Me'da osti bezi. Me'daning pastki va orqa sohasida birinchi bel umurtqasi ro`parasida joylashgan bo`lib, og`irligi yangi tug`ilgan bolada 4-5 g, balog`atga yetish davrida 15-20 baravar kattalashadi. Uning vazni kattalarda 70-80 g, uzunligi 16-20 sm gacha bo`ladi. Me'da osti bezi aralash bez bo`lib, to`qimasining 98-99 % tashqi sekretsiya funktsiyasini bajarib, ovqat hazm qilishda ishtirok etuvchi shira yoki fermentlarni ishlab chiqaradi. qolgan bir ikki foizi ya'ni Langergans orolchasi deb ataluvchi qismi ichki sekretsiya funktsiyasini bajaradi. Bezning Langergans orolchasi qismida glyukagon, insulin va gastrin gormonlari ishlab chiqariladi.
Glyukagon – alfa hujayralaridan ishlab chiqiladi. Bu yog`` to`qimalaridagi yog``ning parchalanishini tezlashtiradi. Sekresiya funktsiyasida jigar muskullarida zahira holda to`plangan glyukogen moddasini parchalab glyukozaga aylantiradi. Gastrin gormoni esa qon orqali me'daning ferment ajratish funktsiyasini boshqarishda ishtirok etadi.
Insulin ta'sirida qondagi qand yani uglevodlar zapasi glikogenga aylanadi. Insulinning kamayishi qandlik diabetga olib keladi. Insulin organizmda yog`` to`planishini yaxshilaydi. Insulin B betta- hujayralaridan ishlab chiqiladi. Oqsillarni sintezlashda embrionning dastlabki rivojlanishida uning qoniga insulin ko`p bo`ladi. Tug`ilgandan keyin insulin miqdori o`zgarishlarga uchraydi. Sog`lom odam qonida qandning normal miqdori 80-120 mg % bo`ladi, qandli diabet kasalligida esa uning miqdori 150-250 ml g % ga ko`tarilib, undan ham ortib ketishi mumkin. Bu kasallik turli yoshlarda ayniqsa 6-12 yoshli bolalarda ko`p uchraydi. Uning kelib chiqishiga sabab, ko`p siqilish va uglevodlarga boy ovqatlar, hamirli ovqat, qand, shirinliklarni haddan tashqarii ko`p yeyish natijasida kelib chiqadi.
Jinsiy bezlar –Aralash bezlar qatoriga kiradi. Ularning tashqi sekretsiyasi jinsiy hujayralar-spermatazoidlar, hamda tuxum hujayralariga ishlab, tashqariga chiqarishdan iboratdir. Ichki sekretsiya esa garmonlar hosil qilish va ularni qonga ajratishdan iborat. Funktsional jihatidan erkak jinsiy garmonlari bilan ayol jinsiy garmonlari bir – biridan farq qiladi, ammo ularning kimyoviy tarkibi, tuzilishi bir xil bo`ladi.
Odamning ma'lum bir yoshga kelib, balog`atga yetilishi jinsiy bezlarning rivojlanishiga va ularning ichki sekretor faoliyatiga bog`liqdir. Bolalarning jinsiy balog`atga yetilishi, ovqatning turi, uning sifat tarkibi, mehnat va dam olishning rejimiga qarab, ertaroq yoki kechroq boshlanishi mumkin. Iste'mol qilinadigan ovqat tarkibida oqsil birikmalari va yog``lar yetarli bo`lmasa, jismoniy mehnat og`ir bo`lsa, ruhiy isteroblar bo`lib tursa, balog`atga yetishish odatda kechiqadi. Balog`atga yetish davrida bolalarda, barcha organlar va sistemalarda chuqur marfologik hamda funktsional o`zgarishlar ro`y beradi. Bu davrda birlamchi va ikkilamchi jinsiy belgilar rivojlanadi. Birlamchi jinsiy belgilarga: jinsiy bezlar (urug`don va tuxumdonlar) hamda jinsiy organlar (jinsiy olat, prostata bezi, qin, bachadon, tuxum yo`llari) kiradi.
Balog`atga yetish davrida o`g`il bolalarda yetuk spermazoidlar hosil bo`la boshlasa, qiz bolalarda tuxum hujayralar hosil bo`la boshlaydi.
Erkaklar jinsiy bezlaridan androgenlar deb nomlanuvchi garmonlar ajralsa, ayollar jinsiy bezlaridan esa ekstrogenlar deb nomlanuvchi garmonlar ajraladi.
Androgenlarga, testosteron, ondrosteron va boshqa garmonlar kiradi.
Ekstrogenlarga, estron, estriol va estradiol garmonlari kiradi.
O`g`il bolalar 13-15 yoshdan spermazoidlar ishlab chiqara boshlaydi. Qiz bolalarning tuxum ishlab chiqarishi 12-13 yoshda boshlanadi.
Kichik maktab yoshini o`z ichiga oladigan davr prebubertat davri deb ataladi, mana shu davrda organizm jinsiy jihatidan yetilishga tayyorlanib boradi. Bu davrda muskul sistemasi zo`r berib rivojlanadi. Bu davrda o`g`il bolalar bilan qiz bolalar harakterining muayyan belgilari rivojlanishdagi tafovutlar bilinib qoladi. Shuni yaxshi bilish kerakki, organizmning pubertatdavrida (jinsiy yetilish) tayyorlanishi bir qancha omillarga bog`liqdir; irsiy xususiyatlar, ovqatlanish harakteri, iqlim turmush tarzi, oila, tarbiya va hokazalar jarayonga ta'sir etadi.
Bolalarning jinsiy yetilib borishi bilan xiqildoqdagi qalqonsimon tog`aylar zo`r berib o`sadi, ovoz bir muncha past tovushga o`tib, sochlar ancha qattiqlashadi, soqol va mo`ylov ancha ko`rinib qoladi va hokazo.
Qiz bolalarda jinsiy yetilish, o`g`il bolalarga nisbatan, oldinroq tugallanadi. Hozirgi kunda, jinsiy yetilish qiz bolalarda 10-11 yoshdan boshlanib, tana tuzilishida o`zgarishlar, ya'ni ayollarga xos belgi va sifatlar paydo bo`la boshlaydi. Qiz bolalarning 12-13 yoshdan ayrim hollarda kattaroq yoshdan menstruatsiya jarayoni boshlanadi.
Bolalarning jinsiy balog`atga yetilishi individual xususiyatlarga, yashash geografik sharoitlarga bog`liqdir. Shimoliy kengliklarda yashovchilarga nisbatan, janubiy kenglik sharoitida yashovchi xalqlarda jinsiy balog`atga yetilish barvaqtroq boshlanadi.
Organizmda jinsiy faoliyat, boshqa ichki sekretsiya bezlarining garmonal faoliyati bilan ham bog`liqdir. Jinsiy bezlar funktsiyasiga bosh miya katta yarim sharlar po`stlog`i va markaziy nerv sistemasi ham ta'sir ko`rsatadi.
Bolalarning maktab yoshigacha, buqoq bezi buyrak usti bezi faoliyatidan ustunlik qilsa, maktab davrida jinsiy bezlar faoliyati ustunlik qiladi. Bu holat suyak-muskul sistemasiga va psixo-nervologik holatiga ham ta'sir etadi. O`smirlar bu davrda uyalchang, tez-tez arazlaydigan, harakteri beqaror bo`lib qoladilar. Jinsiy balog`at yetilish davrida, bolalar bolalikdan, kattalikka o`tishga intiladilar va o`zlarini kattalarga xos hatti harakatlari bilan ko`rsatishga harakat qiladilar. Shu davrdan boshlab, tarbiyachilar, ota-onalar, biz pedagoglar uchun eng ma'suliyatli davr hisoblanadi. O`g`il bolalar chekishga, ichishga intiladilar. Kattalarni gapini eshitishga qiziqadilar. Bu davrda ota-onalardan va pedagoglardan juda juda ziyraklik talab etiladi. Ularning nomaqul ishlarini, ko`pchilik oldida muhokаma qilmasdan individual tarbiya olib borishga to`g`ri keladi.
Jinsiy tarbiyani balog`atga yetilmasdan oldinroq boshlash kerak. Ularga odamning jinsiy rivojlanishi haqida chuqurroq tushuncha berish kerak bo`ladi. Bu tarbiyani olib borishda pedagoglardan moxirlikni, qattiyatlikni va zukkolikni talab etadi.
Garmon va stress
Stress tizimi organism o’zini himoya qilishining reaksiyasi bo’lib, xavf o’tib ketishi bilan garmonlar holati yana avvalgi holatiga qaytadi.
Adrenalin yurak qisqarishini kuchaytiradi, qon bosimini va energiya sarfini oshiradi.
Kortizol stressining asosiy garmoni bo’lib, qonda qand miqdorini oshiradi, glyukozaning miya tomonidan o’zlashtirilishini yaxshilaydi va to’qimalar tiklanishini ta’minlaydigan moddalarning o’zlashtirilishini oshiradi.
Adrenalin va kortizol miqdori kamayganda yurak qisqarishlari va arterial bosim dastlabki holatiga qaytadi, qolgan tizimlar o’ failiyatini tiklaydi.Informatsion RNKning har bir yangi molekulasi faqatgina DNKning o'sha gistonlardan xolos bo'lgan qismidagina hosil bo'ladi. Informatsion RNK esa oqsil biosintezini, demak, irsiy xususiyatlarini belgilaydi. Shu tariqa gormonlar organizmning irsiy xususiyatlariga ta'sir ko'rsatadi. Organizmdagi barcha endokrin bezlar fuksional jihatdan bir-biriga juda aloqador, ular asab tizimi faoliyati bilan ham mahkam bog'langan. Ichki sekretsiya bezlari asab tizimining eng yaqin hamkori sifatida organizmdagi barcha jarayonlarning boshqarilishida ishtirok etgani bilan, o'zining faoliyati ham neyrogumoral ravishda boshqariladi va organizmning uzluksiz o'zgarib turgan ehtiyojiga moslanib boradi. Markaziy asab tizimi, birinchi navbatda, gipotalamus va undagi tegishli yadrolar organizmdagi turli organlarning holati, to'qimalardagi tegishli moddalarning miqdori to'g'risida muntazam ravishda axborot olib turadi. Zaruriyatga qarab gipotalamus yadrolari gipofizga nerv impulslari yuboradi va u orqali ko'pchilik endokrin bezlar faoliyatiga ta'sir ko'rsatadi. Gipotalamus bilan gipofiz bir-biriga shu qadar bog'liqki, gipofizning bez qismi boshdan-oyoq nerv to'qimalaridan tuzilgan va gipotalamusning ajralmas qismi sifatida ishlaydi. Gipofiz esa, o'z navbatida, organizmdagi ichki sekretsiya bezlarining eng asosiy, "rahnamosi" hisoblanadi. Jumladan, uning oldingi qismidan ajraladigan gormonlar qalqonsimon bez, jinsiy bezlar, buyrak usti bezlari va boshqa bezlarning faoliyatiga faol ta'sir ko'rsatadi. Gipotalamusdan tashqari markaziy asab tizimining boshqa qismlari va hatto bosh miya yarim sharining po’stlog’i ham ichki sekretsiya bezlari faoliyatining boshqarilishida ishtirok etadi. Muayyan ichki sekretsiya bezi uning gormoni bilan idora etiladigan organlar faoliyati bilan muntazam ravishda o'zaro aloqada, qaytar bog'lanishida bo'ladi. Boshqacha aytganda, tegishli endokrin bezlardan nechog'li ko'p gormon ajralishi o'sha bez ta'siri o'tadigan organ holatiga bog'liq va aksincha. Modomiki shunday ekan, ya'ni bezning gormoni boshqasining holatiga ta'sir qiladi va aksincha. Endokrin bezlarning o'zaro aloqadorligini tushuntirish uchun 1941 yilda M.M.Zavodovskiy o'zaro musbat-manfiy ta'sir to'g'risidagi prinsipini olg'a surdi. Bu tamoyilgaqa ko'ra, o'zaro bog'liq bo'lgan ikkita endokrin bezdan birining gormoni ikkinchisining faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatsa, ikkinchisining gormoni birinchisining faoliyatiga ijobiy ta'sir qiladi. Masalan, gipofizni oldingi qismining gormonlari qalqonsimon bez, buyrak usti bezi va jinsiy bezlar faoliyatini kuchaytiradi. Ammo, bu bezlarning ayrim gormonlari gipofizning oldingi qismidan molekulalar yetilishini tezlashtiruvchi gormon ajralishini susaytiradi. Biroq, organizmdagi hamma endokrin bezlar ham bu tamoyilga bo'ysinavermaydi. Shunday bo'lsa-da, endokrin bezlarning qaytar bog’lanishda ishlashi ular faoliyatining neyrogumoral yo'l bilan boshqarilishida salmoqli o'rin egallaydi. Bir endokrin bez bir necha xil gormon ajratadi. Bu gormonlarning ayrimlari bir funksiyaga bir xil yo'nalishda ta'sir qilsa, boshqalari bunga qarama-qarshi ta'sir qiladi. Masalan, gipofizning lyuteinlovchi va follikulalar yetilishini jadallashtiruvchi gormonlari tuxum hujayralarining etilishiga ijobiy ta'sir qiladi. Me'da osti bezining insulin va glyukogon gormonlari bir-biriga qarama-qarshi ta'sir ko'rsatadi. Ularning birinchisi qonda qand miqdorini kamaytirsa, ikkinchisi esa ko'paytiradi. Shunday bo'lishidan qat’iy nazar, endokrin bezlardan tegishli gormonlar organizmning ehtiyojiga nihoyatda mos keladigan bir ravishda ajraladi.Endokrin tizimi inson tanasida deyarli barcha hayotiy jarayonlarni tartibga solishda juda muhim rol o‘ynaydi. Ichki sekretsiya bezlari garmonlar ishlab chiqaradi, bu jarayonni buzilishi jiddiy kasalliklarga olib keladi. Ko‘pchilik boshlang‘ich davrda organizmdagi o‘zgarishlarga befarq bo‘ladi yoki charchoq, stress va boshqa holatlarga bog‘lab, shifokorga murojaat qilmaydi. Kasallik kuchayib ketmasidan avval endokrinolog shifokori bilan maslahatlashib, boshlang‘ich davridayoq davolash va salbiy oqibatlarining oldini olish zarur.
Endokrin tizimi kasalliklarining belgilari:
Tomoq og‘rig‘i
Yutinganda tomoqda og‘riq, qichishish, narsa tiqilgandek bo‘lishi, ovoz tembrining o‘zgarishi kuzatiladi. Bunday o‘zgarishlar shamollash bilan bog‘liq bo‘lmasa, tez-tez qaytalansa, muntazam ko‘rinishga o‘tsa, bu qalqonsimon bez patologiyasi bo‘lishi mumkin. Bezning kattalashishi yoki unda tugunchalar paydo bo‘lishi yon atrofdagi to‘qimalar, nerv tolalarining siqilishiga olib keladi va natijada shunday belgilar paydo bo‘ladi.
Sochlarning faol to‘kilishi yoki tez o‘sishi, ko‘payishi
Аyollarning yuzida tuklarning ko‘payishi, boshning old qismidagi sochlar siyraklashishi, teri quruqligi, qichishish, tashqi ta’sirga sezgirlikning oshishi – bu jinsiy bezlar gormonal muvozanat buzilganligi tufayli, estrogenlarning kamayishi va testesteronning ko‘payganligini bildiradi.
Tana vaznining keskin o‘zgarishi
Ishtahaning keskin o‘zgarishi, og‘iz qurishi, tashnalik, tez-tez peshobga chiqish, oyoqlarning boldir qismida og‘riq, uvishish paydo bo‘lsa, ko‘rish qobiliyati pasaysa, vazn keskin kamaya boshlasa, qandli diabet kasalligi boshlangan bo‘lishi mumkin. Qalqonsimon bez faolligi ortsa, ishtaha ochilishi, ichak harakatining kuchayishi va vazn yo‘qotish alomatlari paydo bo‘ladi.
Аsabiylashish
Haddan tashqari asabiylik, jizzaki bo‘lib qolish, kayfiyatning tushunarsiz o‘zgarishi, to‘satdan ko‘z yosh qilish, birdan eyforiya – xushchaqchaq holatga o‘tish endokrin tizimi patologiyasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Diqqatni jamlay olmaslik
Hatto odatiy vazifalarga ham diqqatni jamlay olmaslik, ma’lumotni sekin qabul qilish, uyquchanlik, kundalik ishlarga erinchoqlik, biror ishni qilolmaslik qo‘rquvi qalqonsimon bez faoliyatining pasayishi bilan bog‘liq.
Umumiy alomatlar
Terlashning kuchayishi, tana haroratining tez almashinuvi – isib yoki sovib ketish, bosh og‘rig‘i, yurak urish ritmining o‘zgarishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |