Ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a s. Isxakov, V. Topildiyev



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/136
Sana30.12.2021
Hajmi1,33 Mb.
#152516
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   136
Bog'liq
Rim huquqi. Isxakov S., Topildiyev V., Raxmanov A. Darslik. (1)

collegia funeraticia) bo‘lib, ular milodiy I asrning ikkinchi yarmida
tashkil topgan. Bunday muassasalarning vujudga kelishiga ehtiyoj
shunda ediki, qadimgi rimliklar o‘z tanalarining nafaqat tiriklik
paytidagi holatiga, balki vafot etganlaridan keyingi holati haqida
ham qayg‘urganlar. Yani, I—IV asrlarga oid manbalarda ko‘rsati-
lishicha, o‘sha davrdagi jamiyatning boy odamlari shahar tashqari-
sidan o‘zlari va o‘z yaqinlari uchun oilaviy mozor qilishga yerlar
sotib olganlar. Bundan farqli ravishda aholining qashshoq qatlami
bunday imkoniyatga ega bo‘lmaganlar va dafn marosimini
o‘tkazuvchi kollegiya — collegia tenioriumga a’zo bo‘lganlar. Bu
kollegiyaning a’zolari  har oyda uning hisobiga ma’lum miqdorda
pul o‘tkazib turishlari orqali o‘zlari uchun dafn etiladigan joy
sotib olish huquqiga ega bo‘lganlar. Lekin, ular o‘zlariga tegishli
yerga ega bo‘lganlaridan keyin ham kollegiya bilan aloqalarini uzib
qo‘ymaganlar. Sollegia teniorium o‘zining a’zolariga yer ajratib
berish bilan birga, ular vafot etganlaridan so‘ng tegishli diniy
rasm-rusumlarning o‘tkazilishini ham ta’minlagan. Shunday ekan,
bu kollegiyaga, asosan, jamiyatning quyi qatlamiga mansub
shaxslar, ozod qilingan shaxslar (libertini), o‘z xo‘jayinining
ruxsati bilan qullar va shu kabi shaxslar a’zo bo‘lganlar (tenuis
— lotincha «kambag‘al» degan ma’noni bildiradi). Mazkur
tashkilotning xarakterli jihati shunda ediki, ular ham jamoat muas-
sasalariga xos xususiyatlarga, ham muassasaga xos xususiyatlarga
ega edi. Uning jamoat tashkilotiga xos xususiyatini quyidagilarda
ko‘rib o‘tish mumkin:
birinchidan, collegia tenioriumning asosida jamoat tashkilot-
chiligi yotardi;
ikkinchidan, uning a’zolari huquq va majburiyatlarda teng
bo‘lganlar va uni boshqarganlar, umumiy kelishuv asosida uning
faoliyatini to‘xtatib qo‘yish huquqiga ham ega bo‘lganlar;


71
uchinchidan, collegia tenioriumning oldiga qo‘yilgan maqsad
va vazifalar uning faol a’zolarining shaxsiy xohish-istagi orqali
amalga oshirilgan. Shu bilan birga, collegia teniorium ko‘pgina rim
huquqiga oid adabiyotlarda xayriya muassasasi sifatida talqin qilinadi.
Chunki, ilk kollegiyalarning tashkil topish davridan boshlab u
bilan mustahkam aloqalar o‘rnatib borgan xristian cherkovi vaqt
o‘tishi bilan uni mablag‘ bilan to‘liq yoki qisman ta’minlab tura
boshladi va uning bosh asoschisiga aylandi. Endilikda mazkur
muassasaning asosiy ishchi va boshqaruvchilarini xristian cherkovi
vakillari tashkil etib, bu muassasaning xayriya va boshqa maqsadlarni
ko‘zlovchi faoliyati ular tomonidan boshqarilib turiladigan bo‘ldi.
Xullas,  collegia teniorium jamoat tashkiloti sifatida talqin
qilinganda ham, muassasa sifatida talqin qilinganda ham shuni
ko‘rish mumkinki, uning bosh maqsadi va vazifasi aholining
qashshoq va qiyin ahvolda hayot kechiruvchi qatlamiga yordam
berish, ularni bir oila sifatida birlashtirish hamda ularga har
tomonlama muruvvat ko‘rsatish edi.
Qadimgi Rimda ad pia causa nomli xayriya muassasalari ham
mavjud bo‘lib, ular imperator Konstantin (306—337-y.) hukm-
ronligi davrida vujudga kelgan. Umumiy nom bilan ad pia causa
deb atalgan mazkur xayriya muassasalari tarkibiga kasalxonalar

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish