Diffuz toksik buqoq ( Grebs yoki Bazed kasalligi) qalqonsimon bezning
eng ko'p uchraydigan kasaliklaridan hisoblanadi. Bundan tashqari
miksedema, kretinizm, gipotireoz kabilar kiradi.
Patoanatomiyasi: Miksedema- voyaga yetgan odamning qalqonsimon bezi sust ishlaganda ro'y beradigan holat. Bemorning asosiy modda almashinuvi 30-40 % kamayib ketadi. Tana harorati pasayadi. Bradikardiya, gipotoniya kuzatiladi. Oqsillar almashinuvi buzilishi natijasida a'zo va to'qimalarning hijayralararo bo'shliqlarida albumin va mutsin miqdori ko'payib, bu yerdagi suyuqlikning onkotik bosimi oshadi. Natijada to'qimalarda suv yig'iladi, « shilimshiq shish » paydo bo'ladi. Nerv tizimi zararlangani uchun odamning fikr yuritishi va so'zlashishi qiyinlashadi, hech narsaga ishtiyoq bo'lmaydi. Endokrin bezlar, xususan jinsiy bezlar faoliyati buziladi.
6. Mashg’ulot mazmuni.
Do'stlaringiz bilan baham: |