2.8. Mineral kislotalar olish – kimyo rivojining omili
Ma`danlardan temirni ajratib olish jarayoni va texnologiyasi kashf
etilgandan keyingi kimyo fani yaratgan eng muhim yutuqlardan biri kuchli
mineral kislotalarning olinishi bo`ldi. endi alkimyogarlar juda ko`p reaksiyalarni
amalga oshirish imkoniyatiga ega bo`ldilar, ilgari yunon va arab olimlari kuchli
erituvchilarida erita olmagan birikma va qotishmalar uchun o`z erituvchilarini
topdilar. Sul’fat va nitrat kislotalari olishning kashf etilishi insoniyatga oltindan
ko`ra ko`proq foyda keltirgan bo`lsa ham, ko`p yillar davomida alkimyogarlar
ularning qadriga etmadilar va sun`iy oltin olish yo`llarini qidirishda davom etdilar.
Ko`p yillik tajribalar natijasida kimyo sohasidagi keyingi tadqiqotlarning
Do'stlaringiz bilan baham: |