4.3. Ekologiya huquqi tushunchasi 1. Ekologiya huquqining tushunchasi Tabiat va jamiyat o`rtasidagi o`zaro bog`liqlik turli yo`nalish va shakllarda uzoq vaqt davomida amalga oshirilib kelinmoqda. Asrlar davomida insoniyat tabiat qonuniyatlariga moslashib, o`zining turli ehtiyojlarini qondirish uchun tabiatdan foydalanib, unga ta'sir o`tkazmoqda. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, jamiyat a'zolari ongining tobora takomillashishi, yangi mehnat qurollarining ixtiro etilishi o`z navbatida, insonning turli ehtiyojlarining rivojlanishiga olib keldi. Inson o`z ehtiyoj-larini qondirish uchun tabiiy resurslardan foydalanib salbiy ta'sir ko`rsata boshladi. Jamiyat a'zolarining tabiatdan foydalanish bo`yicha ehtiyojlari-ning oshishi, tabiiy resurslardan foydalanish qurollari, ya'ni texnikaviy vositalarning takomillashishiga olib keldi.
2. Ekologiya huquqi – tabiat bilan jamiyat o`rtasida paydo bo`ladi-gan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tomondan tartibga solishni o`rganuvchi fandir. Ekologiya huquqi bugungi kunda O`zbekiston Respublikasining mustaqil huquq tizimida o`z o`rni va salohiyatiga ega bo`lgan alohida yo`nalish va xususiyatlarga ega bo`lgan huquq sohasi hisoblanadi.
3. Ekologiya huquqi – tabiat bilan jamiyat o`rtasida o`zaro ta'sirlar natijasida paydo bo`ladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishni o`rganuvchi fan va huquq tizimining alohida sohasi sifatida o`z rivojlanish tarixiga egadir.
4. Shuni alohida ta'kidlash joizki, XX asrning 20-yillarigacha bosib o`tilgan boy tarixiy evolyutsion jarayonda tabiatdan foydalanish, uni asrab-avaylash bilan bog`liq umummajburiy ahamiyatga ega bo`lgan qoida-talablar o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, birinchidan, ushbu qoida-talablar alohida maxsus tizimga ega bo`lmay, mulk bilan bog`liq qoidalar tizimida rivojlangan, ikkinchidan, tabiat boyliklaridan foydalanish va ularni asrab-avaylash qoida-talablari aholining madaniyati va turmush tarziga singib ketganligi o`z navbatida huquqiy munosabatlarni rivojlantirishga hizmat qilgan.
5. Bugungi kunda tabiat-jamiyat tizimidagi ijtimoiy munosabatlar uchta quyidagi asosiy yo`nalishlarda paydo bo`ladi: 1. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bilan bog`liq ekologik - huquqiy munosabatlar; 2. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bilan bog`liq ekolo-gik-huquqiy munosabatlar; 3. Aholini ekologik xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan ekolo-gik-huquqiy munosabatlar.
Xulosa Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Ushbu dastur kimyo fanini astoyidil o’rganishni xohlagan, elementlarning kimyoviy xossalarini o’rganish uchun, ularning tarkibini ko’rish uchun, ajoyib virtual laboratoriya hisoblanadi. Afzalligi shundan iboratki har kim ham xato qiladi. Agar haqiqiy laboratoriyada o’quvchi biror jiddiy xatoga yul qo’ysa portlash o’t chiqish holatlari kuzatilishi va natijada ham moddiy tomondan laboratoriya xonasi va uning jihozlariga jiddiy zarar yetishi bundan tashqari laboratoriyani bajaruvchi o’quvchi sog’lig’iga ham jiddiy zarar yetishi mumkin. Lekin Crocodile Chimistry dasturida bu ishlarni bemalol qilib ko’rish va xatto qanday holatada portlash yoki olov chiqish jarayonini bemalol qo’rqmasdan sinab ko’rish va bunga ishonch hosil qilish mumkin.
Bu dastur windows muhitida ishlaydigan unchalik kata hajmga ega bo’lmagan dastur hisoblanadi. Dasturda qilingan laboratoriyalarni .cxc fayl kengaytmasi bilan saqlab qo’yish mumkin. Istalgan paytda saqlangan faylni ishga tushirib ko’rish mumkin bo’ladi.
Kimyo fanini o’zlashtirishni yaxshilash omili o’quv mashg’ulotlarida o’quvchilarni mustaqil ta’limni tashkil etish, mavjud resurslaridan oqilona foydalanish hamda kompyuter o’yinlari va Internet–kafe faoliyatini tartibga solish zarur.
Axborot - kommunikatsiya va Internet texnologiyalari yutuqlaridan oqilona va maqsadli foydalanish.
Axborot - kommunikatsiya texnologiyalaridan va axborotlardan foydalanish madaniyatini va muhitini shakllantirish.
Internet tarmog‘ida yoshlarga, ularning qiziqishlariga va intilishlariga, axborot extiyojlariga hamda yutuqlariga yo’naltirilgan elektron manbalarni tashkil etish.
Demak, avvalambor o’quvchi kimyo fanini yaxshilab o’qib o’rganib chiqishi, o’rgangan bilimlarini mustahkamlash uchun laboratoriya bajarishi kerak bo’ladi. Laboratoriyani bajarish uchun esa aynan ushbu dastur yordam beradi.