Ii bob. Maktabgacha ta’limi tizimida bolalarni



Download 386,5 Kb.
bet10/10
Sana23.01.2022
Hajmi386,5 Kb.
#404835
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 боб (2)

To’rtinchi mashg’ulot: Ma’naviy-axloqiy, milliy qadriyatlarni e’zozlash.

O’tkazish shakli: «Qadriyatlar» mashqi, yakka tartibda va kichik guruhlarda ishlash. Tarbiyachi ishtirokchilarga quyidagi savollarni beradi:

1. Ma’naviy-axloqiy, milliy qadriyatlar aks etgan qanday an’ana va urf-odatlarni bilasiz?

2. Ushbu an’ana va urf-odatlar, qadriyatlar bir-biridan qanday farq qiladi?

Javoblar muhokama qilinadi. Tarbiya topshirig’iga binoan axloqiy va ma’naviy qadriyatlarning o’xshash va farqli tomonlari haqida fikr almashinadi, bahs-munozara metodi asosida ular sharhlanadi. O’zbek milliy qadriyatlari boshqa millatlarning urf-odatlari va ularning takrorlanmas jihatlari bilan taqqoslanadi.

Kichik guruhlar milliy qadriyatlardan faxrlanish tuyg’usini o’zbeklarga xos bo’lgan milliy kiyimlar, ulardagi ramzlar asosida ko’rsatishadi.

Javoblarni umumlashtirish asosida o’zbeklarning o’zigagina xos bo’lgan milliy qadriyatlari haqidagi fikrlarni xulosalash.

Oltinchi mashg’ulot: ma’naviy –axloqiy tarbiya, milliy an’analar va urf-odatlar bilan faxrlanish.

O’tkazish shakli: yakka tartibda (individual) va juftlikda ishlash.

An’ana va urf-odat tushunchalarining mushtarak va farqli jihatlari individual va juftlikdagi faoliyat orqali tahlil etiladi. Tarbiyachi tayyorlab kelgan ma’lumotlar asosida fikrlar boyitiladi.

Har bir tarbiyalanuvchiga alohida qadimiy an’ana va urf-odatlarni sanash, zamonaviylaridan farqli tomonlarini ajratish topshirig’i beriladi. Juftlikda ishlash orqali yakka fikrlar umumlashtiriladi.

Yakka tartibda milliy an’ana va urf-odatlar bilan faxrlanish tuyg’usi bolaning o’zi yoqtirgan timsollari orqali aks ettiriladi. Aks ettirilgan tasvirlardagi o’zaro bog’liqlik va ramzlardagi ma’nolar sharhi beriladi. Guruhdagi o’rtoqlari aks ettirgan o’xshash timsollar bilan kichik guruhlar tashkil qilinadi hamda timsollarning umumiy, o’xshash tomonlari asosida yagona taqdimot uyushtiriladi.

«Rolli o’yin» metodida milliy an’analar aks ettirilgan voqealar asosida taqdimot o’tkaziladi. Taqdimotlar muhokama qilinadi, sharhlanadi. Mulohaza va takliflar vositasida amalga oshirilgan faoliyat yuzasidan xulosa chiqarilib, baholanadi.

Inson qalbiga yo’l faqat ta’lim-tarbiyadan boshlanishi, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalash, shakllantirishda badiiy adabiyot mashg’ulotla­ri­ning vazifasi, o’rni, tarbiyachi mahorati kabilar haqida mulohaza yurit­gan edik. Mana shu mashaqqatli vazifalarni amalga oshirishda yordam beruvchi, tarbiyalanuvchilar dunyoqarashini takomillashtiruvchi vositalar, adabiyotlar, o’quv qo’llanmalari, majmualar va ular asoslangan Dastur hisoblanadi. Hozirgi kunda MTT uchun yangi chop etilayotgan darslik va qo’llanmalar dars da tarbiyalanuvchi bilimini boyitadi, hozirjavobligini ta’­min­laydi, his-tuyg’ularini to’yintiradi, kechinmalarini noziklashtiradi, ta’bini say­qallaydi, shaxslik sifatlarini takomillashtiradi. Badiiy adabiyot mashg’ulotlarida bolalarni ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashning ijtimoiy, psixologik, pedagogik, di­dak­tik, ma’naviy-ma’rifiy omillari qanchalar aks etganini aniqlash jarayonida quyidagi to’xtamlarga keldik:

Baxtli bola ma’naviyati (3-7 yoshli bolalarni ma’naviy tarbiyalash bo’yicha metodik tavsiyalar) kitobida berilgan mavzular mazmuniga ma’naviy-axloqiy tarbiyaning turli ko’rinishlari turli g’oyalar orqali singdirilgan.

Maktabgacha tarbiya yoshigacha bolalar tarbiyasida ota-ona va maktabgacha tarbiya muassasasi hamkorligi, yakdilligi katta ahamiyatga ega. Bola ma’naviyatining shakllanishida otaning roli katta. Zero, maqollarimizda qayta-qayta takrorlanib kelayotganidek, “Otaning ochgan yo’li bor, onaning bichgan to’ni bor”, “Otasi borning unumi bor, Onasi borning tinimi bor”, “Ota –olamning faxri”, “Erta tur, otangni ko’r, otangdan so’ng otingni ko’r”, “Otangni ko’rsang, otdan tush”, “O’g’lingni sevsang, qulingday ishlat” [ ].

Onaning o’zbek oilasidagi hurmati, bola tarbiyasidagi o’rni alohida, jipslashtiruvchi ahamiyatga ega. Chunki “Onaga muhabbat –Vatanga muhabbatning kurtagi”, “Onaning ko’ngli bolada, bolaning ko’ngli dalada”, “Otang o’gay bo’lsa, onang o’zingniki emas”, “Bola–loy, ona-kulol”, “Onangning yaxshiligini bemor bo’lsang bilarsan”[ ] va h.k. Bu esa onalarni pedagogik tayyorlash: ularga maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tarbiyalash metodlarini o’rgatish, mehribonlik, g’amxo’rlik, mayinlik, tarbiyaviy ehtiyojni shakllantirishga alohida e’tibor berishni taqozo qiladi.

Shu kabi ishlar bolalarda ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalash omillaridir. Tahlil jarayonida ulardan qaysidir biri alohida yarq etib ko’zga tashlanadi.

Maktabgacha ta’limning o’rta va tayyorlov guruhlarida o’tiladigan mavzular tahlili mobaynida asosiy omil­lar barcha mavzular mazmunida uchrashi ma’lum bo’ldi.

«Baxtli bola ma’naviyati» kitobining «3-7 yoshli bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik xususiyatlari” bobida keltirilgan «Ma’nan sog’lom bola» [63, 75], «Amir Temur “Ulug’im”, deb erkalagan bola kim edi?» [63, 77] matnlarida bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash borasida juda yaxshi ibratli misollar keltirilgan.

“Insonga ma’naviy salomatlik -niyati, so’zi, bilimilari, rejalari, ko’z qarashlari, xotirasi, yodlagan she’ri, qo’shiqlari, mafkurasini sog’lom tutish buyurilgan. Lekin ba’zan odam nafs, kibr, jaholatga aldanib, o’zini o’zi turli balolarga giriftor qiladi. Mana shu xatoliklarning oldini olish, ya’ni avlodlarning nafaqat jismonan baquvvat, balki ruhi, fikri sog’lom, iymon-e’tiqodi butun, bilimli, ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar bo’lishlariga tarbiya orqali erishiladi»[63, 77].

Kitobdagi tarbiyalanuvchi e’tiborini tortadigan ta’sirli lavhalar ( “Hijolatli holatdan chiqish”, “Alamzadalikdan chiqish”) or­qa­li yosh qalb o’z xatosini tushunib olishi mumkin. Kitobdagi odob-axloqqa undovchi shunday o’rinlarni tarbiyachi yoki ota-onalar chuqur o’rganib, badiiy tahlil vositasida anglatilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.

Shuningdek, kitobda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ma’naviy tarbiyasida foydalanish uchun topishmoq, ertak, maqol va she’rlardan namunalar keltirilgan. Hamid Olimjonning «Mehribon oyijonim», «Lola», Miraziz A’zamning «Vatan», Zafar Diyorning «Kapalak», Quddus Muhammadiyning «Ahmadjonning kitobxonligi» she’rlari, “Uch nasihat”, “Yaxshilik bilan yomonlik”, “Aql va boyli”, “Quyonchaning uychasi”, “Chumchuqvoy”, “Dono yigit”, “Etti dangasa”, “Do’stlik sinovda chiniqar” ertaklari asosida ham yoshlarni ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalash va bu tuyg’uni takomillashtirish mumkin. Ijodkorlardagi o’zi tug’ilib o’sgan yurtga mehr-muhabbat, chuqur sog’inch, undan faxrlanish kabi ruhiy ke­chin­malar go’zal tashbehlar vositasida tarbiyalanuvchi ruhiyatiga ham ko’chadi. Xuddi qahramon singari g’ururlanish, yurt dardiga sherik bo’lib, tashvishini tortish bolalarni ma’nan yuksaltiradi.

Ertak va she’rlar tahlili bilan birga ijodkorlar tadqiqini ham yo’lga qo’yish, shu asosda shoir ruhiyati bilan bog’liq psixologik, ijtimoiy, didaktik, pedagogik, ma’naviy-ma’rifiy omillarning o’rnini belgilash, matndagi alohida jihatlarga to’x­ta­lib o’tish lozim. Bu tarbiyalanuvchini amalga oshirilayotgan ishlar mohiyatiga olib kiradi. Hamda bunday kichik tadqiqotlar tarbiyalanuvchini kelajakda il­miy farazlar, qonuniyatlar asosida matnga sharh, asarga taqriz yozish kabi ilk ilmiy faoliyatga yo’naltiradi.

MTT tarbiyachisi zikr etilgan va shu mavzudagi boshqa asarlar asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyani targ’ib qiluvchi badiiy asarlarni har tomonlama sharhlab o’rgatishi, ularda turli omillarning uyg’unlashganligini ko’rsatib berishi lozim. Bu bolalarni ko’zlangan ta’limiy maqsadga yo’naltiradi, mashg’ulotning qimmatini, samaradorligini oshiradi.

Badiiy adabiyot mashg’ulotining bolalarda ma’naviy-axloqiy tarbiyanini shakllantiruvchi omil ekanligi borasida bildirilgan fikr-mulohazalar, o’rganilgan manbalar va tavsiya etilgan mashg’ulot ishlanmalari asosida mazkur bob yuzasidan quyidagi xulosalarga kelindi:

II Bob yuzasidan xulosalar

— Тa’lim tizimida tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatlari orasidagi farqlarga qaramay, tarbiyalanuvchi shaxsiga uning yoshi, qiziqishi, iqtidori, imkoniyati, kelajagi, bilim darajasi, shaxsiy fikrlari, dunyoqarashi, fazilatlari va xarakteri nuqtai nazaridan yondashish maqsadga muvofiqdir;

— badiiy adabiyot fanining asosini tarbiyaviy maqsad tashkil etadi, bu badiiy matn ta’sirida shaxsning «men»i, imon-e’tiqodi, tuy­g’u­la­ri, aqliy kamoloti, o’rnakdan xulosa chiqarish salohiyati, bilish qobiliyati, hayotiy ko’nikmalari, mehnat va boshqalarga ijobiy munosabatlari shakllanishi bilan belgilanadi;

— maktabgacha ta’lim tizimi badiiy adabiyot mashg’ulotlarida shaxsni ma’naviy-axloqiy ruhida tarbiyalashning umumdidaktik tamoyillari ta’lim sohasidagi davlat siyosati bosh printsiplariga mos keladi;

— millati, madaniyati, tili, ijtimoiy-iqtisodiy ho­lati, e’tiqodi, qobiliyatidan qat’i nazar, har bir tarbiyalanuvchi ta’lim jarayonida shax­siy rivojlanish, ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalanish uchun qu­lay ijtimoiy-psixologik va do’stona munosabat muhit bilan ta’minlanishi kerak; bu vazifa ta’­limning pedagogik tamoyillari orqali amalga oshiriladi;

— badiiy adabiyot mashg’ulotlarida bolalarni ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashda umumdidaktik tamoyillar alohida o’ringa ega;

— umuman, ta’lim ja­rayo­ni, xususan, badiiy adabiyot o’qitish rivojlantiruvchi tamoyillarga asoslanadi, ya’ni har bir fan tarbiyalanuvchi shaxsining qaysidir jihatini tarbiyalashga yo’naltirilgan bo’ladi;

— adabiy ta’limda bir butunlik – yaxlitlik, asoslilik, hayot rivojlanishiga muvofiqlik, ta’lim tizimi va mazmunida hamisha insoniylikni ko’zda tutish, tahlil va tadqiq asosida o’qitish, uzluksizlik, faoliyatli yondashuv kabi tamoyillar yetakchiik qiladi;

— adabiy ta’lim jarayonida bolalarni ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashda onglilik va faollik, ko’rgazmalilik, tizimlilik (uzluk­sizlik), mus­tahkamlanganlik, tushunarlilik, ilmiylik, nazariya bilan amaliyot uyg’un­ligi kabi tamoyillarga asoslanish muhim sanaladi;

— maktabgacha ta’limning barcha bosqichlarida bolalarda ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantiruvchi asosiy samarali omil badiiy adabiyot va badiiy adabiyot mashg’ulotlari ekanligi tadqiqot davomida oydinlashdi;



— adabiy ta’lim jarayonini amalga oshiruvchi ijtimoiy, psixologik, pedagogik, didaktik, ma’naviy-ma’rifiy kabi mundarijasi va xususiyatlariga ko’ra o’zaro farqqa ega omillar bolalarda vatanparvarlik tuyg’usini shakllantirishda qo’l keladi.
Download 386,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish