2.2. QALAYLANGAN VA YELIMLI BIRIKMALAR.
Bu turdagi birikmalar xalq xo`jaligining barcha sohalarida qo`llanadi. Jumladan, radiotexnika, elektronika va asbobsozlikda qalaylab biriktirish, yog`och, metall va plastmassadan ishlangan detallar va qurilmalarni elim yordamida biriktirish usullari keng tarqalgan. Qalaylangan va elimlangan birikmalarni shartli tasvirlash va belgilash qoidalari GOST 2.313-82 (ST SEV 138-81) da belgilanadi.
Bunday birikmalarning choklari chizmada yo`g`onlashtirilgan (yo`g`onligi 2S) tutash chiziqlarda tasvnrlanadi. Qalaylangan choklar S harfiga o`xshash shartli (S) belgi bilan belgilanadi. Elimlashdan hosil bo`lgan chok esa K harfiga o`xshash (K) shartli belgi bilan belgilanadi. Choklarni strelka bilan tugallanuvchn chikarish chizig`i va asosiy chiziqda o`tkazilgan shartli belgi bilan belgilanadi (88, 89shakllar).
Agar chok yopiq konturi (chiziq) bo`yicha bajarilgan bo`lsa, chiqarish chizig`ining uchiga, diametri 3...5 mm bo`lgan ingichka chiziqli aylana chizib qo`yiladi (90, 91-shakllar). Ayrim uchastkada chegaralangan choklarni ham 2S yo`g`onlikdagi chiziqlarda tasvirlanadi (92-shakl). Qalay yoki elim moddalarining belgilari, tegishli texniknormativ hujjatlarga muvofiq, chizmaning texnik talabnomalarida keltiriladi. Ayrim hollarda qalaylangan chok turlari GOST 19249-73 ga muvofiq chiqarish chizig`I tokchasida ko`rsatiladi (93-shakl), qalaylangan va elimlangan choklarning belgilanishi: POS 40 GOST 2.1931-76; elimi BF.10T GOST 2.2345-77. Bir xil markadagi qalay yoki elim bilan olingan choklarga bir xildagi tartib nomyeri byeriladi va u chiqarish chizig`i ustiga hamda chizmaning texnik talablariga quyidagicha yozib qo`yiladi: POS 40 GOST 2.1931-76 (№2).
92-shakl 93-shakl XULOSA
Shuni aytish joizki mashinasozlik chizmachilik fani bugungi kunda ahamiyati shundaki butun dunyoda texnikaviy fandir bu fanning kerakligi shundaki biz foydalanayotgan texnik narsalar chizmachilik fanining nazariy asosi hisoblanadi. XXI asr texnika asri hisoblanib hozirda biz ko`radigan texnik narsalar oldingi texnikadan farqlanadi. Buning asosida zamirida bizlarning ota bobolarimizdan qolgan ixtirolar hamda nazariy ma`lumotlar natijasiga tayanadi.
XULOSA
Mazkur bitiruv malakaviy ishi ―Mashinasozlik chizmachiligi‖ fanining muhim mavzularidan biri bo`lib ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar va ularni tasvirlash usullani bajarish qoidalariga bag`ishlangan.
Hozirgi zamon ishlab chiqarishda chizma alohida o`rin tutadi. Chunki har kuni zavodlarimizda turli stanoklar, samolyotlar, radiyopriyomniklar, ro`zg`or asboblari va ko`plab boshqa narsalar tayyorlanadi. Ularni esa chizmalarsiz tasavur qilib bo`lmaydi. Chizmalarga qarab mashina va asboblarning alohida detallari tayorlanadi, tayyor detallardan murakkab mexanizmlar yig`iladi.
Chizma – o`ziga xos grafik til; u internatsional til bo`lib, texnika jihatdan savodli har bir kishi uchun, u qulay tilda gapirishidan qat`iy nazar tushunarlidir. Keyinchalik, chizmani informatsiya uzatishning grafik vositasi deb ham atashadi, chunki u texnik g`oyani ifodalashning eng lo`nda vositasi hisoblanadi.
Ma`lumki, o`quvchilarni sifatli ta`lim omillari bilan birgalikda ularda mustaqil fikrlashni shakllantirish ham muhim ahamiyat kasb etradi. Bizga ma`lumki mashinasozlik chizmachilik kursida kiruvchi ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar tasvirlash standart detallarni bilish muhim o`rinlardan biri hisoblanadi.
Ajraladigan birikmalarga bolt, gayka, shayba, vint, shponka, fiting, shpilka, shlitsali va hokazolar. Bularning hammasi standart detalli birikmalarga kiradi. Asosan metrik rezbalardan tashkil topgan. Bularni mehnat sharoitda ya`ni biz foydalanayotgan texnik vositalarda ko`proq uchratish mumkin. Masalan mashina, traktor, televizor, aftobus va hokazolarda uchratishimiz mumkin. Yuqorida aytilgan texnik vositalar ba`zi joylari nosoz holatda kelib qolsa ularni bemalol ochish va uni qaytib mahkamlab qo`yish mumkin. Ajralmaydigan birikmalarga parchin mixli, yelimlash elektro payvandlash kiradi. Bular asosan bir biriga yaxlit ajralmay to`laroq birikmalardan tashkil topadi. Ko`pincha bularni texnikadagi metal konstruksiyasiga uchratish mumkin. Masalan: uy ro`zg`or buyumlardan chelak ilgagida hashamatli bino qurishda metal konstruksiyaga payvandlash hamda parchin mixni katta bosim orqali bosib mahkamlash keng foydalinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |