Jigar sariqliklari
Jigar sariqligi gepatotsitlarning (va xolangiolalar) zararlanishi natijasida uning bilirubin
ajratish, tutib qolish va regurgitatsiya qobiliyati buzilishi oqibatida kuzatiladi. Kelib chiqishiga
virusli gepatitlar (A,V,S,D,E), shu jumladan, surunkalilari, yuqumli mononukleoz, sitomegalovirus
infeksiyasi, leptospiroz, ichak iersiniozi, nasliy pigmentli gepatozlar, toksik gepatitlar, alkogolli
gepatit va jigar sirrozlari sabab bo‘ladi. Jigar to‘qimasi shikastlanishi natijasida yuzaga keladigan
sariqliklar orasida keng tarqalgani virusli gepatitlar hisoblanadi. Ularni o‘z vaqtida tashhislash va
tegishli tibbiy chora-tadbirlar ko‘rish muhim amaliy ahamiyatga ega. SHuning uchun UAV jigar
sariqligiga olib keluvchi kasalliklar to‘g‘risida batafsil ma’lumotga ega bo‘lmog‘i lozim.
Virusli gepatit A (VGA)
– o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, antroponozlar guruhiga mansub va
ko‘proq bolalarda uchraydi hamda kechishida davriylik xos. Kasallikning subklinik yoki sariqliksiz
– kam belgilar bilan kechadigan shakllari mavjud. YAshirin davrning so‘nggi kunlari va xastalik
boshlang‘ich davrining ilk haftasini boshidan kechirayotgan bemorlar infeksiya manbai bo‘lib
xizmat qiladi. Uning fekal-oral tarqalishi - maishiy aloqa, oziq-ovqat mahsulotlari va suv orqali
amalga oshadi. Kasallikning yirik o‘choqlari aholini suv bilan ta’minlovchi havzalarning najas bilan
ifloslanishi oqibatida yuzaga keladi va ko‘pincha kuz-qish fasllarida kuzatiladi. Gepatit A ning
o‘ziga xosligi, klinik jihatdan engil kechishi va jarayonning surunkali bosqichga o‘tish xavfi
umuman yo‘qligidadir. VGA, boshqa gepatitlar kabi sariqlik yoki usiz kechishi mumkin. Sariqlik
oldi davri odatda 4–5 kun davom etadi. Ko‘p hollarda grippga o‘xshash va aralash kechishi, ba’zan
– dispeptik va astenovegetativ shaklda kuzatiladi hamda ushbu davr tana harorati ko‘tarilishi,
behollik, bosh og‘rishi, ishtaha susayishi bilan davom etadi. Sariqlik oldi davri so‘nggida peshob
to‘yingan, najas esa aksincha oqish rangga ega bo‘ladi. VGA ning sariqlik davri peshob rangining
to‘yinishi, skleralar, og‘iz-halqum shilliq qavati va teri sarg‘ayishi bilan boshlanadi. Behollik,
uyquchanlik, ishtaha susayishi, o‘ng qovurg‘a osti sohasida simillovchi og‘riqlar kuzatiladi. Sariqlik
davri davomiyligi7–15 kun. VGAning asosiy xos markerlari - erta anti-NAV IgM
antitanachalardir. Ular qon zardobida yashirin davrning 5–10-kunidan boshlab paydo bo‘ladi va
kasallikning kechishi davomida aniqlanadi. Kechki anti-NAV IgG aniqlanishi ilgari VGA boshdan
kechirganligidan dalolat beradi. Kasallikka qarshi emlash deyarli doimo butun hayot mobaynida
immunitet shakllanishiga sharoit yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |