ANGREN SHAHAR
TIBBIYOT
BIRLASHMASI
ICHKI MEHNAT
TARTIB
QOIDALARI
ICHKI MEHNAT TARTIB
QOIDALARI
Umumiy qoidalar
Ichki mehnat tartibining ushbu Qoidalari Mehnat Kodeksiga, mehnat tug‘risidagi boshqa qonun xujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan va mehnat shartnomasini tuzish, o’zgartirish va bekor qilishni, ish vaqti va dam olish vaqtidan foydalanishni, mehnat intizomini hamda ish beruvchi bilan xodim o‘rtasida yuzaga keladigan boshqa huquqiy munosabatlar masalalarini tartibga soladigan asosiy qat’iy me’yoriy xujjat hisoblanadi.
Qoidalar Samarkand davlat muzey-quriqxonasining kasaba uyushma tashkiloti bilan kelishib, tasdiqlangan kundan boshlab kuchga kiradi va muzey-quriqxonasida qullaniladi.
Qoidalarga rioya qilish ish beruvchi va barcha xodimlar uchun majburiy hisoblanadi, uni bajarmaslik qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikga tortish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Ish beruvchining asosiy majburiyatlari (17 -modda):
Xodimlarning mehnatini tashkil etish.
Qonun xujjatlari va boshqa meyoriy xujjatlarda, mehnat shartnomasida ko’zda tutilgan mehnat shart-sharoitlarini yaratish.
Xodimga u bajargan ish uchun korxonada belgilangan mehnatga haq tulash shartlariga muvofiq o’z vaqtida va tuliq xajmda haq tulash.
Mehnat va ishlab chiqarish intizomini, mehnatni muxofaza qilish shart-sharoitlarini ta’minlash.
Qonunchilikga, jamoa va mehnat shartnomasiga muvofiq xodimlar tomonidan dam olish huquqini amalga oshirishni, ularga kafolat va badal tulovlari tulanishini ta’minlash.
Mehnat majburiyatlarining bajarilishi munosabati bilan unga etqazilgan zarar uchun xodimga haq tulash.
Xodimlarning vakolatli organlari xisoblangan kasaba uyushma qumitasi huquqlariga rioya qilish, ularning faoliyatiga kumaklashish, mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo’yicha muzokaralar olib borish.
Mehnat kodeksiga muvofiq jamoa shartnomalarini tuzish.
Xodimning majburiyatlari (16-modda):
O’zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish.
Mehnat intizomiga rioya qilish, ish beruvchining qonunga muvofiq keladigan farmoyishlari va ko’rsatmalarini o’z vaqtida hamda aniq bajarish;
Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik tehnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalarga rioya qilish;
Korxonaning mol-mulkiga avaylab munosabatda bo’lish;
Mehnat jamoasining a’zolari, ish jarayonida aloqa qiladigan boshqa shaxslar hamda muzeyga tashrif buyuruvchilar bilan xushfe’l munosabatda bo’lish.
Do'stlaringiz bilan baham: |