Ichki ishlar idoralari xodimlarining



Download 0,5 Mb.
bet151/161
Sana06.02.2023
Hajmi0,5 Mb.
#908221
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

Yig‘ilishlarda xodimning hisobotini eshitish. Hisobot – xodimning o‘z xizmatdoshlari oldida qilgan ishlari bo‘yicha bergan vijdon imtihoni. Uning qanchalik halol ishlagani, to‘g‘riso‘zligi, ishga, do‘stlariga sadoqati ana shu hisoboti orqali bilib olinadi.

  • Shaxsiy namuna ko‘rsatish. Shaxsiy namuna ko‘rsatish boshliqning o‘z qo‘l ostidagilarga xizmat vazifasini bajarishda, so‘z va ish birligida, oilada, do‘stlar davrasida, umuman, hayotda ijobiy o‘rnak ko‘rsatishdan iborat.

    Boshliq yoki rahbar quyidagi ishlarda shaxsiy namuna ko‘rsatishi lozim:

      • xizmat vazifalarini bekamu ko‘st bajarishda, normativ hujjatlar talablarini ijro etishda;

      • tartib-intizomni saqlashda, yurish-turishda, tashqi qiyofada, saf tayyorgarligida;

      • talabchanlikda, prinsipiallikda, nazorat qilishda;

      • odamlarga g‘amxo‘rlik qilishda, turmush sharoitini yaxshilashda;

      • oilada, do‘stlar davrasida, mahallada, ko‘cha-ko‘yda;

      • Vatanni sevishda, odamlarga izzat-hurmat ko‘rsatishda va h.k.

    1. Xodimning yashash joyiga tashrif buyurish. Bu boshliq yoki rahbarning o‘z qo‘li ostidagi xodimning oilaviy ahvolini yaxshi bilish, uning turmush sharoitini o‘rganib, unga yordam berish maqsadida o‘tkaziladigan yakka tartibdagi ta’lim-tarbiya shakllaridan hisoblanadi.

    Bu tadbir quyidagi vazifalarni bajarish uchun o‘tkaziladi:

      • xodimning turmush sharoitini o‘rganish;

      • oiladagi munosabatlarni, ularning xodim intizomi va xizmat faoliyatiga ta’sirini o‘rganish;

      • oila a’zolarining xodim kasbiga munosabatlarini aniqlash;

      • xodimning bo‘sh vaqtni qanday o‘tkazishini, qiziqishlarini bilish;

      • xodimning tanish-bilishlarini o‘rganish, uni har xil zararli aloqalardan saqlab qolish;

      • xodimning o‘z farzandlarini tarbiyalashdagi ishtirokini bilish va

    h.k.
    Yakka tartibdagi ta’lim-tarbiya ishlarining yuqorida ko‘rsatilgan
    barcha shakllari bir-birlari bilan uzviy bo‘lib, ularning asosiy maqsadi ichki ishlar idoralari xodimlarining ma’naviy saviyasini oshirishdan iborat. Yakka tartibdagi ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishga mas’ul bo‘lgan xodimlarning vazifalari. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 1994 yil 12 avgustdagi 215-buyrug‘iga binoan, yakka tartibdagi ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishga mas’ul xodimlarning vazifalari
    quyidagilardan iborat:

      • xodimning tarjimai holi va shaxsiga oid (oila, yashash sharoitlari, atrofdagilar bilan aloqalari va boshqa) ma’lumotlar bilan tanishish, uning hayot faoliyatidagi o‘zgarishlardan o‘z vaqtida xabardor bo‘lish;

      • xodimning hamkasblari, yashash joyidagi mahalla ahli, do‘stlari, tanishlari orasidagi xulq-atvoridan xabardor bo‘lish;

      • xizmat burchiga, jamoat topshiriqlariga bo‘lgan munosabatini o‘rganish;

      • Konstitutsiya, qonunlar, «Kasb madaniyati», IIVning buyruq va yo‘riqnomalari talablariga rioya qilish;

      • jismoniy va kasbiy tayyorgarlik hamda «Ma’rifat darslari»ga qatnashishini tekshirish;

      • xodimning madaniyatli, ziyrak, aql-zakovatli, Vatani va xalqiga sadoqatli, insof-iymonli, adolatli, diyonatli bo‘lishiga erishish;

      • xodimlarni rag‘batlantirishda, yuqori lavozimlarga tavsiya etishda, unvonlar berishda ular mehnatining samarasi va xizmatda erishayotgan yutuqlariga haqqoniy baho berish;

      • ilgari xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi sababli intizomiy jazoga tortilgan xodimlarning o‘z nuqsonlarini bartaraf etishlarini nazoratga olib, yaqindan yordam berish;

      • xodimning to‘y va ma’rakalarida ishtirok etish va unga moddiy yordam ko‘rsatilishini tashkil qilish;

      • xodimlar va ular oila a’zolarining madaniy dam olishlari hamda hordiq chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

    Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan sodir etilayotgan nojo‘ya xatti-harakatlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish qonunchilik va xizmat intizomini mustahkamlash maqsadlarida yakka tartibdagi tarbiyaviy ishlar quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:

      • O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlariga hamda

    ichki ishlar idoralari faoliyatiga doir buyruqlar, nizomlar, yo‘riqnomalar va ko‘rsatmalar, «Kasb madaniyati», Intizom nizomi talablariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash;

      • har bir xodimning mahalla ahli va o‘z oila a’zolari bilan doimo yaxshi munosabatda bo‘lishiga erishish;

      • jamoada sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhitni, hamjihatlik, ishchanlik, mehr-oqibatlilik kabi omillarni vujudga keltirish va mustahkamlash;

      • xodimlar xizmat faoliyatini ijobiy natijalarga erishishga yo‘nal- tirish;

      • xizmat paytida fuqarolar bilan xushmuomala bo‘lish, ularning jamiyatda tutgan o‘rni, millati, irqi, siyosiy qarashlari, diniy e’tiqodlaridan qat’i nazar, har tomonlama himoya qilishga chorlash;

      • xizmatdan bo‘sh vaqtda fuqarolik burchiga, axloq-odob qoidalariga amal qilish yuzasidan maslahatlar berish;

      • hayotda oddiy va kamtar bo‘lish;

      • tamagirlik, poraxo‘rlik, manmanlik kabi illatlarga murosasiz bo‘lishni talab qilish;

      • xizmat burchini, nizomlar, buyruqlar va farmoyishlar talablarini vijdonan bajarishda o‘ziga nisbatan talabchanlik, rahbarlarga va fuqarolarga o‘z burchlarini bajarishlarida yordam berishga doimo tayyor turishga erishish;

      • davlat hokimiyati vakili ekanligini ifodalovchi xizmat kiyimlari va belgilarini chuqur hurmat qilish, ularni faxrlanib kiyib yurish, doimo saranjom-sarishta va ozoda tutishni talab qilish;

      • xodimlardan jismonan chiniqib, kasb mahoratlarini tinmay takomillashtirib borishlarini talab qilish;

      • respublikamizda va jahonda kechayotgan voqea-hodisalar, yangiliklardan doimo xabardor bo‘lib borilishiga erishish.

    Ammo rahbarlar shaxsiy tarkib bilan yakka tartibdagi tarbiyaviy ishlarni olib borayotganda ushbu tavsiyanomada ko‘rsatilmagan, lekin avloddan avlodga o‘tib, xalqimiz orasida keng qo‘llanib kelayotgan boshqa zamonaviy tarbiya usullaridan ham foydalanishlari mumkin.

    Download 0,5 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   161




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish