Truba silindrik rezba uncha katta bo`lmagan bosim ostida ishlaydigan suv va gaz trubalarida va, shuningdek, burchakliklar va boisha detallarda ishlatiladi. Bu rezbalar GOST 6.357-73 ga ko`ra yasalib, yumaloqlab qo`yiladi va birikmada tishlari orasida zazor qolmaydi (7-shakl).
Silindrik truba rezbalar chizmada «Trub 1"» ko`rinishida belgilanadi. Bu yerda 1" — rezba ishlangan trubaning diametri ulchamini ifoda qiladi va u 25,4 mm emas, 33,25 mm ga teng. 25,4 esa trubaning suv yoki gaz o`tadigan ichki teshigi diametrini ifodalaydi.
Truba konus rezba govori bosimda va temperaturada ishlaydigan, mustahkam va zich birikmalarni talab qiladigan truba va yasamalarda ishlatiladi.
Truba konus rezbalarning asosiy ulchamlari GOST 6.211-52 ga ko`ra yasaladi va profili yumaloqlangan bo`ladi.
Chizmada truba konus rezba quyidagicha belgilanadi: K trub. 3\4" (8- shakl): bu erda K —konus so`zini bosh harfi, trub 3/4" ifodasi esa huddi GOST 6.357-52 ga ko`ra bajariladigan truba silindrik rezba ifodasining o`zginasidir.
Bunday konus truba rezbalarning yasovchi uchburchagining bissektrisasi konus utsiga tik yunalgan bo`ladi, konuslik esa 1 : 16 ga teng.
Yasovchi uchburchakning uchidagi burchak 60° ga teng bo`lgan konus truba rezbalar ham ishlatiladi. Bunday rezbalarning yasovchi uchburchagining bissektrisasi hiyaligi 1 : 16 ga teng bo`lgan konus o`qiga tik yo`nalgan bo`ladi va o`lchamlari GOST 6.111-52 ga ko`ra tanlab olinadi.
Trapetsiyasimon rezbalarning profili teng yonli trapetsiyadan iborat bulib, uchidagi burchagi 30° ga teng (9-shakl). GOST 9.484-60 ga ko`ra trapetsiyasimon rezbalar uchun 10 mm dan 640 mm gacha bo`lgan diametrlar belgilangan.
Trapetsiyasimon rezbalar, metrik rezbalar singari bir xil diametrda turli qadamli: yirik, normal va mayda qadamli bo`ladi.
Bundan tashkari, trapetsiyasimon rezbalar bir kirimli va kup kirimli, shuningdek, chapaqay va o`na qilib ishlanadi.
Chizmada trapetsiyasimon rezbalar huyidagicha belgilanadi (9-shakl): trap 30 X 6, bu erda 30 — rezbaning tashqi diametri, 6 — rezbaning qadami. SHunga o`xshash diametri 90 mm va qadami 12 mm bo`lgan uch yulli normal chapaqay trapetsiyasimon rezba «trap 90X 3X12) chap» ko`rinishida belgilanadi. Trapetsiyasimon rezbalar (ko`pincha ikki va uch yo`lli rezbalar) metall kesuvchi stanoklar, presslar va shunga, uxshash mexanizmlarning yurgizish vintlarida ishlatiladi.
Tirak rezbalarning yasovchisi teng yonsiz trapetsiyadan iborat bo`lib, uning bir yoni» ya`ni profilning ish bajaruvchi tomoni 3° burchak, ikkinchi yoni esa 300 burchak tashkil qiladi (11- shakl).
Bunday rezba profilining o`yiq qismi yumaloqlanadi, uchlari esa tekis kesilgan bo`ladi.
Tirak rezbalar ham trapetsiyasimon rezbalar kabi GOST 10.177—62 ga ko`ra yirik, normal va mayda qadamli, shuningdek, bir kirimli va ko`p kirimli, o`naqay va chapaqay bo`lishi mumkin.
Chizmada bunday rezbalar quyidagicha belgilanadi: tir. 46 X 10, bu erda 46rezbaning tashqi diametri, 10 —- rezba qadami.
Xuddi shunga o`xshash, diametri 70 mm va qadami 10 mm bo`lgan yirik qadamli o`nakay uch yo`lli tirak rezba «tir. 70X (3X10)» ko`rinishida belgilanadi
11-shakl
Tirak rezbalar asosan o`q buyicha bir tomonga yunalgan katta kuch bilan yuklangan vintlarda, masalan, domkrat, ishlatiladi. Yuqorida ko`rib o`tilgan standart burchak va yarim yumaloq bo`lgan rezbalar ham ishlatiladi (11-shakl, a,
b). Profili turtburchak yoki kvadrat bo`lgan rezbalar domkrat va presslarning vintlarida uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |