Metrik rezbalarning profili teng tomonli uchburchak bo`lib, uchidagi burchagi 60° ga teng. Amalda uchburchaklarning uchidan butun uchburchak balandligining H/8 qismiga teng bo`lgan qismi qirqib tashlanadi, ya‘ni to`mtoqlashtiriladi. Uchburchakning o`yiq qismi yo tekis qilib qirqiladi yoki yumaloqlab quyiladi (5-shakl, a). Metrik rezbalar o`zining mustahkamligi bilan farq qiladi, shuning uchun ular asosan biriktirish detallariga, ya`ni boltlarga, gaykalarga, shpilkalarga, vintlarga va hokazolarga ishlanadi. 5- shakl, b da biriktirish detallaridan, masalan, bolt va gayka rezbalarining birikkan qismining bir bo`lagi kattalashtirib ko`rsatilgan va unda rezba profillari o`lchamlarining o`zaro nisbati ko`rsatilgan.
Metrik rezbalar yirik qadamli va mayda (kichik) qadamli qilib ishlanadi. Mayda qadamli rezbalar asosiy rezbalardan shu bilan farq qiladiki, bir xil tashqi diametrda ularning qadami maydaroq bo`ladi, demak, rezba o`yig`ining chuqurligi ham kamroq bo`ladi.
1 mm dan 68 mm ga hadar bo`lgan diametrlar uchun GOST 9.150-59 ga muvofik yirik qadamli rezbalar ishlanadi. 1-7—600 mm gacha bo`lgan diametrlar uchun esa GOST 8.724-58 ga muvofiq kichik kadamlya rezbalar ishlanadi (1-ilovaga qarang).
1’ 600 mm gacha bo`lgan diametrlar uch qatorga bo`linadi. Diametrlar tanlashda ikkinchi qatordan ko`ra birinchi qatorni, uchinchi qatordan ko`ra ikkinchi qatorni afzal ko`rish lozim.
5-shakl
Yirik metrik rezbalar chizmada bosh harf M bilan belgilanadi va u diametrlarning sonli ifodasining oldiga qo`shib yoziladi. Masalan, tashqi rezba 22 mm va rezbaning qadami 2,5 mm bo`lgan rezba M 22 ko`rinishda belgilanadi. Yirik rezbalarda kadam qiymati ko`rsatilmaydi. Mayda metrik rezbalarda qadamining kattaligi qo`shib belgilanadi. Masalan, shu diametrdagi qadami 1,5 mm ga teng bo`lgan mayda rezba M22 x 1,5 ko`rinishda belgilanadi,
Chizmada chapaqay rezbalar «chap» so`zi qo`shilgan holda yoziladi. Masalan., GOST 9.150-59 ga muvofiq diametri 16 mmli chapaqay rezba chizmada M 16 chap ko`rinishida belgilanadi.
Dyuymli rezbalarning tashqi diametri dyuymlarda (l‖ = 25,4 mm), qadami esa 1" ga to`g`ri keladigan o`ramlar soni bilan o`lchanadi.
Dyuymli rezbalarning profili teng yonli uchburchak bo`lib, uning uchidagi burchagi 55° ga teng (6- shakl, a). Amalda uchburchak uchlari tekis kesilgan bo`lib, tumtoq holda bo`ladi. Birikmada bunday rezbalarning tashqi diametri bo`yicha ham, ichki diametri bo`yicha ham zazor qoladi (6- shakl, b).
Chizmada dyuymli rezbalarning faqat tashqi diametri ko`rsatiladi. Masalan, 1111/2 bilan belgilangan rezbaning tashqi diametri 1-111/2 (yoki ~ 38 mm) va 1" ga 6 ta o`ram (qadami ≈ 4,23 mm) to`g`ri kelgan rezbadir.
Dyuymli rezba faqat eski mashina detallarini almashtirish hollaridagina ishlatiladi. Yangi mashinalar faqat metrik rezbali qilib loyihalanadi..
Ayrim biriktirish detallarida GOST 611-52 ga muvofiq profili teng tomonli uchburchak, uchidagi burchagi 60° ga teng bo`lgan dyuymli konus rezbalar ishlatiladi. Bu rezbalarda ham uchburchakning uchi to`mtoq qilib ishlanadi. Dyuymli konus rezba chizmada quyidagicha belgilanadi: K 1-111/2 bu erda K — konus suzining bosh harfi, 1-111/2 rezba diametrining o`lchami.
Truba rezbalar dyuymli rezbalar singari teng yonli uchburchak profiliga ega bo`lib, uchidagi burchagi 55° ga teng. Truba rezbalarning radami dyuymli rezbalarning qadamidan maydaroq bo`ladi (ya`ni 1" ga kuprok uram to`g`ri keladi). Demak, truba rezba o`yig`ining chuqurligi ham kam bo`ladi. Bu esa yupqa devorli trubalarda ham rezba o`yish imkonini beradi. Truba rezbalar silindrik va konus rezbalarga bo`linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |