Ii. Bob. Hikoyani o‘qish metodikasi


O'qish darslarida hikoya janridagi asarlarni o'rganish darsini kuzatish va tahlil qilish



Download 134 Kb.
bet3/5
Sana12.07.2022
Hajmi134 Kb.
#778276
1   2   3   4   5
Bog'liq
O’QISH DARSLARIDA HIKOYA O’TISH USLUBIYOTI

1.2. O'qish darslarida hikoya janridagi asarlarni o'rganish darsini kuzatish va tahlil qilish
Hikoya mazmunini o'zlashtirish bo'yicha matn asosida quyidagicha ishlar amalga oshiriladi: 1. Matn mazmuni yuzasidan o'qituvchi savollariga javob berish. 2. Hikoya matni asosidagi savol-topshiriqlami bajarish. 3. Hikoya mazmuni yuzasidan o'quvchilaming savollar tuzishi. 4. Hikoya m azm uniga mos rasmlar chizish. 5. Hikoya m atnini qismlarga bo'lish. 6. Har bir qismga sarlavha topish. 7. Hikoyaga reja tuzish. 8. Reja asosida qayta hikoyalash (to‘liq, qisqartirib va ijodiy qayta hikoyalash). 9. Reja asosida bayon yozish.
Badiiy asarni tahlil qilishda sujetni to'liq tushuntirishga berilib ketib, qahramonlarga tavsif berish, asar qurilishi va tilini tahlil qilish kabi ish turlari e’tibordan chetda qolmasligi lozim. Ertak
So'roqlardan ikki maqsadda: hikoya mazmunini tahlil qilish hamda dalillar, mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea-hodisalar, xatti-harakat o'rtasidagi bog'lanishlarni aniqlash va umumlashtirish uchun foydalaniladi. Hikoyani o'qish darsida o'quvchilar tushunmaydigan so'z va iboralar m a’nosini tushuntirish ham muhim, aks holda ular hikoya mazmunini tushuna olmaydilar. Hikoyani o'qishda uning mazmunini tahlil qilish va shu asosda o'quvchilar nutqini o'stirish markaziy o'rin egallaydi. Hikoya o'qib bo'lingach, o'quvchilar o'ylashi, o'z mulohazalarini aytishi uchun tayyorlanishga vaqt berish kerak. O'qilgan asar yuzasidan beriladigan dastlabki savollardan maqsad hikoya bolalarga yoqqan-yoqmaganligi, undagi qaysi qahram onning xarakteri bolaga ta’sir etganini bilishdan iborat. Shundan keyingina hikoya sujeti, voqeaning yo'nalishini ochishga, personajlar xarakterini tushunishga, nihoyat, asarning asosiy g'oyasini bilib olishga yordam beradigan savollardan foydalanilad Hikoya kichik hajmli badiiy asar bo'lib, unda kishi hayotidagi ma’lum bir voqea, hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi. „Hikoya ko'pincha kishi hayotida bo'lgan bir epizodni tasvir etadi. Uning mazmuni ertakdagidan ortiqroq hayotiydir". Hikoya mazmunan boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun mos janr hisoblanadi. Kichik yoshdagi o'quvchilarni qahramonlam ing xatti-harakati, tashqi ko'rinishi, portret tasviri, voqea-hodisalar haqidagi hikoyalar ko'proq qiziqtiradi. Shuning uchun bolalami hikoya bilan tanishtirish uning sujetini tushuntirishga bog'lab olib boriladi. Boshlang'ich sinflarda hikoyani o'qishga bag'ishlangan izohli o'qish darslarida o'qilgan hikoya mazmunini ochish, lug'at ustida ishlash, o'qilgan matnni qayta hikoyalash kabilar asosiy ish turlaridan hisoblanadi. Hikoya mazmuni odatda savollar asosida tahlil qilinadi.
Hikoya biror bir davr bilan bog’liq bo’ladi. O’quvchilar qahramonlarning ma’naviyatiga bo’lgan qiziqishlari tufayli hayotning nurli va qorong’i tomonlari xususida muayyan tushunchaga ega bo’la boshlaydilar. Ularda go’zallik va nafosatga muhabbat, yovuzlikka nisbatan nafrat tuyg’usi hikoyalar bilan tanishish va uni tahlil qilish davomida shakllanib boradi. Masalan, 3-sinfda «Jaloliddin Manguberdi» hikoyasida Chingizxon va uning qo’shinlariga nisbatan nafrat uyg’otilsa, Jaloliddin Manguberdining xatti-harakati orqali ona-Vatanga mehr-muhabbat uyg’otiladi, uning taqdiri orqali o’z ajdodlaridan faxrlanish tuyg’usi paydo bo’ladi.
Hikoya tahlili adabiy tur sifatida o’ziga xos xususiyatlari va vazifasidan kelib chiqib ish ko’rishni taqozo etadi. Undagi har bir so’z, ibora, gap yozuvchining fikrini ifodalashga xizmat qiladi.
Boshlangich sinf O’qish kitoblarini nazardan otkazar ekanmiz, hikoya janri sinfdan - sinfga otilgani sayin oshib borishi, mavzu-mundarijasi kengaya borgani ayonlashadi. Shuningdek, ularning janrini qayd etilishi ham turlicha: 1-2-sinflardagi jajji hikoyalarning muallifi aniq, hikoya ekanligi ravshan bolsa-da, janri korsatilmagan. 3-sinf Oqish kitobida esa aralash holat kuzatiladi. Ba’zi hikoyalarning muallifi ham aniq, janri matn oldida korsatilgan yoxud, mundarijada qayd etilgan. Ba’zi hikoyalar esa janr sifatida ta’kidlanmaydi, yoki, mualliflari korsatilmagan va hokazo.
Bolalar uchun yozilgan adabiy asrlar ham odatda yo nasr, yo nazm yoli bilan yoziladi. Sheriy nutq, sheriy tuzilish kichkintoylar uchun oziga xos korinishga ega boladi. Albatta, bunda ham mavzu, g`oya, obraz yetakchi xususiyatga ega.
Badiiy asarlarni hikoya qilib berishda bolalarga yordamlashish, so’zli qabul qilish vositalari turli xil savollar orqali amalga oshiriladi. Savollarning quydagi turlari mavjud: monologik matnni hikoya qilib berishda yordam beruvchi savollar;
birgalikda hikoya qilishga yo’naltiruvchi savol (iboradagi so’nggi so’zga qo’yilgan savol). Ularni quyidagicha oydinlashtirish mumkin: - aytib turuvchi savol; yo’naltiruvchi savol; to’g’ridan- to’g’ri savol ; to’g’ridan –to’g’ri savol zanjiri (reja); qidiruv savollar; ko’rsatma savollar .
Qayta hikoya qilib berishdan oldin bolalarga ushbu asar matni o’qib beriladi: hayotining ikkinchi yilini boshidan kechirayotgan bolalar bilan o’tkazilayotgan mash’ulotlarda pedagog birgalikda hikoya qilishda yo’naltiruvchi savollarni qo’llash ya’ni iboradagi so’zga savol qo’yish tavsiya etiladi.
- Bir bor ekan , bir…bir ... nima ekan ? – yo’q ekan. Ko’pincha pedagogning o’z savoliga o’zi javob berishga va bolaning ushbu javobini qaytarishiga erishishga to’g’ri keladi. Bolaning tarbiyachi aytayotgan hikoyani oxiriga yetkaza olishi uning badiiy rivojlanganligiga bog’liq bo’ladi.
Aytib turuvchi savollar asosida hikoya qilishni yana aks ettirilgan hikoya qilish deb ham atashadi. Ushbu usulning maqsadi –bolalarning alohida so’zlarnitakrorlashiga emas, balki badiiy asarning butun iboralarni takrorlashlariga erishish, ularga matnni erkin yodlab olishda ko’maklashishdan iborat .
So'z yozish murakkab va xilma-xildir. Bolalarni notanish va notanish so'zlarga e'tibor berishga o'rgatish kerak. Shu maqsadda o‘quvchilar matn yoki mashqda uchragan yangi va notanish so‘zlarni ko‘rsatib, ularning ma’nosini tushuntirishni talab qiladigan topshiriqni bajarish maqsadga muvofiqdir.
So'zning semantikasiga oid ishlar alohida ahamiyatga ega. Maktab amaliyotida o'quvchilarni yangi so'z va uning ma'nosi bilan tanishtirishning turli usullaridan foydalanish tavsiya etiladi:

1) izohli lug'at bo'yicha so'zning ma'nosini aniqlash;


2) sinonimlarni tanlash;
3) antonimlarni tanlash;
4) so‘z yasalishi tahlili;
5) etimologik tahlil;
6) tarjima.
Oquvchilarni soz semantikasi bilan tanishtirish usullari xilma-xil, ammo ularni semantiklashtirish usulini tanlash aniq didaktik vazifalar, eng muhimi, ularning har biridan foydalanishning maqsadga muvofiqligi bilan belgilanadi.
Rus tili dasturi talabalar uchun zarur leksik tayyorgarlikni ta'minlaydigan tizimli lug'at darslarini talab qiladi. Unga “Ot”, “Sifat”, “Fe’l” mavzularining kiritilishi maktab o‘quvchilarining lug‘at bilimlarini oshirishni nazarda tutuvchi nutq amaliyotini tashkil etish uchun qulay sharoit yaratadi.
Lug'at vazifalarining turlari har xil:
1) Rus tili darsligidan olingan mashqqa qo'shimcha leksik materialni kiritish.
2) Tahlil qilish uchun gaplar tarkibiga semantika jihatidan qiyin so'zlarni kiritish.
3) Imlo qoidasi bo'yicha so'zlarni tanlash.
4) Mavzuga aloqador so'zlarni o'z ichiga olgan mashqlarni tuzish.
5) Tanlangan so'zlar bilan iboralar yoki jumlalarni tuzish .
6) Tayanch so‘zlar asosida izchil matnlar tuzish.
So‘zning semantikasini o‘rganish jarayonida o‘quvchilar e’tiborini tilda tovush jihatidan o‘xshash, lekin ma’no jihatidan farq qiluvchi so‘zlarning mavjudligiga, ularni qo‘llashda ayniqsa ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yilishiga qaratish zarur. Tadqiqotchilar bunday so‘zlarning aralashib ketishi sababini ularning tovush tarkibi va morfologik tuzilishining o‘xshashligida, aniq ma’nosini bilmaslikda ko‘radilar. Ushbu leksik birliklarni o'rganish ularni qo'llashda xatolarning oldini olish nuqtai nazaridan amalga oshirilishi kerak. Ular bilan ishlashning asosiy usuli - bu taqqoslash, shuning uchun mashqlarga ikkala so'zni bir vaqtning o'zida kiritish tavsiya etiladi.

O'xshash tovushli so'zlarning semantikasini ochib berishni talab qiladigan vazifalarga katta e'tibor berish kerak. Shu maqsadda talabalarga quyidagi mashqlar turlari taklif etiladi:


1) Savolga javob bering.
2) Topshiriq bilan lug'at diktanti: ushbu jumlani so'z bilan almashtiring.
3) Sinonimlarni tanlash.
4) So‘z yasalishi tahlili.
5) O'rganilayotgan so'zlarning kontekstga kiritilishi.
Notanish va notanish so'zlarni o'zlashtirishning kuchi ularning o'quvchilarning o'quv nutq faoliyatida rus tili darslarida ham, adabiyot, tarix va boshqalar darslarida ham takrorlanishi bilan ta'minlanadi.
Lug'at-semantik ishlarni tashkil etishda har xil turdagi lug'atlardan foydalanish kerak.
Mavzu: Aqlli qarga (hikoya) Abdulla Avloniy
Darsning maqsadi:
Talmiy: oquvchilarni “Aqlli qarga” hikoyasi mazmuni bilan tanishtirish, ifodali va ongli oqishga orgatish;
FK1: matn ohangiga rioya qilgan holda aniq, ravon oqiy oladi;
Tarbiyaviy: oquvchilarda vatanga muhabbat, atrofdagilarga hurmat tuygusini shakllantirish hamda aqlli, uddaburon bolishga undash;
TK5: vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli, milliy qadriyatlarga etiqodli bolish:
Rivojlantirish: oquvchilarning togri va ravon oqish malakalarini rivojlantirish;
TK4: turli yonalishdagi (ertak, hikoya, masal, rivoyat,doston) kitoblarni muntazam oqish.
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi dars.

Darsning metodi: Suhbat, tushuntirish metodlari, “Zanjir”, “Ormonda va hovlida” oyinlari.


Darsning jihozi: darslik ,multimediya ilovalari, topshiriqli vodeolavhalar, rasmli tarqatmalar.
Otilgan mavzu Anvar Obidjonning “Yaxshi niyat” sheri haqida edi. Uyga vazifa shu sherni yod olib kelish berilgan.
Oquvchilar “Zanjir” usulida turib birma-bir yodlagan sherini aytadilar. Song oquvchilar bilan savol-javob olib boriladi:
Avaz nimani xayol qilgan ekan?
U niyatiga yetish uchun nima qilish kerak?
Sizning ham orzungiz bormi?
Yangi mavzu bayoni
Bolajonlar sizlar bilan bugun “Aqlli qarga” nomli hikoya haqida suhbatlashamiz.
Oqituvchi Abdulla Avlonoy haqida qisqacha malumot beradi va hikoyani ifodali qilib oqib, mazmunini oquvchilar bilan muhokama qilishadi.
Ekranga qarga va koza rasmi chiqariladi. Oquvchilar ketma-kelikda hikoyani ifadali oqishni boshlaydi. Matnda uchragan notanish, tushunarsiz sozlar yuzasidan lugat ishi olib boriladi.
Lugat ishi:
Jazirama – juda issiq havo
Tashnalik – suvsizlik
Quvnoq daqiqa otkaziladi
Yangi mavzuni mustahkamlash Oquvchilar bilan “Ormonda va hovlida” oyini otkaziladi: Oquvchilar ikki guruhga bolinadilar. Ular ikki ustunga ormonda va hovlida osadigan daraxtlarning nomini yozadilar:
1-guruh: 2-guruh:
Ormonda Hovlida

Darslikda berilgan hikmatli gapni oqituvchi oqiydi va oquvchilar bilan tahlil qiladi. Dars oxirida oquvchilar bilan mavzu yuzasidan savol-javob otkazilib, xulosa chiqariladi.


Qarga jaziramada nega qiynalibdi?
Kozadagi suvni ichish uchun qarga qanday yol tutdi?
Darsni yakunlash va baholash
Darsda organilganlar asosida savol-javob otkaziladi. Savol-javobda va darsda faol qatnashgan oquvchilar baholanadi hamda ragbatlantiriladi.
Uyga vazifa
“Aqlli qarga” hikoyasini ifodali o`qib kelish.


Download 134 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish