Ii bob. Mudira maktabgacha ta'lim tashkilotining rahbari


Maktabgacha ta’lim tashkiloti mudiri lavozimining malaka tavsiflari



Download 153,13 Kb.
bet24/27
Sana18.02.2022
Hajmi153,13 Kb.
#450181
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
kurs ishi xushnazarova

2.3. Maktabgacha ta’lim tashkiloti mudiri lavozimining malaka tavsiflari.
O'yin faoliyatini kuzatish va tahlil qilish juda murakkab ish. Bu o'yinning maktabgacha yoshdagi bola shaxsini rivojlantirishdagi alohida ahamiyati, maktabgacha ta'lim tashkilotida olib boriladigan ta'lim-tarbiya jarayonida olib
boriladigan o'rni, o'yin turlarining xilma-xilligi va ularni rivojlantirish xususiyatlari bilan bog'liqligi tufaylidir. Bu xususiyatlarni yaxshi bilish o'yin faoliyatini chuqur tahlil qilishni va mudira tomonidan tarbiyachilarga o'z
vaqtida yordam ko'rsatishni ta'minlaydi. Bolalarning o'yinlari xilma-xilligi bilan farqlanadi. U maktabgacha bo'lgan butun bolalik davrida mazmuni, uyushtirilishi, o'yinda bolaning faolligini namoyon qilish xarakteriga ko'ra, ularning bolalarga ko'rsatadigan ta'siri va nihoyat kelib chikishiga ko'ra katta
o'zgarishlarni boshidan kechiradi: Mudira ishni o'yin turlarini tanlashga qaratadi.
Mashg'ulotdagi didiktik o'yinlar syujetli-rolli, qoidali, harakatli, musiqaviy didaktik o'yinlari, stol ustida o'ynaladigan o'yinlar, tinch o'yinlar va ijodiy o'yinlar tarbiyachi tomonidan rejalashtirishning maqsadliligiga, ularga rahbarlik darajasini nazorat qilib borib, tajriba asosida tarbiyachiga metodik-amaliy maslahatlar beradi. Turli yosh guruhlardagi o'yin tizimini "Ilk qadam" dastur asosida ishlab chiqadi va o'yin jarayonini kuzatish jadvalini tuzadi. O'yin faoliyatining paydo bo'lishi va rivojlanishi uchun sharoitlarning ta'minlanganligi (o'yin uchun berilgan vaqtning yetarliligi, o'yin faoliyatini kengaytirish uchun joyning, zarur o'yinchoq va qo’llanmalarning mavjudligi va kabinetda ularni to'g'ri joylashtirilishi, bolalarni taassurotlar bilan boyitish va yaxshi kayfiyatlari); O'yin faoliyatiga rahbarlik metodikasi – bolalarning emotsional ijobiy holatlarini qo'llab-quvvatlash va yaxshilashga yo'llangan metod va usullar, o'ynovchilarning faolligini ta'minlash, faoliyatning bir turidan ikkinchisiga o'z
vaqtida o'tish, bunga qanday metod va usullar bilan erishiladi? O'yin faoliyatini uzaytirish va murakkablashtirish, bolaning ilk yoshida o'yindan uning nutqini tushunishni rivojiantirish va faolligini tarkib toptirish maqsadlarida foydalanish, ijobiy o'zaro munosabatlar va boshqa axloqiy sifatlarni tarbiyalash. Mudira o'z oldiga quyidagi vazifalarni qo'yadi. O'yinni faoliyat tarzida rivojiantirish; O'yindan bolalarga taTim-tarbiya berishda foydalanish. Guruhda to'laqonli o'yinlarning rivojlanishi uchun sharoitlar yaratilishiga:
a) tarbiyachining o'yin qobiliyatlariga rahbarlik qilishi;
b) o'yin muhitini yaratish;
v) kundalik kun tartibida o'yin uchun vaqtning yetarliligiga alohida e'tibor berib bordi.
Tajriba shuni ko'rsatdiki, bolalarning o'yin jarayonidagi xatti-harakatlari, ularning katta yoshlilarga taqlid qilish istagidan dalolat beradi. Bolaning o'yini odamlarning xattiharakatlari, xulq-atvori, o'zaro munosabatlarini o'yin roli vositasida ijodiy aks ettirishdan iborat bo'ldi.
g) ota-onalar jamoatchiligi bilan ish uslublari.
Mudiraning jamoatchilik va mahalla qo'mitasi bilan ish metodlari quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
1. Ota-onalar va jamoatchilik uchun anjumanlar.
2. Ota-onalar universitetlari.
Bunda oila markazidan vakil, yetuk olimlar, maktabgacha ta'lim bo'limi xodimlari va barcha ota-onalar ishtirok etadilar. Ota-onalar universitetning asosiy maqsadi Davlat va jamiyatimiz tomonidan oila va bolalar tarbiyasiga masalalari va kamchiliklarini, muammolarini hal etishdan iborat. Mudira hududiga tegishli maktab bilan aloqa o'rnatib bir yilga mo'ljallangan reja asosida ish ko'radi. Ushbu reja asosida tashkilotning asosiy vazifalari, maktab tomonidan amalga oshiriladigan tadbiriy choralar, bolani maktab ta'limiga tayyorlash, lotin alifbosida o'qish, yozishni mukammal o'rganish va bunda mudira hamda maktab direktorining vazifalari belgilanadi.

  1. ma'muriy xo'jalik faoliyat - bunda reja kontingenti bo'yicha bolalarni joylashtirish, maktabgacha ta'lim tashkiloti dasturining maktabgacha ta'lim tizimida belgilangan xarajatlarni o'z vaqtida joy-joyiga qo'yib ishlatishni tashkil etish, bolalarni ovqatlantirishni to'g'ri tashkil etish, yozgi sog'lomlashtirish mezonlarini tashkil etish, xizmat qiluvchi xodimlarni to'g'ri joylashtirish va ishlash malakalarini oshirish, mehnatni ratsional ravishda tashkil etishdan iborat.

  2. dastur talablarining bajarilishiga mudiraning rahbarligi va nazorati.
    O'quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta'limning innovatsiya shakllarini rivojiantirish maqsadida maktabgacha ta'lim tashkilotida Pedagoglar kengashi faoliyat ko'rsatadi. Pedagoglar kengashi a'zolarini saylash tartibi va uning vakolatiga kiradigan masalalar maktabgacha ta'lim tashkiloti ustavida belgilanadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotiga bevosita rahbarlik qilish mudira tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti mudirini ishga qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

- Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti mudiri bilan mehnat lozimnomasi bir yil muddatga tuziladi.
- Maktabgacha ta'lim tashkiloti mudiri lavozimiga O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti mudiri faoliyati.
- Maktabgacha ta'lim tashkiloti nomidan ishonchnomasiz faoliyat ko'rsatadi, barcha tashkilot va tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
- maktabgacha ta'lim tashkiloti mol-mulkini o'ziga berilgan vakolatlar doirasida tasarruf etadi;
- ishonchnomalar beradi;
- bank tashkilotlarida hisob raqamlari ochadi;
- maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlarini ishga qabul qilish va joy-joyiga qo'yishni amalga oshiradi, rag'batlantiradi, intizomiy jazo choralarini ko'radi va ular bilan tuzilgan mehnat lozimnomalarini to'xtatadi;
- o'z vakolati doirasida buyruqlar (farmoyishlar) chiqaradi;
- maktabgacha ta’lim tashkilotining ishini takomillashtirish, moddiy
bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni ta'minlash bo'yicha takliflarni ko'rib chiqish uchun maktabgacha ta'limni boshqarish yuqori organiga kiritadi;
- bolalar hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilishning samarali tashkil etilishi, o'quv-tarbiya jarayoni, moliya-xo'jalik faoliyati ahvoli, moddiy-texnik bazasining mustahkamlanishi va moddiy boyliklarning saqlanishi uchun javob beradi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti ma'muriyati jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda o'z-o'zini boshqaruv asosida bolalarni . tarbiyalashda yuksak natijalarga erishishga qodir bo'lgan turg'un mehnat jamoasini shakllantiradi; kadrlarni muntazam takomillashtirib borish, pedagogik va xizmat ko'rsatish, mehnat samaradorligini oshirish ruhida
tarbiyalaydi, o'z jamoasi, tanlagan kasbi uchun faxrlanish hissini shakllantiradi.
Maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbarlari kadrlarning kasb mahoratini, umumiy ta'lim mahoratini, umumiy ta'lim va madaniy darajasini muntazam o'stirib borishga g'amxo'rlik qiladi;
xodimlar malakasini hisobga olgan holda va maktabgacha ta'lim tashkiloti manfaatlaridan kelib chiqib, ularni ratsional va o'z vaqtida joydan-joyga ko'chirib turilishini ta'minlaydi.
Bu maqsadlar uchun ma'muriyat ruhiypedagogik o'quvchining huquqiy va iqtisodiy o'quv bilan organik uyg'unlanishini ta'minlaydi;
xodimlar malakasini bevosita maktabgacha ta'lim tashkilotida oshirish uchun lozim-sharoit yaratadi, murabbiylik harakatini rivojlantiradi;
mamlakatda va chet ellarda pedagogik va boshqa aralash fanlardan erishgan yutuqlar haqida axborot beradi.
Ma'muriyat jamoat tashkilotlari bilan birgalikda maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlarini attestatsiyadan o'tkazish uchun optimal lozim-sharoitlarni ta'minlaydi, ularga o'z vaqtida zarur metodik yordam ko'rsatadi.
e) mudiraning maktabgacha ta’lim bo'limlari, otaonalar, jam oat oldidagi hisobdorligi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotining mudiri amaldagi qonunchilik doirasidagi pedagog xodimlari va ma'muriyatini, ularning kasb-kor va mansab faoliyatlariga asossiz aralashuviga chek qo'yuvchi zarur choralar ko'radi. Shuningdek, jamoaga nisbatan ma'muriy-buyruqbozlik urinishlariga, uning mustaqilligini cheklovchi buyruqlarga chek qo'yadi, shu masalalar bo'yicha tegishli organlarga murojaat qiladi. Mudira ishonch qog'ozisiz maktabgacha ta'lim tashkiloti nomidan harakatqiladi, barcha shirkat va jamoat korkabinetlari, tashkilotlar va tashkilotlarida uning manfaatini himoya qiladi; kreditlar tarqatadi; lozimnomalar tuzadi, ishonch qog'ozlarini beradi, banklarda va boshqa hisoblarini ochadi; maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun zarur bo'lgan jihozlar va boshqa moddiy resurslarni xohlagan korkabinetlardan, tashkilotlardan, shirkatlardan va ayrim shaxslardan naqd pulga yoki pul o'tkazish yo'li bilan ijaraga olish va buyurtma berish huquqiga ega. Mudira maktabgacha ta'lim tashkiloti huquqi doirasida buyruq chiqaradi, ko'rsatma beradi. Bu buyruq va ko'rsatmalar maktabgacha ta'lim tashkilotining barcha xodimlari uchun majburiydir. Tarbiyachi-metodist, katta tibbiy yordam hamshirasi, xo'jalik mudirining o'z huquqlari doirasida bergan ko'rsatmalari barcha xodimlar uchun majburiydir.
Maktabgacha ta'lim tashkilotining shaxsiy tarkibi quyidagilardan iborat: Ma'muriy guruh (mudir, tarbiya chimetodist, xo'jalik mudiri, katta tibbiy yordam hamshirasi), pedagogika, tibbiy yordam, xizmat ko'rsatish tarmoqlari xodimlari. Maktabgacha ta'lim tashkiloti ma'muriyati har bir tarkibiy birlikka tegishli moddiy resurslarni berkitadi. Mehnat jamoasi vakolatini amalga oshirishning asosiy shakli umumiy
yig'ilishidir.
Maktabgacha ta'lim tashkilotining umumiy yig'ilishi:
- maktabgacha ta'lim tashkilotining Ustavini ko'rib chiqadi va qabul qiladi;
- maktabgacha ta'lim tashkiloti kengashini tuzish zarurini aniqlaydi, kengash tarkibini va uning raisini saylaydi;
- yillik va istiqbol rejalarni muhokama qiladi, tasdiqlaydi, uning bajarilishi haqida ma'muriyat hisobotini eshitadi, pedagogik va xizmat ko'rsatish mehnatining samaradorligini oshirish yo'llarini belgilaydi;
Jamoa lozimnomasini muhokama qiladi va kasaba uy ushmasi qo'mitasiga taqdim etadi.

Download 153,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish