o
o
, ya`ni “atomos”–“bo`laklarga
bo`linmaydigan” atamasini qo`lladi ( bu termin hanuzgacha qo`llaniladi).
Demokritning fikricha, zarracha absolyut mustahkam va bo`linmas bo`lib, u abadiy
deb izohlaydi va “atom” tushunchasini donishmandlarga taklif etadi. Uning
tasavvuricha, bizni qamrab olgan dunyo cheksiz bo`shliqda harakatlanuvchi
atomlarning birikishi va parchalanishi natijasidir. U ta`m, rang, issiqlik va
sovuqlik kabi xossalar faqat inson sezgi organlariga ta`sir etuvchi shartli hodisadir
deydi. Materiya kichik zarrachalardan iborat bo`lib, uning bo`linish chegarasi bor
degan ta`limot bugungi kunda atomistik nazariya deb aytiladi. Demokritning
fikricha, har qanday elementlar atomlarining shakli va kattaligi farq qiladi, shuning
uchun ham ularning xossalari bir-biriga o`xshamaydi. Biz ko`radigan va his
qiladigan real moddalar turli element atomlarining birikishi mahsulidir. Bu
birikmalar tabiatini o`zgartirish yo`li bilan bir aniq moddani ikkinchisiga
aylantirish mumkin. Demokrit o`zining nazariy g’oyalarini eksperimentlar bilan
isbotlay olmadi va keyingi 2000 yil davomida bu nazariyadan hech kim atroflicha
foydalanmadi. Qadimgi zamon yunon faylasuflari umuman tajribalar amalga
oshirmasdan haqiqatni bahslardan izlashgani uchun Aristotelning material
zarrachaning cheksiz bo`linmasligi haqidagi ta`limotini qabul etmadilar, ammo bu
o`tgan davrlarda atomistik kontseptsiya butunlay yo`qolib ketdi, degan ma`noni
kashf etmadi.
51
19-rasm. eramizdan avvalgi III–IY asrlarda kimyoviy laboratoriya
jihozlari. O`sha davr alkimyogari Zosimaning «Alximiya»
risolasidan olingan.
Boshqa qadimgi yunon faylasufi epikur (341-270 yy.) Demokritning
mexanistik atom nazariyasini tanqid qiladi. U atomlar ma`lum shakllarga ega
bo`lib, ular juda katta zichlikka ega hamda aynan massa va kattaliklari bilan
farqlanadi, ular bir-biri bilan kichkina “o`simtalari” orqali birikadi deb hisoblaydi.
“Atomlar shakli, og’irligi va shakli belgilay-digan xossalaridan tashqari boshqa xil
xossalari bilan bizning sezgi organlarimizga ta`sir etmaydi”,- deb yozadi epikur.
Uning fikricha, atomlar o`zaro to`qnashuvlar natijasida to`g’ri chiziqli
harakatidan og’ishi va bu to`qnashuvlar natijasida yangi agregatlar hosil kilishi
mumkin. Demokrit va epikur ta`limoti davomchilari keyingi asrlarda ham bor
edilar. SHulardan biri eramizgacha I asrda yashab ijod qilgan Tit Lukretsiy Kar
(95-55 yy.) edi. Rimlik shoir va donishmand T.L. Kar 6 kitobdan iborat
52
Do'stlaringiz bilan baham: |