amal’gama deb atagan.
Rojer Bekon (1214-1294 yy.) mashhur Evropa alkimyogari
Al’bert Bol’shtedtskiyning zamondoshi, ingliz faylasuf olimi va
tabiatshunosi, Somerset grafligidagi Ilchesterda tug’ilgan rohib
o`zining “Alkimyo ko`zgusi” kitobida barcha murakkab tarkibli
metallar
va
boshqa
minerallar
simob
va
oltin-gugurt
birikmalaridan hosil bo`lgan deb yozadi. R. Bekongacha bo`lgan
alkimyogar-faylasuflar yaratgan metallar haqidagi simob-oltingugurtli ta`limotiga
ko`ra oddiy metallarni oltinga aylantirish uchun ma`lum miqdordagi simobning
otalik va oltingugurtning onalik nisbatlari birlashuvi kerak. “Tabiatda uchraydigan
jismlarning tarkibida bu ikki nisbatlar o`zaro birikkan, sen faqat ularni qidirib
topgin, o`tda kuydirgin, tozalab ol, tahlil qil va tarkibini mukammal yaxshilagin”-,
deb o`rgatadi R. Bekon. Olim alkimyoni quyidagicha ta`riflaydi: “Alkimyo
shunday fanki, u ko`rsatgan usul bilan olingan ayrim vosita, eliksir arzon metall
yoki shakllanmagan birikmaga ta`sir etilsa, unga tegishi bilan nodir metall yoki asl
moddaga aylantiradi”. R. Bekon fikricha, eliksir tayyorlash uchun “dastlabki
substantsiya” uch bosqichda o`zgarishi kerak:
– nigredo (qora bosqich),
– al’bedo (oq bosqich, bu jarayon natijasida kichik eliksir hosil bo`lib,
metallarni kumushga aylantiradi),
– rubedo (qizil bosqich, bu bosqichda asosiy mahsulot buyuk eliksir –
magisteriy hosil bo`ladi).
79
R. Bekon ilmiy ishlar qilish va uni rivojlantirish uchun dastlab amaliy
ishlarni yo`lga qo`yish va bajarilgan tajribalar natijalarini hisoblash va
tushuntirishda matematik usullarni qo`llash lozim deb hisoblaydi, u alkimyodan
tashqari optika va astronomiya bilan ham shug’ullangan. Uning fikrlari qanchalar
to`g’ri bo`lmasin, hali dunyo va uning etakchi allomalari bunday revolyutsion
ruhdagi rivojlanish darajasiga etishmagan edi.
U
butun
bilimlar
entsiklopediyasini yaratishga urindi va birinchi bo`lib poroxni tavsiflab berdi.
Ba`zida Evropa olimlari porox kashfiyotchisi R. Bekon deb hisob-lashgan,
chunki u 1242 yilda qora porox tayyorlagan, selitra xossalarini o`rgangan.
Evropada porox tayyorlash retseptini deyarli bir paytda monaxlar R. Bekon,
Bertol’d SHvarts va nemis alkimyogari Buyuk Al’bert bilib olishgan. Aslida
porox 682 yilda, ya`ni, Evropaliklardan 560 yil avval xitoy faylasuf-kimyogari
Sun’-Si-Myao tomonidan kashf etilgan bo`lib, uning tarkibi va olinish retsepti
yozib qoldirilgan. Porox yaratilishi mustahkamlangan qal`a va qo`rg’onlarni zabt
qilishni osonlashtirdi va piyoda askarlarning harbiy salohiyatini keskin oshirdi,
ular endilikda mustahkam zirhli sovut kiygan otliqlardan ko`ra xavfliroq bo`lib
qoldi.
O`sha davrda cherkov Aristotel’ ta`limotini tan olmaganida va uni
inkvizitsiyadan himoya qilmaganida rohib R. Bekonning qiyin vaziyatda qolishi
mumkin edi. Keng va chuqur bilim sohibi bo`lgani uchun zamondosh-lari “ajoyib
Do'stlaringiz bilan baham: |