IV.HUDUD,BINO,INSHOATLARNI YONG'IN VA MASHINA
MEXNIZMLAR TA'SIRI KAMAYTIRISH CHORA-
TADBIRLARI.
Hudud, bino, inshoot va xonalarga qo‘yiladigan yong‘in xavfsizligi
talablari
1.3.1. Hududlarga qo‘yiladigan talablar.
1.3.1.1. Aholi yashash punktlari va muassasalarning hududlari, bino va
inshootlarning yong‘inga qarshi oraliq chegarasida, shuningdek
muassasalarga, yashash uylarga, dala-hovlilarga va boshqa qurilmalarga
tutash qismlari o‘z vaqtida yonuvchi chiqindilar, axlatlar, taralar,
xazonlar, quriq o‘tlar va shu kabi boshqa buyumlardan tozalanishi lozim.
Yonuvchi chiqindilar, axlatlar va shu kabi boshqa buyumlarni maxsus
ajratilgan maydonlardagi konteynyerlarda yoki qutilarda yig‘ish va
keyinchalik hududdan olib ketish lozim.
1.3.1.2. Bino va inshootlarning yong‘inga qarshi oraliqlarida turli
materiallarni, asbob-uskunalarni, taralarni va transport vositalarini
saqlash hamda bino va inshootlarni qurish (o‘rnatish) taqiqlanadi.
1.3.1.3. Binolarga, inshootlarga, ochiq omborlarga, suv ta’minoti
manbalariga, statsionar o‘t o‘chirish narvonlariga va yong‘inni
o‘chirishning birlamchi vositalariga olib boruvchi yo‘llar, yo‘laklar va
o‘tish joylari doimo ochiq, bo‘sh va soz holatda bo‘lishi hamda qishda
qordan va muzlardan tozalanishi kerak.
Yo‘llar va tor ko‘chalarni ta’mirlash uchun yopilishi yoki yong‘in
o‘chirish avtomobillarini erkin harakatlanishiga to‘siq bo‘ladigan boshqa
sabablar haqida yong‘indan saqlash xizmatining shahar-tuman
bo‘linmalariga darhol xabar berilishi hamda ushbu joylarga to‘sib
qo‘yilgan yo‘l qismini eng yaqin aylanib o‘tish yo‘nalishini ko‘rsatuvchi
belgilar o‘rnatilishi lozim.
1.3.1.4. Vaqtinchalik qurilmalar, do‘konlar, kiosklar va shu kabilar,
boshqa bino va inshootlardan kamida 15 m masofada (agarda boshqa
normalar bilan kattaroq yong‘inga qarshi oraliq masofa talab etilmasa)
yoki yong‘inga qarshi devorlar oldiga joylashtirish lozim.
1.3.1.5. Maxsus ajratilgan joylardan tashqari muassasalar hududida
chekish taqiqlanadi.
1.3.1.6. Loyihalash normalari bilan belgilangan yong‘inga qarshi oraliq
chegarasida, bino va inshootlardan 50 m dan kam bo‘lgan masofada
chiqindilarni yoqishga va gulxanlar uyushtirishga ruxsat etilmaydi.
Chiqindi va bo‘sh idishlarni yoqish, muassasa xodimlarining nazorati
ostida va shamolsiz ob-havoda maxsus ajratilgan joylarda amalga
oshirilishi lozim.
1.3.1.7. Yong‘inga qarshi suv manbalarini, tashqi yongin narvonlarini,
bino va inshootlarga kirish joylarini tezda topish uchun, muassasalar
hududi yetarli darajada tashqi yoritish chiroqlari bilan ta’minlangan
bo‘lishi lozim.
1.3.1.8. Turar joylar, dala hovlilari, jamoat va ma’muriy binolarining
hududidagi ochiq maydonlarda ichida yengil alangalanuvchi va yonuvchi
suyuqliklar bo‘lgan idishlarni hamda siqilgan va suyultirilgan gaz bilan
to‘ldirilgan ballonlarni qoldirish man etiladi.
1.3.1.9. O‘rmon massivlarida joylashgan yozgi sog‘lomlashtirish bolalar
oromgohlari va yozgi dala hovlilarining hududi, perimetri bo‘ylab
kengligi 3 m dan kam bo‘lmagan ma’danlashtirilgan himoya yo‘li
bo‘lishi kerak.
1.3.1.10. Qishloq aholi punktlari, bog‘dorchilik uyushmalari va dala
hovlilaridagi xo‘jaliklar soni 300 tagacha bo‘lsa — yong‘inni o‘chirish
uchun qo‘lda ko‘tarib yuriladigan 1 ta motopompa, 300 tadan 1000
tagacha bo‘lsa — tirkamali motopompa, 1000 ta xo‘jalikdan ortiq bo‘lsa
— yong‘in o‘chirish avtomobili bilan ta’minlanishi zarur.
Qishloq joylardagi eng yaqin yong‘in o‘chirish deposigacha 3000 m dan
ortiq masofada joylashgan dam olish uylari va boshqa sog‘lomlashtirish
muassasalari yong‘in o‘chirish motopompasi yoki yong‘in o‘chirishga
moslashtirilgan (qayta jihozlangan) texnika va anjomlar bilan
ta’minlanishi kerak.
1.3.1.11. Aholi punktlari va muassasalar hududlarida yonuvchi
chiqindilarni to‘plash joylarini tashkil etish mumkin emas.
1.3.2. Bino, inshoot va xonalarga qo‘yiladigan talablar.
1.3.2.1. Muassasalar, mazkur qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq avtomatik
yong‘in o‘chirish qurilmalari va yong‘in signalizatsiyasi Bilan
jihozlangan bo‘lishi lozim.
1.3.2.2. Bino, inshoot va xonalardagi yong‘inga qarshi tizimlar va
qurilmalar (tutunga qarshi himoya, avtomatik yong‘in vositalari,
yong‘inga qarshi suv ta’minoti tizimlari, yong‘inga qarshi eshik, parda va
klapanlar, tutun chiqarish lyuklari, yong‘inga qarshi devor va shiftlardagi
boshqa himoya moslamalari va shu kabilar) doimo soz va ishchi holatda
bo‘lishi kerak.
Eshiklarning o‘zi yopiladigan moslamalari doimo soz holatda bo‘lishi
zarur, tutunga qarshi va yong‘inga chidamli eshiklarning oson ochilishiga
yoki yopilishiga to‘sqinlik qiluvchi biron-bir moslama o‘rnatish mumkin
emas.
1.3.2.3. Qurilish konstruksiyalari, yonuvchi, pardozlash va issiqlikni
tutuvchi materiallarning, uskunalarning metalldan ishlangan ustun
(tirgak)larning olovdan himoyalash qoplamlari (olovdan himoyalash
xususiyatlarini yo‘qotish va pasaytirishni hisobga olgan holda suvoqlar,
maxsus bo‘yoqlar, lok va shu kabilar,) buzilish holatlari darhol bartaraf
etilishi kerak.
Yog‘och konstruksiyalari, dekoratsiya va matolar me’yor talablari asosida
ishlov berilgan (shimdirilgan) bo‘lib, olovdan himoyalash tarkibining
ta’sir muddati tugagan yoki himoyalash xususiyatini yo‘qotgan bo‘lsa,
ularga takroran ishlov berilishi (shimdirilishi) lozim.
Olovdan himoyalash tarkibi bilan ishlov berilgan (shimdirilgan)
konstruksiya va materiallarning holati yiliga kamida 2 marotaba
tekshirilishi lozim.
1.3.2.4. Har xil muhandislik va texnologik kommunikatsiyalar, yong‘inga
qarshi devor, orayopmalar va to‘suvchi konstruksiyalar bilan kesishgan
joyda hosil bo‘lgan teshik va tuynuklar qurilishda ishlatiladigan
qorishmalar yoki yonmaydigan materiallar bilan suvab (berkitib)
tashlanishi kerak, bunda tutun va gazni o‘tkazmasligi hamda talab
darajada yong‘inga bardoshlilik chegarasi ta’minlanishi kerak.
1.3.2.5. Xonalarni qayta loyihalashtirishda, ularning funksional vazifasi
o‘zgartirilganda yoki yangi texnologik uskunalar o‘rnatilayotganda
amaldagi qurilish va texnologik loyihalash normalarining yong‘in
xavfsizligi talablariga amal qilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |