmaydi. Bu oila vakillarining gullari xar xil tuzilgan:ba’zilarida aktinomorf, ba’zilarida zigomorf bo‘lsa, goho siklik, goho doirali bo‘ladi. Gullar ikki jinsli. Gulqo‘rg‘oni oddiy gultojisimon yoki kosabarg va tojbarglarga ajralgan. Gulkosa 5 ta, ba’zan 3-20 ta, gultoji ochiq rangli, tojbargi 2-20 ta, ba’zan mayda bo‘lib shiradonlarga aylangan. Onaligi ko‘p, erkin, changdoni esa gulning tashqarisiga yoki ichkarisiga qaragan bo‘ladi. Genitseyi ko‘p, ba’zan 1 ta, apokarp tipda tuzilgan, onaligi bir mevabargli. Tugunchasi ustki, bir uyali, 1 ta yoki bir nechta urug‘kurtakli.
Gul formulasi: *P∞A∞ G∞ dan C5-∞ A∞ G∞ gacha.
Bu oila vakillarining xarakterli belgisi otaliklarining magnoliyadoshlar oilasining vakillaridagi singari cheksiz bo‘lib, ko‘pincha spiral joylanishi, onaligining qariyib hamma vaqt erkin bo‘lishidir. Ayiqtovondoshlarning to‘qimasida efir moyi bezlari bo‘lmasa ham, lekin tarkibida chorva mollari uchun zaxarli bo‘lgan alkaloidlar, glikozidlar, saponinlar bo‘ladi. Shuning uchun bu oila vakillarini mollar xush ko‘rib yemaydi, ko‘plari zaharli o‘tlar hisoblanadi.
Ayiqtovondoshlarning aksariyat qismi ko‘p yillik, bir yillik o‘t va qisman buta, daraxt hayot shaklidagi o‘simliklardir. Oila tarkibidagi turkumlar gul tuzilishi jihatidan bir-biridan aniq farq qiladi. Xususan, ayrim turlarining guli sodda (primitiv) tuzilishli: gulqo‘rg‘oni oddiy gul qismlardan noaniq sondaligi, nektarining yo‘qligi va xokazo, boshqalarining gulida ma‘lum darajadagi murakkab hamda sodda changlatuvchilari bo‘lgan o‘zgarish kuzatiladi. Masalan: gulida pixning (Aguilegia) mavjudligi, zigomorf gulqo‘rg‘on (Aconitum) va nihoyat, shamol yordamida changlanishga moslanishlar (Thalictrum) kuzatiladi. Ayiqtovondoshlar oilasiga mansub o‘simliklarning mevasi aksariyat hollarda, apokarp tuzilishli yoki oddiy, lekin ayrim turlarda guli zigomorf (Nigella), sinkarp tuzilishli.
Ayiqtovondoshlar oilasiga mansub o‘simliklarni asosiy sistematik belgilarini aniq o‘rganish uchun misol tariqasida O‘zbekistonda keng tarqalgan sedana (Nigella), isfarak (Delphinium), akonit (Aconitum), ayiqtovon (Ranunculus) va sug‘ur o‘t (Adonis) turkumlariga mansub turlarni ko‘rsatish mumkin.
Ayiqtovondoshlar oilasi ba’zi turlarining mevasi bargsimon bo‘lsa, ba’zilarining mevalari ochilmaydigan yong‘oqchalar holida bo‘ladi. Ba’zan rezavor va ko‘sakcha mevalilari ham uchraydi. Bu oilaga kiruvchi tipik vakillardan biri ayiqtovon (Ranunculus) avlodidir. Bu avlod 600 turga ega. Bular orasida o‘rta mintaqada eng ko‘p uchraydiganlaridan zaxarli ayiqtovon (R. sceleratus), o‘rmalovchi ayiqtovon (R. repens), o‘yuvchi ayiqtovon (R. acer) ni aytib o‘tish mumkin.
O‘rmalovchi ayiqtovon (R. repens) – nam joylarda ko‘p uchraydigan o‘t bo‘lib, ildiz yonidan chiqqan uchta-uchtalik yopirma barglari (rozetkasi) bor. Gullari kimoz tipda shoxlanadigan yoyiq to‘pgul bo‘lib turadi. Gulning qo‘sh gulqo‘rg‘oni bor.Bu gulqo‘rg‘on 5 ta gulqo‘rg‘on, 5 ta gulkosacha va och sariq rangli 5 ta gultojbarglardan tashkil topgan. Har qaysi gulbarg tagida nektardonli kichkina chuqurcha bor,bu chuqurcha sariq rangli tangacha bilan bekilib turadi. Otaliklar soni cheksiz sonda bo‘lib spiral xolda joylashgan. Ulardan yuqoriroqda talaygina onaliklar joylashgan. Har kaysi onalik bitta meva bargchasidan iborat bo‘lib, ularda ko‘zga arang ilinadigan ustuncha bor. Bir uyali tugunchada bitta urug‘kurtak bo‘ladi. Mevasi ochilmaydigan quruq meva – yong‘oqchadan iborat.
Adonis yoki suvur o‘t (Adonis) turkumi 20 ga yaqin bir yillik va ko‘p yillik o‘t turlarini o‘z ichiga oladi. O‘rta Osiyo, Sibir va Yevropa tog‘larida o‘sadi. Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi yaylovlarda Adonisning 4 turi (A. parviflora, A. turkestanica, A. leiosepala, A. chrysocyathus) uchraydi. Ayrim turlaridan (ayniqsa, A. turkestanica va A. vernalis) yurak kasalliklarini davolashda ishlatiladigan adonizid olinadi. Bu turlarning poyasi tik (20-40 sm), tukli bo‘lib, gullab bo‘lgandan so‘ng tuklari to‘kilib ketadi. Adonis barglari qirqma, patsimon, murakkab, poyasining yuqori qismida bandsiz, quyi qismida bandli. Gullari yirik, aktinomorf (to‘g‘ri), har bir poyacha uchida bittadan gul bo‘ladi: gulkosachasi 5 ta ko‘k kosacha bargdan, gultoji 5-20 ta sariq gulbarglardan iborat. Changchi va urug‘chilari ko‘p. Gul o‘rni konussimon. Aprel-may oylarida gullaydi.
Sedana (Nigella) bir yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi bo‘lib, ziravor ekin sifatida qo‘llaniladi. Asosan, yovvoyi sedana (N. integrifolia Rgl.), madaniy ekma sedana (N. sativa) turlari Kavkaz va Oʻrta Osiyoning adir va togʻlarida uchraydi. Ziravor oʻsimlik sifatida ekiladi. Boʻyi 20-75 sm, poya tubidagi barglari butun, yuqoridagilari panjasimon boʻlingan. Bargi (mevasi) tuklar bilan qoplangan. Aprel-may oylarida gullab urugʻlaydi. Yaxshi asal beradi. Uning qoramtir xushboʻy urugʻlarida efir moyi bor. Non pishirishda, karam va bodring tuzlashda, veterinariya va tabobatda ishlatiladi. Urugʻi ochiq maydonlarga erta bahorda ekiladi. Damashq sedanasi (N. damasceana L.) turi manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi. Urugʻi tarkibida damassenin alkaloidi va efir moyi bor [5].
Akonit (Aconitum). Bu turkum vakillari ildizlari tuganaksimon, bo‘rtgan, poyasi tik chiqqan, barglari panjasimon qirqilgan yirik gulli o‘t o‘simliklar bo‘lib ularning gullari noto‘g‘ri, ko‘k, binafsha, sariq ba’zan oq ranglidir. Gulqo‘rg‘oni tojsimon. Mevasi ko‘p urug‘li, bargsimon bo‘ladi. Akonitning barcha turlarida akonitin alkaloidi bor.Tanasining barcha qismi zaharlidir. Ko‘pincha dorivor va dekorativ o‘simlik sifatida ekib o‘stiriladi. Dori bo‘ladigan o‘simliklar orasida bahor suvur o‘ti (A. vernalis) hammadan ko‘proq ishlatiladi. Bularning yer ustki qismidan yurak kasalliklarini davolashda qo‘llaniladigan adonizit va adonin brom nomli preparat tayyorlanadi. Pionlar, isfaraklar manzarali o‘simliklar sifatida ekib o ‘stiriladi.
Isfarak (Delphinium) – bir yillik va ko'p yillik o’t o'simliklar turkumi. Shimoliy yarim sharda va tropik Afrikaning tog'larida tarqalgan 450 ga yaqin turlarni o'z ichiga oladi. Ko'pgina turlarining kelib chiqishi Janubi-Sharqiy Osiyo va ayniqsa 150 dan ortiq turlari o'sadigan Xitoy sanaladi. Bu turkum o‘zining zaharli turlari bilan mashhur bo‘lgan akonit (Aconitum) turkumiga yaqin. MDH davlatlari hududida 100 ga yaqin turi o'sadi. Ulardan eng ko‘p tarqalganlari: D. elatum va D. consolida.
Aksariyat turlari juda xavfli va zaharli o'simliklardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |