272
Asinxron mashinalarda rotorining aylanish
chastotasi aylanma magnit
maydonining aylanish chastotasiga teng bo‘lmaydi, ya’ni ular sinxron
aylanmaydi. Bunday mashinalar asinxron mashinalar deyiladi. Asinxron
mashinalar asosan dvigatellar sifatida ishlatiladi. Xalq xo‘jaligining turli
sohalarida millionlab asinxron dvngatellar turli
mexanizmlarni harakatga
keltirmoqda. Umuman, sinxron va asinxron mashinalar generator sifatida ham,
dvigatel sifatida ham ishlay oladi. Bundan tashqari, sinxron mashinalar sinxron
kompensatorlar sifatida; asinxron mashinalar esa elektromagnit tormoz va
chastota o‘zgartiruvchi mashina sifatida ishlatiladi.
O‘zgaruvchan tokning kollektorli mashinalarida ham rotor aylanma magnit
maydoni bilan bir xil tezlikda aylanmaydi va
bu jihatdan ular asinxron
mashinalar hisoblanadi. Lekin bunday mashinalarda kollektor bo‘lganligi
sababli ular alohida gruppani tashkil qiladi. Kollektorli mashinalar ko‘proq
dvigatel sifatida ishlatiladi. Ularning ishlash prinsipi o‘zgarmas tok
mashinalarining ish prinsipiga yaqin. O‘zgaruvchan tok kollektorli mashinalari
amalda kam ishlatiladi. Asinxron va sinxron mashinalar haqida keyinroq
mufassal to‘xtalamiz, avval o‘zgaruvchan tok mashinalariga oid umumiy
masalalar haqida gapirib o‘tamiz.
Elektr mashinalarning ferromagnit o‘zagi (magnit o‘tkazgichi) va
chulg‘amlari uning asosiy aktiv qismlaridir.
Qolganlari mashinaning
pishiqligini,
mustahkamligini, uning aylanishini va sovitilishini ta’minlovchi
konstruktiv qismlardir.
Asinxron va sinxron mashinalarda statorning tuzilishi bir xil bo‘ladi.
Bunday mashinalarning statori uning korpusi (staninasi), asosi, korpusni ikki
tomonidan berkitib turadigan podshipnik shchitlari hamda statorning korpusi
ichida maxsus yupqa elektrotexnika po‘lat plastinkalaridan yig‘ilgan pulat
o‘zakdan iborat. Po‘lat o‘zak pazlariga, fazoda bir–biriga nisbatan I20° siljigan,
uchta chulg‘am o‘rnatilgan. Bir fazali mashinalar statorida bitta chulg‘am
bo‘ladi. Asinxron va sinxron mashinalarda stator chulg‘amini, odatda, yakor
chulg‘ami deyiladi.
Asixron mashinalar asosan ikki qismdan iborat bo‘ladi: qo‘zg‘almas qism -
stator; aylanadigan qism - rotor. Stator va rotor orasida havo oralig‘i bo‘ladi.
273
Bu oraliq sinxron
mashinalarda nisbatan kattaroq, asinxron mashinalarda
kichkina (masalan, 0,2...3 mm) bo‘ladi. Asinxron va sinxron mashinalarda
statorning tuzilishi deyarli bir xil; lekin ularning rotorlari tuzilishi jihatidan har
xil bo‘ladi. Amalda bir va uch fazali asinxron va sinxron mashinalar keng
ishlatiladi. Uch fazali mashinalar statorida uchta chulg‘am; bir fazali
mashinalarda esa bitta chulg‘am bo‘ladi.
Asinxron mashinalarda rotorining aylanish chastotasi aylanma magnit
maydonining aylanish chastotasiga teng bo‘lmaydi, ya’ni ular sinxron
aylanmaydi. Bunday mashinalar asinxron mashinalar deyiladi.
Asinxron mashinalar asosan dvigatellar sifatida ishlatiladi. Xalq
xo‘jaligining
turli
sohalarida
millionlab
asinxron
dvngatellar
turli
mexanizmlarni harakatga keltirmoqda. Umuman, sinxron va asinxron
mashinalar generator sifatida ham, dvigatel sifatida ham ishlay oladi. Bundan
tashqari, sinxron mashinalar sinxron kompensatorlar sifatida; asinxron
mashinalar esa elektromagnit tormoz va chastota o‘zgartiruvchi mashina sifatida
ishlatiladi.
O‘zgaruvchan tokning kollektorli mashinalarida ham rotor aylanma magnit
maydoni bilan bir xil tezlikda aylanmaydi va bu jihatdan ular asinxron
mashinalar hisoblanadi. Lekin bunday mashinalarda kollektor bo‘lganligi
sababli ular alohida guruxni tashkil qiladi. Kollektorli mashinalar ko‘proq
dvigatel sifatida ishlatiladi. Ularning ishlash prinsipi o‘zgarmas tok
mashinalarining ish prinsipiga yaqin. O‘zgaruvchan tok kollektorli mashinalari
amalda kam ishlatiladi.
Elektr mashinalarning ferromagnit o‘zagi (magnit o‘tkazgichi) va
chulg‘amlari uning asosiy aktiv qismlaridir. Qolganlari mashinaning
pishiqligini, mustahkamligini, uning aylanishini va sovitilishini ta’minlovchi
konstruktiv qismlardir. (5.3.1-rasm)
Asinxron va sinxron mashinalarda statorning tuzilishi bir xil bo‘ladi.
Bunday mashinalarning statori uning korpusi (staninasi), asosi, korpusni ikki
tomonidan berkitib turadigan podshipnik shchitlari hamda statorning korpusi
ichida maxsus yupqa elektrotexnika po‘lat plastinkalaridan yig‘ilgan pulat
o‘zakdan iborat. Po‘lat o‘zak pazlariga, fazoda bir–biriga nisbatan I20° siljigan,
274
uchta chulg‘am o‘rnatilgan. Bir fazali mashinalar statorida bitta chulg‘am
bo‘ladi. [1,8,9]
Do'stlaringiz bilan baham: