Ichki ishlar idoralari xodimlarining


-§. ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARINING



Download 0,5 Mb.
bet66/161
Sana06.02.2023
Hajmi0,5 Mb.
#908221
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

3-§. ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARINING FAOLIYATIDA FOJIALILIK VA KULGILILIK
Fojialilik va uning mohiyati. Fojia deganda, odatda, boshga tushgan ayanchli musibat, qayg‘u, halokat tushuniladi. Zero, hayotda ziddiyat va to‘qnashuvlar mavjud ekan fojialar bo‘lib turishi muqarrar. Bundan qochib qutulib bo‘lmaydi.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining fojiasi deb ularning hayotdagi muhim kuchlar ziddiyati natijasida kelib chiquvchi to‘qnashuvlarning ishtirokchilari bo‘lib qolishlari yoki ularni bartaraf etish vaqtida qayg‘u bosib, g‘am-alam chekib, ayanchli ahvolga tushib qolgan holda halokatga uchrashlariga aytiladi.
Fojialilikning obyektiv asosini inson, uning taqdiri, azob-uqubat chekishi va halokatga uchrashi tashkil etadi. Ammo har qanday odamning azob-uqubati, halokati fojia bo‘lavermaydi: faqat yaxshining, qahramonning halokatigina fojiali bo‘lishi mumkin. Ablahning, jinoyatchi muttahamning o‘limi fojia emas. Yaxshi odamlarning o‘limi haqiqiy fojiadir.
Fojia tarixiy davrning burilish nuqtalarida, eski ijtimoiy aloqalar va munosabatlar barbod bo‘lib, eski siyosiy qarashlar, estetik va axloqiy
aqidalar mashaqqat bilan baholanayotgan sharoitlarda ravnaq topadi1. Masalan, SSSR davlati tanazzulga uchraganidan so‘ng tojik xalqining boshiga tushgan kulfat buning yaqqol misoli bo‘la oladi. Tojikistonda eskilik bilan yangilik o‘rtasidagi kurashning tinch yo‘l bilan emas, balki qurolli to‘qnashuv yo‘li bilan amalga oshirilib, yuz minglab odamlarning o‘ldirilishi, shuncha oilalarning vatanidan judo bo‘lishi XX asr oxiridagi fojialardan biridir.
Fojialilik jamiyatdagi barcha ziddiyatlarni qamrab ololmaydi. Bu ziddiyatlar hech qachon butun insoniyat tarixi davomida faoliyat ko‘rsatadigan to‘qnashuvlarning manbaini tashkil etmaydi.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining faoliyatidagi fojialilik, jumladan, jinoyatchilikka qarshi kurashayotgan xodimning mardlarcha halok bo‘lishida, oilasining rashk oqibatida barbod bo‘lishida, har xil adolatsizliklarning qurboni bo‘lishida yaqqol ko‘rinadi. Bunday xodimning halokatga uchrashidan butun xizmat jamoasi, mahalla va xalq qayg‘uradi. Biroq, xodimning jinoyatchilar to‘dasiga qo‘shilib ketishi uning fojiasi emas, balki o‘z kasbi-burchiga xiyonati, Vataniga nisbatan sotqinligi sifatida baholanadi.
Fojialilik o‘zining badiiy ifodasini san’at asarlarida topgan bo‘lib, ular xalqqa, bir tomondan, jinoyatchiga nisbatan nafrat hissini uyg‘otishga xizmat qilsa; ikkinchi tomondan, kelajakka umid va ishonch uyg‘otish, yaxshilik va go‘zallik yomonlik va yovuzlikdan albatta ustun keladi, go‘zallik olamni yovuzlikdan kutqaradi, degan ma’naviy g‘oyani shakllantirish uchun zamin yaratadi.
Kulgililik va uning shakllari. Kulgililik – faqat insongagina xos xislat. Kulgililik asosida umrini yashab bo‘lgan yoki bo‘layotgan hodisalar yotadi.
«Kulgililik» tushunchasiga ta’rif berish qiyin. Chunki kulgi qo‘zg‘ay- digan narsa, voqea-hodisalarning benihoya ko‘pligi, uning qo‘nimsizligi, o‘zgaruvchanligi bunga imkon bermaydi.
Kulgililik umrini tugatib, yangilikka to‘siq bo‘layotgan illatlarning kulgi qo‘zg‘atishidir. Kulgililik go‘zallik va xunuklik o‘rtasidagi ziddiyat- ning kalaka bo‘ladigan darajasidir. Kulgililik insonning tashqi ko‘rinishi bilan asl mohiyati o‘rtasidagi nomuvofiqliklar, tafovutlar, beo‘xshovliklar, kelishmovchiliklarni anglab, masxara qilishdir.




1 Qarang: Умаров Э. Эстетика. – Т.: Ўзбекистон, 1995. – Б.122.
Kulgi o‘z xususiyatiga ko‘ra demokratik mazmunga ega bo‘lib, odamlarni bir-biriga qovushtiradi, o‘zaro tenglashtiradi. U insoniylikka va axloqqa zid bo‘lgan illatlarga qarshi kurashning samarali vositasi, inson kuch-qudrati va ozodligining timsolidir.
Kulgililikning quyidagi shakllari mavjud:
Yumor (hazil-mutoyiba, hajv) – voqea-hodisalarni ulardagi kamchi- liklarni hazilomuz tasvirlash, beg‘araz hajv qilish.
Istehzo (kinoya, piching, kesatiq) – qochirim bilan, pardalab kulish yoki kamsitish.
Satira (masxaralash) – hayotdagi, odamlardagi salbiy hodisalarni, kamchilik va nuqsonlarni qattiq masxaralab kulish.
Sarkazm (zaharxanda) – kamchilikni qattiq botadigan tarzda mazax qilish.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining faoliyatida kulgi katta ahamiyat kasb etadi. Kulgi ishdagi kamchilik va nuqsonlarni ochib tashlash bilan birga tarbiyalash, ko‘ngil yumshatish, achinish va mehr-shafqat ko‘rsatish vazifalarini ham bajaradi.



Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish