6.3.2. Elektr dvigatellar quvvatini tanlash. Uzoq, qisqa va takrorlanadigan
qisqa muddatli ish rejimlari uchun dvigatel quvvatini tanlash.
Elektr dvigatellarning quvvatini tanlash.
Dvigatellarning quvvatini
to‘g‘ri tanlash katta ahamiyatga ega bulib, elektr yuritma quvvatining
boshlangich minimal, qiymatini va ularni ekspluatatsiya qilishda yuzaga
keluvchi energiya isrofining kamroq bo‘lishini ta’minlaydi. Barcha hollarda
ham dvigatellarning nominal ish rejimlarini ish mexanizmlarining rejimlariga
mos holda tanlash kerak.
Uzoq muddatli ish rejimi uchun dvigatel quvvatini tanlash.
Xalq
xo‘jaligining aksariyat tarmoklarida ishlatiladigan turli mexanizmlarning
yuklamasi uzok muddat davomida o‘zgarmas yoki kam o‘zgaruvchan bo‘lishi
mumkin. Agar bunday mexanizmlar iste’mol qiladigan o‘zgarmas quvvat
(R) ma’lum bo‘lsa u holda dvigatelning quvvati bevosita katologdan
tanlanadi. Bunda dvigatel quvvati (R
nom
) yuklama quvvati (R) ga teng
qilib olinadi. Agar katalogda bunday quvvatli dvigatel bo‘lmasa, u holda
navbatdagi eng yaqin kattaroq quvvatli dvigatel tanlanadi, ya’ni R
nom
>
R bo‘lishi kerak. Agar mexanizmning quvvati oldindan ma’lum
bo‘lmasa,- unda dvigatel tanlash ba’zi qiyinchiliklarni tug‘diradi.
Uzoq muddat o‘zgarmas yuklamada ishlaydigan mexanizmlar
(nasoslar, ventilyatorlar, kompressorlar) uchun mo‘ljallangan dvigatellarning
quvvati nazariy hisoblar yoki empirik formulalar yordamida hisoblab, yoki
yuklama diagrammasini qurish yo‘li bilan aniqlanadi. Masalan, nasoslar
uchun quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
(6.3.5)
350
bu erda Q - nasosning ish unumi, m
3
/s; H -to‘la bosim, m;
γ
-
haydaladigan suyuqlikning solishtirma og‘irligi, kg/m
3
; K
e
— ehtiyotlik
koeffitsienti; (R
n
< 50 kVt bo‘lganda K
e
= 1,2; 50 dan 360 kVt gacha
= 1,15; 350 kVt dan yuqori quvvatli dvigatellar uchun K
e
= 1,1);
γ
n
,
γ
y
- mos holda nasos va nasos bilan dvigatel orasidagi uzatmaning
foydali ish koeffitsientlari.
Ko‘pgina mexanizmlar uzoq muddat o‘zgaruvchan yuklamada
ishlaydilar. Bunday kurilmalardagi elektr dvigatellarning quvvati yuklama
diagrammasi yoki o‘rtacha isroflar usuli asosida aniqlanadi. O”rtacha isroflar
usuli Dvigatelning ishlash davridagi o‘rtacha quvvat isrofi
∆
P
o’r
ni nominal
yuklama bilan ishlagandagi isroflar
∆
P
nom
bilan solishtirishga asoslangan.
O‘rtacha quvvat isrofi ushbu ifodadan topiladi:
(6.3.6)
Bu erda:
∆
P
1,
∆
P
2
……∆
P
i
- t vaqtdagi quvvat isrofi; t
tsikl
– tsiklning
davomiyligi.
Agar ishlash sikli vaqtida o‘rtacha quvvat isrofi nominal yuklama
bilan ishlagandagi nominal quvvat isrofidan oshmasa, u holda dvigagelning
o‘rtacha harorati joiz qiymatdan oshmaydi. Demak, dvigatel to‘g‘ri
tanlangan bo’ladi.
SHunday kilib dvigatelni tanlash sharti sifatida ushbu ifoda xizmat.
qiladi.
(6.3.7)
Ammo kataloglarda dvigatel to‘g‘risidagi kerakli ma’lumotlarning
etarli bo‘lmasligi ko‘p hollarda o‘rtacha quvvat isrofidan foydalanishni
qiyinlashtiradi. SHuning uchun amalda anchagina sodda usul: ekvivalent
miqdorlar (tok, moment va quvvat) usuli keng qo‘llaniladi.
Ekvivalent tok deb, shunday o‘zgarmas tokka aytiladiki, bu tok
elektr dvigateli chulg‘amlaridan butun ishlash davri davomida o‘tib,
cho’lg‘amlarni haqiqiy tok o‘tgandagiday bir xilda qizdiradi. Dvigatelning
berilgan yuklama.diagrammasidan ekvivalent tok quyidagicha topiladi.
351
6.4.2-rasm, b da berilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |