O’quv-uslubiy majmua. Amaliy mashg’ulotlar. Ambulator terapiya
Sariqlik yoki jigar kasalliklarida ishqoriy fosfataza miqdorini yuqori darajada oshishi o‘t
sekretsiyasining buzilishi yoki jigardagi infiltrativ jarayon kechayotganining yaqqol dalili bo‘lib
hisoblanadi. SHunga qaramasdan jigar ichi xolestazini jigardan tashqari xolestaz bilan differensial
tashxislashda birgina labaratoriya tekshirishlar ko‘rsatkichlariga tayanishi kamlik qiladi.
Ayrim klinitsistlar «obturatsion sariqlik» atamasini o‘t yo‘llarining anatomik obstruksiyasi
holatlarida ishlatishadi, «xolestatik sariqlik » atamasini esa, obturatsion faza funksional
bo‘lib,jigar parenximasi shikastlanishida ishlatiladi. Har ikkala holat bir – biriga biokimyoviy va
klinik parametrlar bo‘yicha bog‘lik bo‘lganligidan, «obturatsion sariqlik» va «xolestatik sariqlik»
atamalari bir hilda ishlatiladi.
Obturatsion yoki xolestatik sariqlik bilan kechuvchi gepatotsellyulyar o‘zgarishlar
quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1.virusli geratitning kamdan kam uchrashi;
2.Dori vositalariniga reaksiya, asosan xlorpromazin (aminazin) va metiltestosteron;
3.alkogolli gepatit yoki alkogol fonida kelib chiqqan yog‘li gepatit
4.Homiladorlikning oxirgi trimestrdagi sariqlik
5.Ko‘p holatlarda Dabin – Djonson yoki Rotor sindromlarida
6.YAxshi sifatli, retsedivirlangan jigar ichi xolestazi;
Xulosaqilib aytish mumkinki, erkin billirubin bilan bog‘liq barcha giperbillirubinemiya
shakllari billirubinni o‘t suyuqligiga tushmasligini asoslaydi. Ko‘p hollarda jigar parenximatoz
kasalliklarida jigar funksiyasini belgilovchi biokimyoviy o‘zgarishlarni ko‘rish mumkin.
SHu asnoda jigarni funksiyasini belgilovchi holat bo‘lib, erkin billirubin bilan bog‘lik
giperbillirubinemiya va ishqoriy fosfatazani qon zardobida o‘rtacha yoki yaqqol oshishi
ahamiyatlidir. Bunda «obturatsion» yoki «xolestatik sariqlik» atamasini qo‘llash to‘g‘ri bo‘ladi.
Xolestaz sababini bilish uchun ko‘p xollarda qo‘shimcha metodlardan, operativ
yondashuvdan foydalanish mumkin bo‘ladi.
Qon zardobidagi umumiy bilirubindan laboratoriya tekshiruvlari yordamida bog‘langan
(konyugirlangan, bevosita) va bog‘lanmagan (konyugirlanmagan, bilvosita) bilirubin ko‘rsatkichlari
aniqlanadi. Sog‘lom kishi qon zardobida umumiy bilirubin miqdori 3,4-20,5 mkmol/l, bog‘langan
bilirubin uni 15% yoki 0-3,4 mkmol /l, bog‘lanmagan bilirubin 7,1 mkmol/l.ni tashkil qiladi.
Odatda qon zardobi bilirubini ko‘rsatkichi 51,3 mkmol/l dan oshmasa sariqlik namoyon
bo‘lmaydi. Sariqlik og‘irlik darajasini umumiy giperbilirubinemiya ko‘rsatkichi belgilaydi va engil
(85 mkmol /l.), o‘rtacha (86-169 mkmol/l), og‘ir (170 mkmol/l.dan yuqori) sariqlik farqlanadi.
Sariqlikka chalingan bemorlarni sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirish va ob’ektiv ko‘rikdan
o‘tkazish uning sababini aniqlashda muhim ahamiyatga ega ekanligini UAV unutmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: