Momiq so‘rg‘ich ishini tekshirish. Momiq so‘rg‘ichni ishini kapital va o‘rta ta’mirlashdan so‘ng sex boshlig‘i, smena ustasi va yordamchi usta tekshiradi. Momiq so‘rg‘ichni teshikchasidagi havoning so‘rilish kuchi tekshiriladi. Mashinani har tomonini so‘rilish kuchi alohida tekshiriladi. Har tamonidan 9 tadan momiq so‘rg‘ich tekshiriladi, ya’ni 3 ta vintelyator yaqinidan, 3 ta mashinani o‘rtasidan va 3 ta vintelyatorlardan eng uzoq bo‘lgan joyidan olinadi. Bu patrubkalardagi eng oxirgi teshikchani havo so‘rish kuchi tekshiriladi, bu kuch 2 mm, suv stolbasi ko‘rsatkichigacha aniqlikda tekshiriladi. Agar bu havo so‘rish kuchi 40 mm, suv stolbasidan kam bo‘lsa, demak bu patrubka ishga yaroqsizdir. Hamma o‘lchamlar maxsus jurnalga qayd qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |