6.3 Amaliy qism.
Bu qism amaliy ko’nikmalar o’zlashtirishga bag’ishlangan. Mashg’ulotni bu qismida talabalar domlalar nazoratida bemorlarni kurasiya qilishadi.
Buning uchun qandli diabet va tireotoksikozli ikkita-uchta bemor tayyorlanadi. Kurasiya vaqtida talabalar e`tibori bemorlar shikoyatlariga jalb qilinadi. Ko’ruv vaqtida talabalar mustaqil ravishda bemorlar anamnezini yig’ishlari kerak. Ko’zdan kechirish jarayonida aniqlangan patologik simptomlarga e`tibor berishlari kerak. Qalqonsimon bez palpasiyasini o’tkaza bilishlari kerak. So’ngra bemorning ahvoli to’g’risida gruppa ichida muhokama o’tkaziladi.
Amaliy mashg’ulot yakunlarini o’tkazilayotganda talabalarning bilimlari bilan birga ularning leksiya va amaliyot daftarlari borligiga va talabaning bemor kurasiyasidagi qatnashuvi hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |