BOSH VA ERGASH GAP
Ergashgan qo`shma gaplar, tarkibida nechta gap bo`lishidan qat’i nazar, doimo ikki qismdan tashkil topadi: 1) bosh gap; 2) ergash gap. Mazmuni izohlanayotgan gap bosh gap, bosh gap mazmunini izohlayotgan gap ergash gap hisoblanadi. Ergashgan qo`shma gaplar, asosan, quyidagi qolipda ifodalanadi:
E rgashgan qo`shma gaplar tuzilishiga ko`ra so`z birikmalariga
o`xshaydi. Ular ham tobe va hokim qismdan tarkib topadi:
Agar arqondan qo`llari chiqib ketsa, to tuman tarqalguncha
yo`l topolmay sarson bo`lib yuraveradilar. So`z birikmasi tarkibidaga so`zlar nechta bo`lishidan qat’i nazar ikki qismdan – hokim va tobe so`zlardan tashkil topadi: toza havo, o`qilgan kitob, tez yurmoq.
Ergash gap bosh gapdan oldin, bosh gapdan keyin, bosh gap ichida kelishi mumkin: Siz shuni unutmangki, kurashchilar yolg`iz emas. Hali gul ochilmagan bo`lsa ham, stol ustiga katta guldasta qo`yilgan edi. O`qituvchi, bolalar kelgach, darsga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |