Ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a s. Isxakov, V. Topildiyev



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/136
Sana30.12.2021
Hajmi1,33 Mb.
#152516
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   136
Bog'liq
Rim huquqi. Isxakov S., Topildiyev V., Raxmanov A. Darslik. (1)

dominium «hukmronlik» degan ma’noni anglatib, umumiy asosda,
barcha vujudga kelgan mulkiy munosabatlarga qo‘llanilgan. Rimliklar
bu tushunchaga kviritlar so‘zini qo‘shib «kviritlar mulki» degan
ma’noni ifodalashga harakat qilganlar.
Rim davlatida huquqiy munosabatlarning yanada takomilla-
shishi natijasida huquqshunoslar milodning II asrlariga kelib,
ayniqsa mashhur huquqshunos Yulian «dominium» tushunchasini
ashyolarga bo‘lgan huquq deb isbotlab bergan, lekin ashyolarga
bo‘lgan mulkiy huquqni proprietas  deb  e’tirof etganlar.
Shu bilan birgalikda, Rim huquqshunoslari mulk huquqining
o‘ziga xos xususiyatlarini, sifatlarini to‘liq aniqlab berganlar.Ular
mulk huquqining o‘ziga xos xususiyati va sifati so‘zsiz, ashyoga
bo‘lgan hukmronlikning mutloq amalga oshirilishi va uni tasarruf
etish huquqiga ega bo‘lish, ya’ni sotish, almashtirish, ijaraga berish,
garov sifatida mulkni yo‘q qilish va boshqa munosabatlarni amalga
oshirishni ta’minlash deb tushunganlar, hamda mulk huquqining
asosini nimalar tashkil etishini ham belgilab berganlar.
Mulk  huquqining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat
bo‘lib, uni Rim huquqshunoslari quyidagicha talqin qilganlar:
— mulk huquqi — bu ashyolar ustidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
bevosita hukmronlik qilish va uni tasarruf etish;
— ashyolarning boshqa shaxslarga taalluqliligini yo‘qotadigan,
ashyolar haqida nizolar bo‘lmasligini ta’minlaydigan o‘ziga xos
hukmronlikni amalga oshirish;
— ashyolarga bo‘lgan boshqa  munosabatlardan farq qiladigan
mutloq huquqiy hukmronlikni ta’minlaydigan munosabat;
— ashyolarga bo‘lgan chegaralanishlar va huquqbuzarliklarning
tugatilishi bilan tezda hukmronlikni o‘rnata oladigan hamda shu
hukmronlikka moslasha oladigan harakatlarni amalga oshirish;
— to‘liq huquqiy ashyo sifatida, ya’ni hech qanday majbu-
riyatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan faqat ashyoni mutloq asosda egallab
olish istagini ifodalaydigan munosabat;
— ashyo ustidan to‘liq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri hukmronlikni
amalga oshirish uni tasarruf etish, foydalanish, hosil va daromad-


104
larini olishga bo‘lgan huquqlarni amalga oshirish munosabatlari
mulk huquqining tarkibini tashkil etib mulk huquqini keltirib
chiqargan.
Rim huquqining rivojlanishida yerga bo‘lgan mulkchilik muhim
ahamiyatga ega. Rim davlatida yer asosan patritsiylar qo‘lida
bo‘lganligi bois plebeylar kam yerga ega bo‘lgan. Shu bois patritsiy
va plebeylar o‘rtasidagi kurashning asosiy maqsadi ham yerga bo‘lgan
mulkchilik bilan bog‘liq bo‘lgan. Respublika davrida yerga bo‘lgan
mulkchilik shakllari asosan jamoa, davlat mulki va xususiy mulk
hisoblangan. Yerga bo‘lgan jamoa mulki, xususiy shaxslarning
xususiy mulkidan ajratilgan.
Quldorlik munosabatlarining, ayniqsa savdo munosabatlarining
yanada rivojlanishi natijasida rim fuqarolik huquqining institutlaridan
biri xususiy mulk huquqi yanada takomillashib bordi. Rim qullari
davlat tomonidan yoki ota hukmronligi asosida ajratilgan yerlardan
mulki va urug‘liklari bo‘lmaganligi sababli foydalana olmas edi.
Hatto yerlarni boy quldorlarga sotishga majbur bo‘lib, proletar
huquqiy holatiga, ya’ni mulksiz, yersiz va faqatgina oilasidan
farzandlar ko‘rish bilan bog‘liq boylikka ega bo‘lganlar xolos. Rim
shahri atrofidagi yerlar, davlatga qarashli bo‘lgan yerlar, qullar va
hayvonlar Rim davlatining eng qimmatbaho mulklari hisoblangan.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish