Idiyeva Gulchehra Izomovna



Download 10,2 Kb.
Sana24.04.2022
Hajmi10,2 Kb.
#579858
Bog'liq
Zamonaviy yondashuv


Boshlang’ich ta’limni takomillashtirishda kreativ zamonaviy yondashuvlar
Idiyeva Gulchehra Izomovna
Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti. Boshlang’ich ta’lim fakulteti 1-kurs magistranti
Anotatsiya Hozirgi globallashuv jarayonlari jadal rivojlanayotgan taraqqiyot asrida yashar ekanmiz,u qaysi soha bo’lmasin bizdan ildam harakatlar bilan kreativ fikrlashni, doimiy o’sishni, jahon bilan raqobatlasha oladigan kadr bo’lishni talab etadi.
Kalit so’zlar: tajriba, imkoniyat, fikrlash, ijodkorlik, islohot, PISA, o’qituvchi, muvaffaqiyat

Mamlakatimizda 2017- 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha ” Harakatlar strategiyasi ”da ta’limni rivojlantirishning aniq beshta ustuvor yo’nalishlari belgilab berildi. Bundan tashqari, 2020- yil 29 – oktabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm- fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risidagi” farmoni qabul qilindi. Mazkur farmon ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, ilmiy intelektual hamda moliyaviy resurslarni to’ liq safarbar etgan holda amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar va ularni hayotga tatbiq etish yo’llari atroflicha belgilab berildi.Jumladan, unda mamlakatimizning 2030 – yilga kelib PISA ( The progamme for International Student Assesment ) o’quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo’yicha xalqaro dastur reytingida jahonning 30 ta ilg’or mamlakati qatoriga kirishiga erishish vazifasi qo’yilgan.


Ta’ kidlash joizki, tadqiqotlarda yetakchilik qilayotgan davlatlarning ta’lim sohasidagi ilg’or tajribalarini o’rganish, ulardan andoza olgan holda o’z rivojlanish yo’limizni tuzishimiz va shu yo’lda ildam harakatlanishimiz lozim.
Finlandiya tajribasi. Finlandiya maktablarida, Yevropa maktablarida bo’lgani kabi, sinflarga yondashuv individualdir, ya’ni, har bir bola o’z yo’lini topishi kerak. Bir vaqtning o’zida ikkita o’qituvchi bir sinfda ishlaydi, bu ularning har biriga yukni yengillashtiradi va qaror qabul qilish jarayonini sezilarli darajada soddalashtiradi va tezlashtiradi. Har bir darsdan so’ng o’quvchilar nimani tushuna olganlarini va nimani tushuna olmaganliklarini aytishlari mumkin. Bundan tashqari, mavzuni noto’g’ri tushunish bolaning aybi deb hisoblanmaydi, balki o’qituvchining bilim berish tizimini loyihalashdagi nuqson sifatida tan olinadi. Finlandiya maktablarida imtihonlar yo’q, hatto bitiruvlar ham.
Teng ta’lim imkoniyatlari, yuqori sifatli ta’lim va malakali ishchi kuchi ta’lim tizimining asosi hisoblanadi. Fikrlash qobiliyati , ijodkorlik, global xabardorlik, ijtimoiy va muloqot qobiliyatlari muvaffaqiyat kalitidir. Bundan tashqari, bolalar qiyinchiliklardan qo’rqmasliklari va kelajakda xatolardan hafsalasi pir bo’lmasligi uchun “ muvaffaqiyatsizlik – zavqli “ ekanligini tushuntirish kerak.
Singapurda ta’lim. Singapurdagi ta’lim tizimi Britaniya tamoyili asosida qurilgan. Dars ingliz tilida olib boriladi. Singapurda ham mamlakat fuqorolari , ham xorijliklar uchun ingliz tilida ta’lim olish uchun birinchi darajadagi sharoitlar yaratilgan. Mamlakatda ham davlat , ham xususiy ta’lim faoliyat ko’rsatmoqda. Singapur maktablarida bolalarga imtihonlar haddan tashqari yuklangan. Ular boshlang’ich maktabdan o’rta maktabga va keying ta’lim bosqichlariga o’tish uchun imtihon topshiradilar. Bunday davrlarda bolaning ish yuki kuniga 12 soatgacha.
Mamlakatimizda jadallik bilan islohotlar amalga oshirilar ekan, ta’lim tizimida sifat va samaradorlik kun sayin rivojlanib taraqqiy topmoqda. Chet el tajribasini o’rganish, ulardan kerakli jihatlarni ajrata olish, ta’lim tizimimizda qo’llay olish, xalqaro tadqiqotlarda munosib ishtirok etish uchun keng imkoniyatlar ochadi. Hozirgi kunda umumta’lim maktablarida zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini takomillashtirish, ta’lim jarayonlarida zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan to’laqonli foydanish eng muhim ko’rsatkichlardan biri sanaladi. Boshlang’ich sinf darslarida milliy dastur bilan hamohang holda, o’quv jarayoniga yangi texnologiyalarni joriy etilishi, o’qituvchilik faoliyatini yanada serqirra, ijodiy va kreativ yondashuvga asoslangan kasbga aylantiradi.
Xulosa. Ta’lim tizimida keng imkoniyatlarning yaratilishi, texnologiyalardan samarali foydalana olish, turli islohotlar, xalqaro tadqiqotlardagi yetakchi mamlakatlar tajribasi bilan tanishish, o’z oldimizga qo’ygan maqsadlarimiz tomon rivojlanib borishimiz uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Boshlang’ich sinfning sifatli dasturlari, darsliklar , o’qishni o’rgatishning chuqur o’ylangan metodikasi, ta’lim tizimimizning rivojlanishiga asos bo’ladi.
Adabiyotlar ro’yxati:

  1. https://www.strategy.uz/

  2. https://e-finland.ru/travel/general/sistema-obrazovaniya-finlyandii.html

  3. https://uniquesingapore.ru/shkolnoe-obrazovanie-v-singapure/

Download 10,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish