1.1.Ilk dehqon va chorvadorlar
So'nggi 50 yil mobaynida sug'oriladigan yerlar maydoni 2,46 mln. gektardan 4,28 mln. gektarga yetkazildi. Faqat 1975-1985 yillar mobaynida 1 mln. gektarga yaqin yer o'zlashtirilib, 1990 yilda yer maydoni 1985 yilga nisbatan 1,5 barobar ortdi. Ana shu yer maydonining qariyib 50 foizini meliorativ holati yomon va shu bilan bir qatorda 1990 yilga qadar sug'oriladigan yerlarning 75 foiziga paxta ekilishi tuproq unumdorligini pasayishiga olib keldi. Aholini o'sib borayotgan ehtiyojini qondirish uchun yerlardan oqilona foydalanish, ekinlar hosildorligini oshirish talab etiladi.
Qishloq xo'jaligi rivojlanishi jarayonida "dehqonchilik" tushunchasi ham o'zgargan. Ilk davrda uni qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi deb tushunilgan. Keyinchalik chorvachilik alohida ajralib chiqqandan so'ng dehqonchilikda o'simlikshunoslikni keng ma'noda tushuniladigan bo'lindi. XIX asrda A.Teyer birinchi bor dehqonchilikni ikki qismga bo'linishini bayon etdi. U o'zining "Qishloq xo'jaligining ratsional asoslari" kitobida 1-qismni umumiy masalalarga, 2-qismni o'simliklarni ta'riflashga ajratdi. Keyinchalik 1-qism "Umumiy dehqonchilik", 2-qism "O'simlikshunoslik" deb nomlandi. Qishloq xo'jaligini rivojlanishi davomida boshqa fanlar ham ajralib chiqdi. Dehqonchilik fanida yerlardan ratsional foydalanish, tuproqning effektiv unumdorligini oshirish, begona o'tlar va ularga qarshi kurash kabi masalalar qoldi. Dehqonchilik fanini rivojlanishida bir qator olimlar katta xissa qo'shganlar. Xususan, M.V.Lomonosov (1711-1765) "Yer qatlamlari haqida" nomli asarida qora tuproqni kelib chiqishi bayon qildi. A.T.Bolotov XVIII asrning ikkinchi yarmida yer tuzilishi, almashib ekish, begona o'tlarga qarshi kurash, o'g'itlash masalalari bo'yicha maqolalar bilan dehqonchilikning asosiy printsiplarini tarifladi. U yetti dalali almashib ekishning 3 ta dalasi qo'riq bo'lishini bayon etdi. I.M.Komov 1788 yilda "Dehqonchilik haqida" asarida partov sistemasiga qarshi chiqib u ko'p dalali va ekinlar navbatlab ekiladigan almashib ekishni tavsiya qildi. D.I.Mendeleyev mineral o'g'itlarni qo'llashni tekshirib, dehqonchilikni intensivlashtirishga da'vat etdi. M.G.Pavlov (1793-1840) almashib ekishni keng tashviqot qildi. U tuproqning singdirish qobiliyatini o'rganish bo'yicha katta ishlar olib bordi. V.R.Vilyams (1863-1939) tuproqshunoslikda biologik nazariya asoschisi hisoblanadi. K.A.Timiryazev, D.N.Pryanishnikov, A.G.Doyarenko, K.K.Gedroys kabi olimlar o'simliklarni oziqlanishi va uni boshqarish masalalari bo'yicha qator asarlar yaratganlar.
Chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmini ko’paytirish asosida unga sarflanadigan yarajatlarni turlari bo’yicha kamaytirish eng avvalo mehnatni ilmiy asosda tashkil yetish tamoyillarini amaliyotga joriy qilish, bunda barcha tadbirlarda resurslarni tejamkor qo’llash samarali hisoblanadi.
Chorvadorlar uchun ish faoliyatida mehnat sharoitlarini yaratish, mahsulotni ishlab chiqarishga ketadigan harajatlar va vaqt miqdorini kamaytirishda muayyan texnik-iqtisodiy va ijtimoiy vazifalar amalga oshiriladi. Jumladan, chorvachilik fermer xo’jaliklari yoki naslchilik xo’jaliklarida yil boshida albatta biznes-reja ishlab chiqilishi zarur va bunda eng avvalo – mahsulotlarni turlari bo’yicha ishlab chiqarish miqdorini rejalashtirish, sarf-harajatlarni me’yorlar darajasida sarflanishi ustidan doimiy nazorat va monitoring olib borish, bozordagi narx-navolar, marketing tadqiqotlari, yil natijasi bo’yicha olinadigan daromad va harajatlar, shuningdek, ishchilarning malakasi, qobiliyati, mehnat tajribasi va boshqa ijobiy xususiyatlarini hisobga olgan holda ishga joylashtirish, ilg‘or tajribalar va ilm-fan yutuqlarini joriy qilishni amalga oshirish barobarida ular malakasini doimiy oshirish, qo’l kuchi yordamida bajariladigan ishlarni mexanizatsiyalashtirish hisobiga mehnatni engillashtirish, ishlab chiqarish va dam olish hududlarida sanitariya-gigiena talablariga rioya qilish pirovard natijada ishchi-chorvadorlar salomatligini saqlash, mehnat xavfsizligini ta’minlash va hokazolar e’tiborga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |