3-§. Egalik qilish va uning tugatilishij
Qadimgi Rim huquqshunoslari egalik qilishning vujudga kelish
asoslarini doimo corpus hamda animus bilan bog‘laganlar. Ular
haqiqatan ham egallashni konkret shaxsning ashyoga bo‘lgan
huquqlarining, ya’ni jismoniy egallash va egallash erkini xuddi
o‘z mulkiga bo‘lgan munosabatidek qarash asosida, xohish va
istakning birga vujudga kelganligini tushunishgan, hamda ikkala
elementning bir tomoni bo‘lmasa, u egallashni tashkil etmasligini
tushunganlar. Mulkni jismoniy egallash qiyinchilikni tashkil
etmagan, ammo mulkni egallash erkining ifodalanishini aniqlash,
murakkab bo‘lgan va erkning izhor etilishining kelib chiqish
asoslarini causa (asoslar) orqali aniqlash lozim bo‘lgan, ayniqsa
asoslarning nihoyatda ko‘p bo‘lishi ularni konkret voqelikka qarab
aniqlash taqozo etgan.
101
Egallashning tugatilish asoslari, ashyoga bo‘lgan corpus (uni
jismoniy egallash) ning yoki animus (egallash to‘g‘risidagi xohish,
istak va erk) ning yo‘qotilishi asosida; egallash obyektining shaxs
hukmronligidan chiqib ketishi, ashyoning boshqa shaxslarga o‘tib
ketishi asosida, hamda egallash obyektining o‘limi yoki fuqarolik
muomilasidan chiqarilishi natijasida ham vujudga kelgan.
Bundan tashqari, rim huquqida egallash vakillik instituti,
homiylar va vasiylar orqali ham amalga oshirilgan. Egalik qilish
ashyoni egallagan shaxsning vafot etishi bilan tugagan bo‘lishi
lozim bo‘lgan, ammo uning merosxo‘ri pretorga murojaat qilib,
egallash munosabatining yana davom etishini uzaytirishi mumkin
edi. Egalik qilishning o‘tishi ko‘pincha odat normalari, an’analar
va boshqa usullar orqali, hamda mulkni o‘z egaligida uzoq vaqt
mobaynida saqlash usullari orqali ham o‘ziga yoki boshqa shaxsga
o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan. Egalik huquqini himoya qilishning
asosiy maqsadi iqtisodda hukmron bo‘lgan sinfning quldorlar,
jretslar, magistratlar, pretorlar, bonitorlar va shunga o‘xshash
moddiy boyliklarga ega bo‘lgan shaxslarning manfaatini qo‘riqlash-
dan iborat bo‘lgan. Egalik huquqini himoya qilish interdiktlar ya’ni,
kuchli hokimiyatning buyruqlari — pretor ko‘rsatmalari asosida
himoya qilingan.
Egalik huquqini himoya qilish interdiktlari quyidagi uch asosda
amalga oshirilgan: avval mavjud bo‘lgan egalik huquqini saqlab
qolish; buzilgan egalik huquqini qaytadan tiklash va dastlabki
holatda vujudga kelgan egalik huquqini himoya qilishni kuchaytirish,
mustahkamlashdan iborat bo‘lgan. Ya’ni:
— egalik huquqining hozirgi davrdagi amalda bo‘lgan muno-
sabatlarini ko‘riqlash, ya’ni egallab turgan shaxsni egallovchi deb
tanib, boshqa shaxslarning tajovuz qilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
— kuch ishlatish yoki bildirmasdan, qonunga xilof ravishda
boshqa shaxs tomonidan egallangan ashyoni, mulkni o‘z egallov-
chisiga qaytarish;
— birinchi marta yoki dastlabki egallash bilan vujudga kelayot-
gan interdiktlar va boshqa usullarda himoya qilish munosabatlari
amalga oshirilgan.
Interdiktlarning qo‘llanilishi sudlarda ishni hal qilishga qaragan-
da qulay va tez asosda huquqlarni himoya qilgan, qo‘riqlagan va
102
ularning buzilishini ma’muriy huquqlar bilan taqiqlagan. Bu yo‘l
rim huquqida eng katta samaralarni bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |