Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Mutafakkirlar qonun va qonunchilik haqida



Download 0,5 Mb.
bet39/161
Sana06.02.2023
Hajmi0,5 Mb.
#908221
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

Mutafakkirlar qonun va qonunchilik haqida:


Xalq qonunni o‘z tayanchi, o‘zini muhofaza qiluvchi devor sifatida himoya etmog‘i lozim.(Geraklit)

  • Qonunni himoya qilolmaydigan, jur’atsiz odamlar uchun qonun behudadir.(T. Makoley)

  • Qonun ortida uni qo‘llab-quvvatlaydigan majburlovchi kuch bo‘lmasa u qonun emas.(J. Garfild)

  • Odatlar bu odamlardir, qonunlar esa mamlakatning aqli. Odatlar ko‘pincha qonunlardan ko‘ra shafqatsizroqdir. Aksari nomaqbul odatlar qonunlardan ustun keladi. (0. Balzak)

  • Qonunga rioya qilmaydigan odamdek yovuz hayvon yo‘q. (J. Savonarola)

  • Qonunga xilof harakat hech kimning obro‘yini oshirmaydi va o‘ziga hurmat ham uyg‘otolmaydi.(L. Kazbegi)

  • Qonun insoniy donolikning yuksak ifodasi bo‘lib, u odamlar to‘plagan tajribadan jamiyat farovonligi yo‘lida foydalanadi.(S.Jonson)

  • Hech bir qonunga bo‘ysunmaslik o‘zini najotbaxsh himoyadan mahrum etish degan so‘z, zero, qonunlar bizni boshqalardangina emas, o‘zimizdan ham asrab turmog‘i kerak. (G. Geyne)

  • Qayerda qonun tugasa, u yerda zo‘rlik boshlanadi.(U. Pitt) Agar qaysi yerda g‘arib xo‘rlanur,

U xil mamlakat tezda vayron bo‘lur.( Sa’diy)

  • Qonunlar illatlarga barham berib, yaxshilikka yo‘l ochmog‘i kerak. (Sitseron)

  • Qonunlar barchaga barobar bo‘lishi zarur. (SH. Monteskyo)

  • Fuqarolarning haqiqiy tengligi shundaki, ular qonunlarga bir xilda itoat etmoqliklari lozim.(J. Dalamber)

  • Qonun mayda pashshalar ilinib, yiriklari qutulib ketadigan to‘r emas. (0. Balzak)

  • Imtiyoz qonunning ashaddiy dushmani. (M. Ebner-Eshenba)

  • Men uchun qaysi tomon kuchliligining ahamiyati yo‘q; muhimi huquq kim tomondaligida. (V. Gyugo)

Vatanparvarlik prinsipi. «Vatan» arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida
«ona yurt» degan ma’noni anglatadi. «Vatan, – degan edi faylasuf olim H.Po‘latov, – muqaddas qadriyat. Taraqqiyot Vatandan boshlanadi. U insonning kindik qoni to‘kilgan joy, insonni ijtimoiy yetimlikdan asrovchi manzil, har kimning birligini qadrlovchi, o‘z-o‘ziga siyosiy bekligini ifodalovchi zamin, ma’naviy kamolot va fuqarolik maydoni, hayot maktabi, farovonlik va baxt-saodat o‘chog‘idir»1.
Shunday qilib «Vatan – insonning kindik qoni to‘kilgan tuproq, uni kamol toptiradigan,hayotiga ma’no-mazmun baxsh etadigan tabarruk maskandir. U ajdodlardan avlodlarga qoladigan buyuk meros, eng aziz xotira. Vatan – ota-bobolarimizning xoki poklari jo bo‘lgan, vaqti-soati yetib har birimiz bosh qo‘yadigan muqaddas zamindir. Vatani bor odamning g‘ururi-iftixori yuksak,maqsad-muddaolari aniq bo‘ladi.Tog‘dek tayanchi – Vatani borligini his etgan inson hayotning har qanday sinovlariga doimo tayyor turadi»2. «Vatanni sevmoq iymondandir», – degan edilar payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom. Vatanni sevish vatanparvarlikning negizini tashkil qiladi.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining vatanparvarligi deb ona Vatanga muhabbat va sadoqat bilan xizmat qilish, uning sarhadlarini tashqi dushmanlardan, ichkarisini jinoyatchi va xiyonatkor unsurlardan himoya qilishga, kerak bo‘lsa, uning mustaqilligi, obodligi, ozodligi, tinchligi va osoyishtaligini saqlash, fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qilish yo‘lida jonlarini fido qilishga tayyor turishlariga aytiladi.
O‘zbekiston fuqarolari vatanparvarligining xususiyatlari va ahamiyati to‘g‘risida I.A.Karimov shunday deb yozgan edi: «O‘zbekiston fuqaro- sining vatanparvarligi – bu qayta o‘zgarishlar yo‘lini ko‘rsatuvchi, ko‘zlangan maqsaddan chetga chiqmaydigan yo‘lchi yulduz, ishonchli kompasdir. ... Vatanga sodiqlik, vatanparvarlik o‘zining qudratli ildizlari bilan o‘z oilasining, avlod-ajdodlarning nomus-origa, chuqur ehtiromga, insonning shaxsiy vijdoniga, burchga va o‘z so‘ziga sodiqlikka borib taqaladi. Kishilarimizning vatanparvarligi hamma vaqt sevimli xalqning


1 Пўлатов Ҳ. Мустақиллигимиз қадриятлари // Ўзбекистоннинг миллий истишлол мафкураси – Т.: Ўзбекистон, 1993 – Б.76.
2 Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. – Т.: Ўзбекис- тон, 2001. – Б. 51.
shon-sharafi, qadr-qimmati, madaniyati va an’analariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda o‘z ifodasini topib keldi. Ba’zida hayotda qiyin vaziyatlar bo‘ladi, ba’zan adolatsizlik va ranj-alam ezadi, lekin jahl ustida ona- Vatanni, vatandoshlarni haqorat qilish – bu borib turgan shakkoklikdir. Buni xalq aslo kechirmaydi»1 .
Ichki ishlar idoralari xodimlarining vatanparvarligi ularning Vatanni his qilishida, Vatanga bo‘lgan tuyg‘usida ifodalangan bo‘ladi.
«Vatan hissi – shu Vatanning egasi bo‘lmish xalqni bilishdan, uning qadriga yetishdan, nimalarga qodir bo‘lganligini tan olishdan, buyukligini e’tirof etishdan boshlanadi. Vatan va xalq egizak. Birini his etish uchun ikkinchisini bilmoq kerak. O‘zbekiston deganda o‘zbek xalqini, o‘zbek xalqi deganda O‘zbekistonni tushunmoq kerak. Birisiz ikkinchisini his qilish mutlaqo mumkin emas. O‘zbeksiz O‘zbekistonni, O‘zbekistonsiz o‘zbekni xayolga ham keltirib bo‘lmaydi. ...Azal kotiblari vasiqani shunday bitibdilar, taqdir bizga kulib boqibdi, O‘zbekiston bizga Vatan bo‘libdi, biz unga farzandi komil bo‘libmiz. To abad shunday bo‘lgay, insholloh!»2.
Vatan hissi – muqaddas tuyg‘u. Vatan tuyg‘usi – ajdodlarimizning Vatan deya, uning ozodligi va mustaqilligi yo‘lida jon fido qilganliklarini, jabr-sitam, zulm-istibdodga uchraganliklarini yod etish, mustaqil, ozod va obod Vatanimizga yuksak e’tiqod bilan yashash, unga hamisha sadoqatli bo‘lishdir3 .
Vatanparvarlik haqida donishmandlar shunday deganlar:

  • Ma’rifatli xalqlarning haqiqiy jasorati Vatan yo‘lida qurbon bo‘lishga hozir ekanliklarida aks etadi. (G.Gegel)

  • Kimki o‘z yurtini sevmasa, u hech kimni seva olmaydi. (Bayron)

  • Saxovatning eng buyuk jasurliklari Vatanga bo‘lgan muhabbat tufayli vujudga keladi. (J.J.Russo)

  • Vatan uchun chala ish qilish, uning uchun hech nima qilmaslikdir.(M. Robespyer)

  • O‘z Vataniga dog‘ tushirish uni sotish degan so‘z. (V.Gyugo)



1 Каримов И.А. Ўзбекистоннинг ўз истиқлол ва тараққиёт йўли //Унинг ўзи.
Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат,мафкура.Т.1.–Т.: Ўзбекис- тон,1996. – Б.83– 84.
2 Иброҳимов А., Султонов Х., Жураев Н. Ватан туйғуси – Т.: Ўзбекистон, 1996. – Б.146.
3 O‘sha manba. – B.152– 153.

  • Shunday jinoyat borki, uni oqlab bo‘lmaydi, bu Vatanga xiyonatdir. (P.Buast) .

  • Vatan mening jonu tanim sajdagohimdur. U mening to‘lin oyim, tinch-omonim, izzatim, sharafim. Ka’bam, qiblam hamda gulistonimdur. (Fitrat)

O‘tar kunlar, o‘tar zamon, Ey Vatanim, bo‘lma hijron!
Men ketsam-da, sen bo‘l omon!
Omon Vatan, Vatan omon. ( A.Avloniy)




  1. Download 0,5 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish