Ii bob. Maktabgacha ta’limi tizimida bolalarni


-chizma. Mashg’ulotning sifati va samaradorligini belgilovchi omillar



Download 386,5 Kb.
bet7/10
Sana23.01.2022
Hajmi386,5 Kb.
#404835
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 боб (2)

3-chizma. Mashg’ulotning sifati va samaradorligini belgilovchi omillar.

Bir qaraganda, mazkur omillarning tarbiyachi ijodkorligi, uning ko’ngil odami ekanligiga butkul aloqasi yo’qdek tuyuladi. Aslida esa aynan ijodkor shaxs o’zida tashkilotchilik, hujjat ishlarini muntazam va to’g’ri olib borish, tarbiyalanuvchilarni rag’batlantirishda kerak bo’ladigan kuzatuvchanlik va umumlashtirishday farqli jihatlarini uyg’unlashtira oladi.

Zotan, ta’lim jarayonida bolalarni ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalash omillari yetakchiik qilishi uchun, avvalo, ta’lim tizimiga isloh kiritish zarur. Shunday ehtiyoj tufayli yuzaga kelgan adabiyotshunos Q.Yo’ldoshevning «Yangilan­gan pedagogik tafak­kur va umumta’lim maktablarida adabiyot o’qitishning ilmiy-metodik asos­lari» [146, 42] tadqiqotida adabiy ta’limning yangilanish omillari alohida ko’rsatiladi:

1) ijtimoiy; 2) ilmiy; 3) pedagogik.

«Zanjir reaktsiya»si talabiga ko’ra, arzimas turtki yoki hodisa o’ziga bevosita tegishli bo’lganiga ta’sir o’tkazadi, u o’zidan keyingisiga va shu tarzda butun boshli sistema ta’sirlanib, vaziyatini o’zgartiradi. 1991-yilda sodir bo’lgan global miqyosdagi siyosiy o’zgarish tufayli O’zbekiston jamiyati, o’z navbatida, odamlarning ijtimoiy tafakkuri o’zgardi. Mantiqan, o’zgargan tafakkurli odamlar odatlanilgan tarzda fikrlay, ishlay, o’qiy va yashay olishmasdi. Shu tarzda o’zbek ilmi o’zgardi, sir saqlangan ko’plab tarixiy ma’lumotlar oshkor etildi, deyarli butun ilm sohasi yangicha — istiqlol mezonlari asosida qayta talqin etildi. Bu ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o’tiladigan fanlar mohiyati, maqsadi va mundarijasini ham o’zgartirib yubordi. Yangicha fan ta’limning o’zgacha usuli, tarbiyaning yangi shakllarini talab etardi. Tadqiqotimiz mavzusining dolzarbligi shu jihatda ham namoyon bo’ladi.

Pedagogika fanlari doktori Q.Husanboyeva o’z tadqiqot­ida tarbiyalanuvchini mustaqil fikrlashga o’rgatuvchi umumdidaktik omillarni ta’lim metodlari sifatida taqdim etadi. Uningcha, bunday omillar har bir sohada mavjud bo’lib, shu soha rivojini ta’minlovchi, ish jarayonini tartibga soluvchi, amalga oshirilayotgan faoliyatning izchilligini ta’min etuvchi mexanizmdir. Bu — to’g’ri fikr. Omillar inson faoliyatining har qanday ko’rinishiga tegishli, ularsiz faoliyatni tashkil etish mumkin emas. Adabiy ta’lim asnosida tarbiyalanuvchilarni ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashni amalga oshiruvchi ijtimoiy, psixologik, pedagogik, didaktik va ma’naviy-ma’rifiy omillarning mavjudligi fikrimiz dalilidir.

Adabiy ta’lim tizimimizda ro’y bergan tub o’zgarishlarning omili ij­timoiy islohotlar ekanligi tadqiqotda bot-bot tilga olindi. Ta’limning barcha boqichlaridagi badiiy adabiyot mashg’ulotlari ta’lim oluvchilarni olamshumul ahamiyatga ega bo’lgan mamlakat iqtisodiyotidagi, millatning ma’naviy dunyosi­da­gi sog’lom tozarishdan boxabar qilish, ularni haqqoniy baholash, ilg’or g’oyalarni dars jarayonida singdirish, davlat va ta’lim orasidagi munosabat­la­r haqida gapirish va dalillar asosida baholash, ijtimoiy taraqqiyotning yo’nalish va muammolarini badiiy matn yordamida tarbiyalanuvchilar e’tiboriga havola etish, ijtimoiy o’zgarishsiz hozirgi adabiyot bo’lmasligi va, aksincha, adabiyot mavzusining o’zgarganligi ijtimoiy islohotlarga turtki bo’lganligi o’zaro ta’sir natijasi ekanligini tarbiyalanuvchilar bilan hamkorlikda oydinlashtirish adabiy ta’limning ijtimoiy omili sanaladi. Tarbiyalanuvchilarni ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashga yo’nlatirilgan adabiy ta’lim jarayonida ijtimoiy omillar vazifasi milliy ta’limda amalga oshirilgan ishlar mazmunining aholi dunyoqarashiga mosligi; O’zbekistondagi har bir fuqaro umri davomida ilm olish imkoniga egaligi; mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bevosita odamlar hayotining si­fa­ti va ta’lim darajasiga bog’liqligi; bolalarning intellektual rivojlanishi mamlakat ta­raq­qi­yo­tidan kelib chiqishi; milliy g’oyalarni tarkib toptiruvchi tushunchalarning ta’lim an’analari va qadriyatlariga mosligi; tarbiyalanuvchilardan jahon andozalariga munosib raqobatbardosh kadrlarni yetishtirish orqali yurt istiqboli, Vatan ravnaqini ta’min­lash kabilar bilan belgilanadi.



Adabiyotning eng kichik matnlaridan tortib eng yirik romanu dostonlarigacha inson ruhiyati tahlili mavjud. Tasvirlanayotgan voqea-hodisa, asar qahramonlari tushib qolgan vaziyat ruhiy asoslarga ega bo’lmasa, ular shunchaki voqealar bayoniga aylanadi. Adabiyotning ommaviy ta’sir kuchini ta’minlovchi unsurlarning asosiysi ham badiiy asar tashigan ruhiy quvvat sanaladi. Alisher Navoiy “Olamdan g’amsiz o’tay desang, ilmu hunar o’rgan”. Dunyodan kamolotga yetmay o’tish, hammomdan toza bo’lmay chiqishning xuddi o’zi” deb ta’kidlaydi. Uning fikricha yosh avlodni ma’naviy –axloqiy ruhda tarbiyalash bu-ularning xalqparvar, bilimli, eng yaxshi fazilatlarga ega qilib yetishtirishdir. Tarbiya orqali qobiliyatli bolalar bilan birga, bolalarning yomon hulqini tuzatish mumkinligini bildiradi. Navoiy bolalarga ilm-ma’rifat berish bilan birga ularni odobga o’rgatishni ham vazifa qilib qo’yadi. Navoiy bolalarga jismoniy jazo berish emas, balki xushmuomalalik bilan muomalada bo’lishni, lekin bunda ham me’yoridan oshmaslikni maslaxat beradi. Tarbiya haqida gapirar ekan, “qobiliyatlini tarbiya qilmaslik zulmdir va qobiliyatsizga tarbiya hayf. Uni tarbiya qilmaslik bilan nobud qilma, shunga tarbiyatingni nobud qilma”, deydi. Bola shaxsining kamolotida tarbiyaning yuksakligini ta’kidlaydi. Bu bildirilgan mulohazalar tarbiyalanuvchini ta’sirlantirmasligi mumkin emas. Adabiy ta’lim o’z oldiga qanday maqsad qo’ymasin, ularning barchasiga psixologik omillar yordamida erishadi. Uning tarbiyaviy ahamiyati ham psixologik omillar tufayli yuzaga chiqadi — tarbiyachi tarbiyalanuvchiga yaxshi bo’l, vataningni sev, kattalarni hurmat qil, ko’ngli ochiq inson bo’l, o’zgalarni ulug’­la, deb nasihat qilmaydi, bu o’sha gaplarni qadrsizlantiradi, xolos. MTT tarbiyachisi maqsadiga mos badiiy asardagi ruhiy tahlil yordamida yuqoridagi jihatlarning barchasini tarbiyalanuvchiga «yuqtiradi». Bolalarda ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantiruvchi psixologik omillar esa — ta’limning har bir bosqichida tarbiyalanuvchilarning yosh va ruhiy xususiyatlarini e’tiborga olish; badiiy matnning bolaga qiziqishiga mos tushishi; tarbiyalanuvchilar iste’dodi ularning rivojlanish bosqichiga mosligi; yoshlar dunyoqarashini his-tuyg’ulariga ta’sir qilib boyitish (eng ko’lamli va ishonchli usul); tarbiyalanuvchi diqqat-e’tiborini tortishda uning ruhiy olami bilan hisoblashish; bolalarning bilimni xotirada saqlash, hayotiy ko’nikmaga aylanti­rish ehtiyojini qondirish; tarbiyalanuvchilar xarakteri va fazilatlarini tako­mil­lashtirish; tabiat tasvirining badiiy ifodasi bosh qahramonlar ruhiyatini ochishga xizmat qilishini tarbiyalanuvchilarga tahlil yordamida ko’rsatish; insoniy tuyg’ular hamisha jamiyat va borliq bilan uyg’un bo’lishini tarbiyalanuvchilarga anglatishdan iborat.

Pedagogik omillar. Insonning ma’naviy yuksalishida tarbiyaviy an’ana-udumlar o’rni beqiyosdir. Shu bois badiiy adabiyot fan sifatida pedagogik omillarsiz taraqqiy etmagan bo’lardi. Tarbiyalanuv­chi­lar salohiyatini oshirishda pedagogika ta’lim faoliyatini harakatlan­tiruv­chi kuchdir. Har qanday jamiyatni rivojlantiruvchi ikki kuch: ta’lim va pedagogika (tarbiya) dir.

Adabiy ta’limda bolalarni ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashga erishish uchun tarbiyachi quyidagi pe­da­go­gik omillarga suyanadi:



— pedagogika tarixiga oid ko’p yillik tajribalar;

— pedagogik mahorat va madaniyatning uyg’unligi;

— ajdodlarimiz qoldirgan milliy ma’naviy merosga e’tiborli bo’lish, undan oqilona va samarali foydalanish­;

— mamlakatda milliy pedagogik qarashlarning ustuvorligi;

— o’tmishdagi ta’lim-tarbiya samaradorligi sabablarini chuqur tahlil va tanqidiy yondashuv orqali topish;

— inson kamolotida ta’lim va tarbiyaning mushtarak o’rni;

— ta’lim- tarbiya mazmuni samaradorligini ta’minlashda ilg’or pedagogik texnologiyalar imkoniyatidan foydalanish kabilardir.

Didaktik omillar. Badiiy adabiyot o’zining didaktik kuchi, tarbiyalanuvchilarga nasihatni bilvosita aytishi va bajartira olishi bilan jamiyat rivojiga beqiyos hissa qo’shadi. Bar­ka­mol insonga eng zarur xususiyatlar: til sofligi, e’tiqod mustahkamligi, o’zlikni anglash, unutilayotgan umuminsoniy, milliy, axloqiy qadriyatlarni asrash va takomillashtirish, fuqaroviy mansubligi va vatanidan faxrlanish, vatan oldidagi burchiga mas’uliyat bilan qarash singari jihatlar adabiyotning didaktik kuchi ta’sirida shakllanadi. Adabiy ta’lim bolalarda ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashda to’laqonli samaraga erishish uchun didaktik omillarga ham tayanishi kerak. Oilaviy munosabatlarga hurmat va ehtirom ko’rsatish; sharqona tarbiya ustuvorligi va izchilligini saqlash; jamoat ishlarida faol bo’lish; axloqiy me’yorlarni aslo unutmaslik; kattalardan o’rnak olish; hamkorlik shartlariga bo’ysunish; atrofdagilarga do’stona munosabatda bo’lish; badiiy asar vositasida shaxsiy muammo va hayotiy vaziyatlarini tahlil qilib, yechimini topish; oliy fazilatlardan ezgulik yo’lida foydalanish; barkamol shaxsni tarbiyalashda buyuk ajdodlarimiz va qahramon zamondoshlarimizning hayot yo’li, ijodiy faoliyatini ibrat maktabi sifatida ko’rsatish; bolalarda mehnatsevarlik hissini shakllantirish vositasida muayyan kasbga mehr uyg’otish kabilar shunday didaktik omillar jumlasidandir.


Download 386,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish