Ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a s. Isxakov, V. Topildiyev



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/136
Sana30.12.2021
Hajmi1,33 Mb.
#152516
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   136
Bog'liq
Rim huquqi. Isxakov S., Topildiyev V., Raxmanov A. Darslik. (1)

(jus conubii)ga ega bo‘lmaganlar. Hatto ularni nikohdan o‘tkazmaslik
masalasiga siyosiy nuqtai nazardan yondoshib, chet el fuqarolarini
Rim oilasiga aralashtirmaslik hamda ularga Rim davlati fuqaroligi
huquqini bermaslikni ko‘zlaganlar.
Qadimgi Rim tarixida nikohga kirishish marosimlarining har
xil turlari qo‘llanilgan.
Birinchidan, kelin-kuyovga maxsus tayyorlangan nonni (yoki
shirinlikni) birga yeyish, qolgan qismini esa Yupiterga sadaqa asosida
olib kelish tartibida tuzilib, jretslar va boshqa shaxslar bilan bir
qatorda 10 ta guvoh ham qatnashgan.
Ikkinchidan, plebeylar marosimi, ya’ni bu tarozibon va simob
tayoqchasi bilan bog‘liq bo‘lib, unda er va xotinning ota-onalari
hamda beshta guvoh ishtirokida ilgaridan o‘rnatilgan so‘zlarni,
luqmalarni takrorlash shart bo‘lgan.


80
Kuyov turmushga chiqayotgan kelindan «men uchun haqiqiy
xotin, ya’ni «materfamilis» bo‘lishga qodirmisan» deb so‘rashi,
bo‘lajak xotin esa «sen qayerda bo‘lsang, Gay, o‘sha joydan meni
ham topasan» degan so‘zlarni qaytarishi, hamda kuyov qizning
otasiga misdan qilingan quymani «qalin» deb topshirishi lozim
bo‘lgan. Bu marosimlar sinfiy davrning oxirigacha saqlanib qolgan.
Uchinchidan, hech qanday marosimlarsiz, XII jadval qonunla-
rida ko‘rsatilganidek, xotin kishi o‘z taqdirini er kishi bilan bog‘-
lashni jazm qilib nikohdan o‘tadi va u er hokimiyati ostida to‘liq
qolib ketmaslikni e’tiborga olib, 1 yilda uch kecha-yu kunduz
boshqa joyda yashab kelishi lozim bo‘lgan va natijada er hukmron-
ligining mustahkamligini bo‘shashtirgan yoki bir yillik xotinga egalik
qilish huquqi uzilgan.
Bu marosimlardan yoki amalga oshirilgan harakatlardan
ko‘rinib turibdiki, hamma holatlarda nikoh munosabatlarini o‘rna-
tishdan maqsad asosan er kishiga (manus) hokimiyat yoki «musht»
berishni, ya’ni xotin kishi ustidan erning hukmronligini o‘rnatish
nazarda tutilgan.
Imperator Kanuley qonunlariga (445-yillar) asosan patritsiy
va plebeylar o‘rtasida nikoh munosabatlariga yo‘l qo‘yilmagan va
bunday munosabat Rim fuqarosi hamda  peregrinlar o‘rtasida ham
mavjud bo‘lgan.
Imperator Avgust qonunlariga binoan, ozod tug‘ilgan shaxslar
bilan ozodlikka qo‘yib yuborilgan shaxslar o‘rtasida, Rim
fuqarolari bilan aktrisalar, fohishalar hamda qo‘shmachilar bilan
nikoh tuzishga ruxsat berilmagan, ya’ni nikoh tuzish man etilgan.
Rim davlatida nikohning tugatilish asoslari quyidagilardan
iborat bo‘lgan:
— er-xotindan birining vafot etishi bilan;
— er-xotinning biri ozodlik holatlarini yo‘qotishi natijasida;
— sud tomonidan og‘ir jazoga tortilishi;
— ruhiy va jismoniy tomondan aqli noraso deb topilishi;
— ajrashish munosabatlarining ro‘yobga chiqishi bilan nikoh
tugatilgan deb hisoblangan.
Rim davlatining sinfiy davrida nikohdan ajratish erkin bo‘lib,
er va xotinning birgalikdagi roziligi, o‘z xohishlariga binoan


81
ajratilardi. Undan tashqari, tomonlardan birining  istagi bilan ham
ajratilgan.
Mutloq monarxiya davriga kelib, nikohdan ajratish ancha
murakkablashdi. Imperator Yustinian tomonidan qabul qilingan
qonunlarga asosan, ikki tomonning roziligi asosida tuzilgan
nikohdan ajratish man etildi. Lekin bir tomonlama erkni izhor
qilish natijasida nikohdan ajralishga qat’iy sabablar, ya’ni er va
xotinning bir-biriga xoinligi, bevafoligi, hayotiga suiqasd ujushti-
rishi, shuningdek ayb bilan bog‘liq boshqa harakatlarni amalga
oshirgan bo‘lsalar, katta  jarimani to‘lab nikohdan ajralishga rozilik
berilgan.
Nikohdan ajralish usullaridan yana biri, er va xotin tomonidan
ayb harakatlari bo‘lmagan taqdirda ham, birining jinsiy aloqaga
layoqatsizligi hamda diniy vakillar bilan butunlay monastirga o‘tish
ixtiyorini tanlagan  bo‘lsa, bunday holatlarda ham nikohdan ajratish
mumkin edi.
Gay o‘zining institutsiyasida nikohdan hech qachon er va
xotinning jahli chiqqan paytida ajratilishi mumkin emasligini
ta’kidlaydi. O‘z eridan ajrashgan xotin-beva «xafachilik» yilini
(traur yili) o‘tkazib, yangi turmushga chiqishi mumkin bo‘lgan.
Ammo axloq, odat normalari talab etgan hamda oldingi eridan
agar homilador bo‘lgan bo‘lsa, 6 oy ichida farzand ko‘rishi lozim
bo‘lgan va bu munosabatlar xotin kishining sofdil, ya’ni boshqa
shaxslar bilan aloqada bo‘lmaganligini ko‘rsatgan, hamda u 18
oydan keyin nikohga chiqa olgan. Eri o‘lgan ayol bo‘lsa, ikki yil
o‘tgandan keyin nikoh qurishi mumkin bo‘lgan. Yangi erga
chiqqan xotin, bolalarining manfaatini o‘ylagan holda yangi oilaga
oldingi eridan qolgan mulklarini unga o‘tkazmasligi va bermasligi
lozim bo‘lgan.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish