Ii bob. Mudira maktabgacha ta'lim tashkilotining rahbari


z) mudiraning huquq va vazifalari



Download 153,13 Kb.
bet26/27
Sana18.02.2022
Hajmi153,13 Kb.
#450181
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
kurs ishi xushnazarova

z) mudiraning huquq va vazifalari.
Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotini O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi bilan kelishgan holda muassis tomonidan tayinlanadigan shaxs boshqaradi. Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbari davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti mudiri lavozimiga qo'yiladigan malaka talablariga muvofiq bo'lishi kerak. Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyatini nazorat qilish muassis tomonidan, shuningdek, vakolatlar doirasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablari va o'qitish dasturlarining nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tomonidan bajarilishini nazorat qilishni
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi amalga oshiradi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o'tkazish, ularning faoliyatini to'xtatib turish va to'xtatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlarining huquq va imtiyozlari qonun hujjatlarida, maktabgacha ta’lim tashkiloti ustavida, shuningdek, mehnat lavozimnomasida belgilanadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotining pedagog xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
maktabgacha ta'lim tashkilotini boshqarishda tashkilot ustavida belgilanadigan tartibda qatnashish; o'z kasbiy sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish;
pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin. Pedagog xodimlar quyidagilarga majbur: bolalarni yuqori professional darajada o'qitish va tarbiyalash;
pedagog axloq-odobiga rioya qilish, bolaning qadr-qimmatini hurmat qilish, bolalarni tazyiqdan himoya qilish, ularni mehnatga, ota-onaga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish ruhida tarbiyalash;
o'z malakasini belgilangan tartibda, har uch yilda oshirib borish;
o'zining kasbiy ko'nikmalarini va pedagogik mahoratini doimiy ravishda takomillashtirish.
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin. Maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlariga ish haqi miqdorlari (lavozim maoshlari) qonun hujjatlariga muvofq belgilanadi. Tashkilot rahbari rag'batlantirish tusidagi ustamalar, qo'shimcha haq hamda boshqa to'lovlar turi va miqdorlarini ish haqiga yo'naltiriladigan mavjud mablag'lar doirasida belgilaydi.


Xulosa
Maktabgacha ta'lim tashkiloti - murakkab tarmoq bo'lib,
mudiraning undagi roli, faoliyati ko'p qirralidir. Mudira maktabgacha ta'lim tashkilotining tashkilotchisi, rahbari, malakali pedagog, uning faoliyati maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni komil inson qilib tarbiyalash vazifalarini to'laqonli
hal etishga qaratilgan. U maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi ta'lim-tarbiyaviy, pedagogik va gigiyenik talablarga muvofiq ravishda amalga oshirilishi uchun zarur lozim-sharoitlarni ta'minlaydi. O'z jamoasida ishchanlik, maqsadga qaratilgan inoqlik vaziyatini yaratadi. Ularga umumiy rahbarlik qiladi. Mudira o'z ishida davlatimiz va Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan qabul qilingan qaror, qonunlarga amal qiladi va o'z ustida ijodiy ravishda ishlashni amalga oshiradi. Yuksak onglilik va siyosiy yetuklik, tamoyillilik, o'ziga va qo'l ostidagilarga talabchanlik - bu mudiraga qo'yiladigan asosiy talablardir.
Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti muassis tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkaziladi. Davlat organlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda qonun hujjatlariga muvofiq davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining muassislari bo'lishi mumkin. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga bevosita rahbarlik qilish O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tegishlicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta'lim boshqarmalari hamda Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasi tomonidan tayinlanadigan mudir tomonidan amalga oshiriladi. Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti mudiri bilan mehnat shartnomasi bir yil muddatga tuziladi. Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti mudiri lavozimiga qo'yiladigan malaka talablari O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti mudiri:
davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
bolalar hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilish hamda ta'limtarbiya jarayonining samarali tashkil etilishini ta'minlaydi;
davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti nomidan faoliyat ko'rsatadi va barcha tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti mol-mulkini o'ziga berilgan vakolatlar doirasida tasarruf etadi;
davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlarini mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ishga qabul qiladi va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qiladi;
davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlarini moddiy va ma'naviy rag'batlantiradi, ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo'llaydi;
o'z vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi;
davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni ta'minlash bo'yicha takliflarni ko'rib chiqish uchun maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limiga kiritadi;
davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining moddiytexnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, jihoz, o'quv-metodik qo'llanmalar va
multimediali vositalar bilan ta'minlash ishlarini tashkil etadi;
davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining moliya-xo'jalik faoliyatiga javob beradi.
Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta'limning innovatsion shakllarim rivojiantirish maqsadida pedagogik
kengash faoliyat ko'rsatadi. Pedagogik kengash a'zolarini saylash tartibi va uning vakolatiga kiradigan masalalar davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti ustavida belgilanadi.



Download 153,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish