Ii bob. Moddalarning hosil bo`lishi haqidagi dastlabki ta`limotlar



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/37
Sana15.08.2021
Hajmi2,35 Mb.
#148633
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37
Bog'liq
II bob(1)

2.3.  Aristotel’ ta`limoti 

 

Qadimiy  tarixning  buyuk  mutaffakiri  Stagiralik  Aristotel’  (384-322  yy.)  



o`zining “Metafizika” asarida borliq mavjudotni tashkil etuvchi barcha elementlar 

haqidagi mavjud fikrlarni jamlaydi.  Aristotel’ o`zidan ilgari yashab o`tgan barcha 

yunon  faylasuflarining  fikrini  o`rganib,  empedoklning  to`rt  materiya    elementlari 

haqidagi  g’oyasini  qabul  qildi  va  rivojlantirdi.  Aristotel’  materiyani  tashkil 

qiluvchi  to`rt  unsur-stixiyalar  material  substantsiya  emas,  balki  xarakterli 

xossalarini  namoyon  qiluvchi  (issiqlik,  sovuqlik,  quruqlik  va  namlikni)  belgi  deb 

hisoblaydi.  Qarama-qarshi  xil  xossalarni  namoyon  qiluvchi  element-stixiyalar 

birika olmaydi: issiqlik va sovuqlikni, namlik va quruqlikni birlashtirib bo`lmaydi.  

Aristotelning  fikricha,  elementlar  bir-biriga  o`ta  oladi,  hatto  ularni  biriktirib, 

murakkabroq  jism  va  birikmalarni  olish  mumkin.  Aristotel’  mexanik  va  chin 




 

53 


aralashmalar  borligini  e`tirof  etdi  va  bu  g’oyani  asoslab  berdi.    Mexanik 

aralashmalarda    komponentlar  mustaqil,    alohida  bo`lsa,  chin  aralashmalarda 

moddalar  qo`shilib,    murakkab  bir  jinsli    birikmaga  aylanadi,    unda  dastlabki 

moddalar  qolmaydi.  Bu  aralashmani  faqat  olov  buzishi  mumkin  deydi. 

Aristotelning tasavvuricha,  kimyoviy birikma −”miksis” − bir jinsli gomogen va 

yaxlit  sifatga  egadir.    Aristotel’  ongini  to`lqinlantirgan  masalaning  mohiyati 

quyidagichadir.  Ayrim  harf  va  bo`g’inlardan    so`z  tarkib  topganidek,    murakkab 

moddalar ham ayrim elementlardan hosil bo`ladi.  “Olov, havo, suv va tuproq  bu 

real  modda  bo`lmasdan  birlamchi  butun  materiyaning  turli  to`rt  holati  yoki 

shakli“,- deydi Aristotel’.  

 

Bu  ta`limotning  yana  bir  muxim  o`rni  shundaki,  elementlar  (materiya 



shakllari  –  unsurlar)  bir-biriga  aylanadi,  deb  o`rgatadi.  Keyinchalik  bu  ta`limot 

alkimyogarlar  tomonidan  metallar  transmutatsiyasini  amalga  oshirish  mumkin 

degan  g’oyaga  asos  qilib  olindi.  Aristotel’  bu  borada  yana  bir  muhim  bosqichni 

zabt etdi. Har qaysi element unsurlarning tabiiy xususiyatlarini aniqladi. Masalan, 

olov  yuqoriga  ko`tarilishi,  er-tuproq  esa  pastga  qulash  xossasiga  ega.  Samoviy 

jismlar esa pastga ham tushmaydi, osmonga ham chiqib ketmaydi, balki doimo er 

atrofida  u  bilan  birga  aylanib  yuradi.  SHunday  qilib,  Aristotel’  osmon  –  yangi 

beshinchi  unsur  deb  hisoblaydi  va  uni  efir  deb  ataydi  (  yunonchada  “efir”  – 



yaltirash, shu`la sochish ma`nosini anglatadi). 

 

 




Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish