Me'da osti bezi.
Bu bez me'daning pastki va orqa sohasida bi¬rinchi bel umurtqasi ro'parasida joylashgan bo'lib, uzunJigi 16¬20 sm, massasi 70-80 g. Me'da osti bezi aralash bez bo'lib, to'qimasining 98-99% i tashqi sekretsiya funksiyasini bajarib, ovqat hazm qilishda ishtirok etuvchi fermentlarni ishlab chiqara¬di. Bez to'qimasining 1-2% i, ya'ni Langergans orolchasi deb ataluvchi qismi ichki sekretsiya funksiyasini bajaradi.Bezning Langergans orolchasida glyukagon, insulin, gastrin gormonlari ishlab chiqariladi. Glyukagon gormoni jigar va mus¬kullarda zahira holda to'plangan glikogen moddasini parchalab, glyukozaga aylantiradi va u qonga o'tib miya, yurak hamda boshqa organlarning hujayralariga oziq modda sifatida o'zlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |