Orqa miya. Orqa miyaning tuzilishi. Orqa miya umurtqa pog'onasi kanalida joylashgan bo'lib, uzunligi katta odamda 40-45 sm, massasi 30-40 g bo'ladi (2- rasm). Orqa miyada 13 mln dan ko'proq nerv hujayralari bor. Nerv hujayralarining tanasi 0,1 mm dan oshmaydi, lekin ba'zi nerv hujayralari tolasining uzunligi 1,5 m gacha yetadi. Orqa miya uch qavat parda bilan o'ralgan. Tashqi qavati qattiq, o'rta qavati o'rgimchak to'rsimon va ichki qavati yumshoq parda bo'ladi. O'rta va ichki parda orasida orqa miya suyuqligi bo'ladi. Orqa miyaning yuqori qismi birinchi bo'yin umurtqasiga to'g'ri keladi va bosh miyaning pastki qismi bo'lgan uzunchoq miyaga tutashadi, pastki qismi 1-2- Bel umurtqalari sohasida konus shaklida tugaydi. Undan pastga ip shaklida davom etadi, ipning yuqori
qismida nerv hujayralari bo'lib, ipning uchi umurtqa pog'ona sining dum qismida tugaydi.
Orqa miya 31-33 ta segmentdan iborat. Shulaming 8 tasi bo'yin qismida, 12 tasi ko'krak, 5 tasi bel, 5 tasi dumg'aza va 1-3 tasi dum qismida bo'ladi. Orqa miya ko'ndalangiga kesilsa, u ikki xil moddadan: tashqi qismi oq odda, ichki qismi kulrang moddadan tuzilganligi ko'rinadi (4 - rasm). Kulrang modda kapalak yoki H harfiga o'xshash bo'lib, u nerv hujayralaridan tashkil topgan.Orqa miyaning oq moddasi nerv tolalaridan tashkil topgan bo'lib, ular orqa miyaning turli segmentlaridagi nerv hujayralarini bir-biriga va ularni bosh miyaning nerv hujayralari bilan tutashtiradi. nervva tolalari orqa va bosh miya nerv markazlaridan impulslarni bir-biriga o'tkazish funksiyasini bajaradi.Orqa miya kulrang moddasining bir juft oldingi, va bir juft orqa bir juft shoxlari bo'ladi. Oldingi shoxlarida harakatlantiruvchi nerv hujayralari, orqa shoxlarida sezuvchi, yon shoxlarida vegetativ nerv hujayralari joylashgan. Ulardan harakatlantiruvchi, sezuvchi va vegetativ nervlaming uzun tolalari chiqib, to'qima va organlarga boradi. Nerv hujayralarining kalta o'simtalari hujay ralarni bir-biri bilan tutashtiradi. Ular umurtqa pog'onasining kanalidan tashqariga chiqmaydi.
Ichki sekretsiya - organizmdagi har xil aʼzo va toʻqimalarning qonga yoki toʻqima suyuqligiga maxsus moddalar ishlab chiqarishi. Odatda, Ix. bezlari (endokrin bezlar) deganda maxsus fiziologik faol moddalar — gormonlarni sintezlab, organizmning bevosita ichki muhiti — qon va toʻqima suyuqligʻiga chiqaruvchi bezlar tushuniladi. I.s. bezlariga gipofiz, qalqonsimon bez, qalqonsimon bez yonidagi bezchalar, buyrak usti bezlari, meʼda osti bezining orolcha (ink-retor) qismi, jinsiy bezlarning bir qismi, shuningdek, epifiz (gʻurrasimon bez), ayrisimon bez (timus) kiradi. I.s. bezlarining hammasi bir-biriga chambarchas bogʻliq boʻlib, yagona funksional sistemani tashkil etadi, uning faoliyatini nerv sistemasi boshqaradi. Gipofiz I.s. bezlari orasida alohida oʻrin tutadi. I.s. bezlaridan chiqadigan gormonlar organizmning turli aʼzo va sistemalarini bir-biriga bogʻlaydi, organizm funksiyalarining gumoral yoʻl bilan (suyuqliklar vositasi b-n) boshqarilishida qatnashadi. I.s. bezlarining asosiy vazifasi moddalar almashinuvi, oʻsish, jismoniy taraqqiyot va balogʻatga yetishni boshqarishdan iborat.
Organizmning oʻzgarib turadigan tashqi va ichki muhit sharoitiga moslashuvida I.s.ning ahamiyati katta. Mas, gavda t-rasining refleks yoʻli bilan boshqarilishida gipofiz va qalqonsimon bezdan chiqadigan gormonlar miqdori oʻzgarib turadi. Organizmga infeksiya, intoksikatsiya (zaharlanish), shikastlar, ogʻriq taʼsir etganda, kishi hayajonlanganda va shunga oʻxshash hollarda buyrak usti bezlari, gipofiz va qalqonsimon bez tegishli gormonlarni koʻproq chiqaradi; ayni vaqtda, moddalar almashinuvi kucha-yib, yurak urishi tezlashadi, shikastlar yoki intoksikatsiya taʼsirida qon bosimi koʻtariladi va organizmning boshqa bir qancha funksiyasi faolla-shadi, bularning hammasi organizmning oʻzgargan sharoitga moslashuviga yordam beradi. I.s. bezlari garchi bir-biriga taʼsir etsa ham, biror bezning koʻproq zararlangani haqida fikr yuri-tishga va uning kasalligi haqida ga-pirishga imkon beradigan muayyan sim-ptomlarni ajratish mumkin. Mas, gipofizning oldingi boʻlagi yetarli ishlamaganda boʻy oʻsmaydi, odam ozib ketadi (kaxeksiya); gipofizning orkadagi boʻlagi yetarli ishlamaganda qandsiz diabet, oldingi boʻlagi kasallanganda gigantizm va akromegaliya roʻy beradi va h.k. Buyrak usti bezlari poʻstloq qavatining funksiyasi buzilganda bronza kasalligi, ayollarda shu qavat gormonlaridan biri ortiqcha hosil boʻlganda virilizm roʻy beradi. Buyrak usti bezlarining magʻiz qavati zararlanganda adrenalin koʻp ishlanib chiqishi tufayli qon bosimi dapqir-dapqir koʻtariladi, gavda t-rasi oʻzgarib turadi, qonda qand koʻpayadi (giperglikemiya). Meʼda osti bezining orolcha (inkretor) qismi insulin gormonini kam chiqarganda qandli diabet paydo boʻladi.
Qalqonsimon bezning ortiqcha ishlayotganligi diffuz toksik buqoqda, kam ishlayotganligi esa miksedema va endemik buqoqda namoyon boʻladi. Qal-qonsimon bez yonidagi bezchalar yetarli ishlamaganda kalsiy va fosfor almashinuvi, jigarning zaharlarni za-rarsizlantirish funksiyasi buziladi, natijada tetaniya roʻy beradi.
I.s. bezlarining kasalliklarini endokrinolog vrach davolaydi. Bemorga gormonal preparatlar, rentgenoterapiya, operatsiya, parhez, fizioterapiya va iqlim bilan davolash buyuriladi.
Sezgi organlari - organizmga taʼsir qilayotgan tashqi taʼsirotlarni qabul qilish va idrok etishni taʼminlaydigan ixtisoslashgan periferik tuzilmalar. Ular organizm tashki va ichki muhitdan oladigan turli qoʻzgʻalishlarni qabul qilib, bu hakdagi informatsiyani markaziy nerv sistemasiga uzatadi. So. organizmning atrof muhitga yanada moslashishiga imkon beradi. Oʻta ixtisoslashgan qoʻzgʻaluvchanlik tufayli So. faqat maʼlum turdagi taʼsirotning idrok etilishini taʼminlaydi. Odamda koʻrish organlari, eshitish organlari, hid bilish organlari, maza bilish, tuygʻu organlari farq qilinadi. So. tarkibiga retseptorlar taʼsirlanganda qoʻzgʻalishga qobiliyatli sezgir nerv tolalarining uchi hisoblangan spetsifik nerv tuzilmalari kiradi. Har qanday sezgi organi faqat analizatorlarning periferik boʻlimi hisoblanadi.
Odam organizmida ueh xii bez bo'ladi:
1. Tashqi sekretsiya bezlariga tetidagi ter, yog', sut, so'lak (quloq oldi, til osti va jag' osti) hamda me'da va ichak shilliq qavatidagi shira ajratuvehi bezlar kiradi. Bularda ishlab ehiqariladigan suyuqliklar tashqi muhitga chiqariladi. Shuning uehun bu bezlar tashqi sekretsiya bez/ari deb ataladi. Ba'zi olimlaming fikrieha, jigar ham eng katta tashqi sekretsiya bezi hisoblanadi, ya'ni ishlab ehiqariladigan o't suyuqlig'i iehakka quyiladi va najas bilan tashqariga ehiqariladi.
2. Ichki sekretsiya bezlari. Bular odam tanasining turli qismlarida joylashgan bo'lib, ularda ish lab ehiqariladigan suyuqliklar organizmning ichki muhitiga, ya'ni qon va limfaga quyiladi. Shuning uchun bu bezlar ichki sekretsiya bez/ari deb ataladi. lehki sekretsiya bezlariga gi pofiz, epifiz, qalqonsimon, qalqon oldi, ayrisimon, buyrak usti bezlari kiradi.
3. Aralash bezlar. Bularning to'qimasi ikki qismdan iborat.
. bo'lib, bir qismida ishlab ehiqariladigan suyuqlik xuddi tashqi sekretsiya bezlariga o'xshab tashqi muhitga ehiqariladi, ikkinehi qismida ishlab ehiqariladigan suyuqlik esa xuddi iehki sekretsiya bezlari singari organizmning iehki muhitiga, ya'ni qon va limfaga quyiladi. Aralash bezlarga oshqozon osti va jinsiy bezlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |