Ichki sekretsiya bezlari kasalliklarida bemo’rlarni so’rab – surishtirish, anamnez yig’ish. Umumiy va mahalliy ko’zdan kechirish



Download 29,43 Kb.
bet5/9
Sana21.06.2021
Hajmi29,43 Kb.
#72491
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ichki sekretsiya bezlari kasalliklarida bemo’rlarni so’rab – sur

6. Darsning mazmuni.

6.1 Nazariy qism

Amalliy mashg’ulotni o’tkazish uchun talabalarni anatomiya va fiziologiya bo’yicha bilim darajasini tekshirish kerak. Buning uchun talabalarga ba`zi bir savollar beriladi.Masalan:


- diffuz-toksik buqoq nima;
- modda almashinuvi nima;
- qalqonsimon bez kattalashuvining nechta darajasi bor.
Amaliy mashg’ulotni o’tkazish uchun «qopdagi mushuk» interaktiv o’yini o’tkaziladi. Buning uchun mashg’ulot bo’yicha savollar tayyorlanib konvertga solinadi. Har bir talaba konvertdan bitta savol oladi va ikki minut davomida o’z javobini yozadi. So’ngra har bir javob muhokama qilinadi.

Qalqonsimon bez giperfunksiyasida yuz ko’rinishi.


Miksedemada yuz ko’rinishi.
Akromegaliyada qanday o’zgarishlar bo’ladi.

Addison kasalligida qanday o’zgarishlar bo’ladi.


Isenko-Kushing sindromida qanday o’zgarishlar bo’ladi.

Endokrin buzilishli bemorlarga qanday shikoyatlar xos.


Endokrin kasallikli bemorlardan anamnez yig’ishda nimalarga e`tibor berish kerak.
Qanday kasallikda qo’l kafti «akusher qo’li» shakliga kiradi.
Qandli diabetda terida qanday o’zgarishlar bo’ladi.
Qanday kasalliklarda kaxeksiya kuzatiladi.
Mashg’ulot davomida talabalarga shikoyatlarni, hayot tarixini, kasallik tarixini, nasliy faktorlarni o’ziga xosligi aytib beriladi.
Anamnez yig’ish ketma-ketligi o’ziga xosligiga alohida e`tibor beriladi. So’rab-surishtirish.

Shikoyatlar. Endokrin sistemasini barcha sistemalar funksiyasiga ta`siri kattaligi sababli shikoyatlar ko’p bo’ladi. Endokrin buzilishli bemorlar psixik qo’zg’aluvchanlikga, chuqur bo’lmagan bo’linuvchan uyqu, xotira pasayishiga, serjaxillikga, ko’p terlashga, yurak urib ketishiga, qaltirashga, qulok shang’illashiga, boshga qon quyilish sezgisiga, teri qichishiga, ko’p chanqashga, ozishga, shikoyat qiladi.


Bemor so’rab-surishtirilganda, endokrin kasalliklarga xos nerv-psixik ko’rinish aniqlanadi: ko’p terlash, harakatlar tezligi, tez gapirish, apatiya, holsizlik (qalqonsimon bez funksiyasi buzilishlarida), aqliy rivojlanish orqada qolishi (infantilizm va kretinizm).

Anamnez. Kasallik kelib chiqishiga sabab bo’luvchi faktorlarni topish katta ahamiyatga ega. Tireotoksik buqoq kelib chiqishida kuchli hayajon, qo’rquv,psixik travmalar katta rol o’ynaydi. Ko’p hollarda endokrin kasalliklar voyaga yetish davrida, tug’riqdan keyin va klimaks vaqtida yuzaga keladi. Endokrin kasalliklar kelib chiqishida nasliy faktor ham katta rol o’ynaydi. Masalan, qandli diabet. Ba`zi hollarda, endokrin kasallik kelib chiqishiga boshqa kasalliklar sabab bo’lishi mumkin. Masalan, buyrak usti bezi tuberkulyozi, ularning yetishmovchiligiga sabab bo’ladi (Addison kasalligi).


Endokrin kasalliklarda bemorlarni ko’zdan kechirish katta ahamiyatga ega. Ba`zi hollarda bemorga bir nazar tashlaganda tashxiz qo’yish mumkin (umumiy ko’rinishi, yoki ayrim xarakterli belgilarga qarab). Bu quyidagi kasalliklarga tegishli: tireotoksik buqoq, miksedema, akromegaliya, gigantizm, nanizm, gipofizar kaxeksiya, Isenko-Kushing sindromi, Addison kasalligi, yog’ almashuvini buzilishi va h.k.
Endokrin sistemasi kasalliklarida, ayniqsa qalqonsimon bez va gipofiz zararlanganda bemorlarni yuzida o’zgarishlar bo’ladi. Qalqonsimon bez giperfunksiyasida katta ochilgan, olaygan, kam pirillovchi, yiltiroq ko’zlar qo’rquv ifodasini beradi. Qalqonsimon bez funksiyasi pasayganda (miksidema) keng, dumaloq, ajinsiz yuz befarqlik va aqliy zaiflik ifodasini beradi. Gipofiz giperfunksiyasida yuzaga keladigan akromegalik yuz qosh usti rivojlanib ketishi, burun, lab, til va jag’ni katta bo’lib ketishi bilan ajralib turadi. Gipofiz gipofunksiyasi semizlik, erkaklarda ayolsimon ifoda bilan ajraladi.
Bo’yinning oldingi qismi ko’zdan kechirilganda qalqonsimon bez kattalashishi haqida tushunchaga ega bo’lishi mumkin. Gipofiz oldingi qismi funksiyasi oshishi sababli akromegalik gigantizm yuzaga keladi (195 sm.dan yuqori). Bu shuningdek jinsiy bezlar funksiyasi pasayishi sababli ham yuzaga keladi (evnuh sifat gigantizm). Karliksimon bo’y (135sm. dan kam) gipofiz oldingi qismi funksiyasi pasayishi natijasida yuzaga kelishi mumkin. Bunda tana yosh bolalar proporsiyasili bo’ladi, jinsiy organlar yaxshi rivojlanmaydi, ikkilamchi jinsiy belgilar bo’lmaydi.
Miksedemaga yuz terisini sarg’ish rangli bo’lishi xos. Isenko-Kushing sindromiga yuz giperemiyasi xos (gipofiz oldingi qism giperfunksiyasi). Addison kasalligiga shilliq qavatlar va terini bronza rangida bo’lishi xos. Qalqonsimon bez funksiyasi pasayishiga quriq kepaklanuvchi teri xos. Gipoteriozda teri quruq va sovuq bo’ladi. Giperteriozda teri illiq va nam bo’ladi. akromegaliyada teri qalin bo’ladi. Qandli diabetda teri kurik bo’ladi, ba`zan furunkulyoz kuzatiladi. Qovoqlarda xolesterin yig’ilishi ko’riladi.
Endokrin kasalliklarida sochlar katta diagnostik ahamiyatga ega. Erkaklarda ayolsimon soch o’sishi evnuhoidizm uchun xos. Akromegaliyaga soch kam o’sishi xos. Miksedema uchun qosh, kiprik, mo’ylov, soqol va soch to’kilishi xos. Teriogen semirishga yog’larni tana bo’ylab tekis tarqalishi xos. Gipofizar va jinsiy semizlikga yog’larni tos suyagi atrofiga yig’ilishi xos. Isenko-Kushing sindromiga yog’larni yuz sohasiga yig’ilishi xos. Keskin ozish,qandli diabet va teriotoksik buqoqga xos. Simmons kasalligining asosiy simptomlaridan biri kaxeksiyadir (gipofizar kaxeksiya).
Qalqonsimon bez oldi bezi gormoni qonda yetarli bo’lmaganda, bemorlarda tonik qo’zg’alishlar kuzatiladi (qonda kalsiy miqdorini kamayishi sababli). Tonik qo’z’galishlar asosan bukuvchi muskullarda kuzatiladi va qo’l «akusher qo’li» formasiga kiradi. Yuz muskullari qo’zg’alishlarida bemor kulayotgandek ko’rinadi.


Download 29,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish