Tekshirish uchun savollar
Vergul o‘zbek yozuvida qachondan boshlab qo‘llanila boshlagan?
Vergul sodda va qo‘shma gaplarda asosan qaysi o‘rinlarda qo‘llaniladi?
Kirishlar, undov so‘zlar qanday holatda vergul bilan ajratiladi?
Nuqtali vergul o‘zbek yozuvida qachondan boshlab qo‘llanila boshlagan?
Nuqtali vergul asosan qaysi o‘rinlarda qo‘llaniladi?
9-MA’RUZA
KO‘P NUQTA VA IKKI NUQTA BELGILARINING QO‘LLANILISHI
Reja:
Ko‘p nuqta belgisining qo‘llanish holatlari
Ikki nuqtaning qo‘ llanish holatlari
Tayanch tushunchalar: ikki nuqta, ko‘p nuqta, kirishlar, remarkalar, sitatalar, bog‘lovchisiz qo‘shma gap, uyushiq bo‘laklar, numerativlar, mazmunan tugallanmagan gaplar, matn qisqarishi.
Ko‘p nuqta belgisining qo‘llanish holatlari
Ko‘p nuqta XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab o‘zbekcha matnlarda ishlatila boshlangan. Dastlab u ruschadan qilingan tarjima matnlarida, keyinchalik gazeta sahifalarida qo‘llana boshlaydi. 1876-yildan e’tiboran “Turkistonviloyatining gazeti”da muntazam qo‘llangan .
Ko‘p nuqta A.Fitrat tomonidan (...) nuqtalar deyiladi. Gapning bir bo‘lagi qanday bir sabab bilan aytilmay qolsa, uning joyig‘a nuqtalar qo‘yiladir:
Bosqon izin ko‘rmay o‘tkan tuyoqlar
Toptab-toptab... Oh, aytolmam ketini!
Ko‘p nuqtaning vazifasi murakkabdir. U, odatda, turli his-hayajonni ifodalovchi, ma’no jihatdan tugallanmagan gaplar oxiriga qo‘yiladi. Bunday gaplar barcha nutq uslublariga xos yozma matnlarda uchraydi.
Ko‘p nuqta, o‘z tarkibiga ko‘ra uch elementli tinish belgisi hisoblanadi, ko‘p nuqta deyilganda ketma-ket qo‘yilgan uchta nuqta tushuniladi. Ko‘p nuqtaning qo‘llanish o‘rni (joyi) ham murakkabdir: u gap oxirida, o‘rtasida va boshida, hatto so‘z o‘rtasida ham qo‘llanaveradi.
Yozuvchi o‘zining har qanday maqsad va istaklarini, turli emotsional holatlarini ko‘p nuqta vositasida beradi. Bu jihatdan ko‘p nuqtaning yozma nutq uchun ahamiyati kattadir.
Ko‘p nuqta hozirgi o‘zbek tilida quyidagi holatlarda ishlatiladi:
Mazmunan tugallanmagan darak gaplar oxiriga kop nuqta qo‘yiladi:To‘yni kelasi yil qilsak qilarmiz... (A.Qahhor) Cho‘nqaymaning qaltis taraflari tag‘in kop...(T.Murod) Poyezdga bilet olib qo‘ygan bo‘lsak, poyezd uch soatdan keyin ketsa... (A.Qahhor) Bo‘lmasa, kunda nima ayb, xudoning hamishagidek karami keng bir kuni... (A.A’zam).
Gapdagi turli uzilishlarni ko‘rsatish uchun ko‘p nuqta qo‘yiladi: Hay-hay, ukam, shundoq baobro‘ odam sizni ko‘rgani kelsa-yu, siz xursand bo‘lish o‘rniga... (A.A’zam). Oqibat... Bo‘ripolvon... Polvon nomini olgandan buyon umrida birinchi marta yelkasi yer ko‘rdi!(T.Murod)
Gap muallifining o‘ylanib qolish, ikkilanish, hayajonlanish kabi holatlarini ko‘rsatish uchun kop nuqta qo‘yiladi: O‘zing tengi bolalar lager palatkalarida maza qilib uxlab yotganida, sen suv sepib, yo‘lka supurishing... Nima desam ekan... Sal alam qiladi kishiga. (O‘.Hoshimov) Ammoko‘nglitub-tubidayashirinibyotmishnimadir... nimadirbuistaginiradetdi.(T.Murod) Bo‘ri, men... seni aldab edim. (T.Murod)
Nutqda kutilmaganda bir fikrdan boshqasiga o‘tib ketishni ko‘rsatish uchun gapda ayni o‘tish o‘rniga ko‘p nuqta qo‘yiladi: Seni siypab, erkalatib, Asta-sekin ko‘kartirgan Go‘zal ko‘klam... o‘tib ketdi. (Cho‘lpon) Yarim kechada uyga qaytsam... hamma yoq jimjit. (O‘.Hoshimov).
Do'stlaringiz bilan baham: |