Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb madaniyatini shakllantirish



Download 0,5 Mb.
bet154/161
Sana06.02.2023
Hajmi0,5 Mb.
#908221
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb madaniyatini shakllantirish


  1. Ichki ishlar idoralari xodimi o‘qish, o‘rganish va izlanishdan charchamaydi. O‘z Vatanining tarixi, adabiyoti va san’atini o‘rganadi. Kasbiy bilimlarini, nutq madaniyatini o‘stirishga intiladi. Mustaqil fikrga ega bo‘lishga, o‘z ustida ishlab, yangiliklar yaratishga harakat qiladi. O‘ziga nisbatan talabchan bo‘lishiga va xizmatdoshlarining yaxshi fazilatlarini o‘zlashtirishga harakat qiladi.

  2. Kundalik matbuot va ommaviy axborot vositalarini muntazam ravishda kuzatib boradi. O‘z bilim va tajribalarini yoshlarga o‘rgatadi. Jamiyatdagi o‘zgarishlarga befarq bo‘lmaydi. Zamon bilan hamnafas va hamqadam bo‘lishga intiladi, zamonaviy texnika vositalaridan foydalanish usullarini o‘rganadi.

  3. Ichki ishlar idoralari xodimi jinoiy unsurlarning foydalanishi mumkin bo‘lgan harakat uslubi, pinhona ish qoidalari, ishlatishi mumkin bo‘lgan qurol va boshqa vositalardan yaxshi xabardor bo‘lishi lozim. Har qanday sharoitda o‘zining, kasbdoshlarining hamda fuqarolarning shaxsiy xavfsizligini ta’minlashga tayyor bo‘lishi shart.

  4. Ichki ishlar idoralarida uzoq yillar davomida samarali xizmat qilayotgan xodimlarning xizmat faoliyati davomida orttirgan boy amaliy tajribalaridan unumli foydalanadi.
      1. Ichki ishlar idoralari xodimlari kasb madaniyatining asosiy talablari


  1. Ichki ishlar idoralari xodimlari kasb madaniyatining asosiy talablari quyidagilardan iborat:

    • xizmat burchini bajarishga vijdonan yondashish, Vatanga sidqidildan xizmat qilish, fuqarolarga beg‘araz yordam berish, moddiy va ma’naviy boyliklarimizni asrab-avaylash, milliy qadriyatlarimizga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;

    • fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala bo‘lish;

    • aql va mulohaza bilan ish yuritish, yuklatilgan xizmat vazifalarni bajarishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik, tanish-bilishchilik va mahalliychilikdan saqlanish;

    • ruhan va jismonan tetik, bardam, hushyor va doimo ogoh bo‘lish, irodani chiniqtirib borish;

    • og‘ir damlarda sabr-bardoshli bo‘lish, xizmat va kasb sirlarini saqlash;

    • hamkasblariga, do‘stlariga aybini va kamchiliklarini o‘z vaqtida aytish hamda ularni bartaraf etishda yordam berish;

    • jamiyatga qarshi har qanday harakat va tajovuzlarni aniqlash hamda ularning oldini olish choralarini ko‘rish, huquqbuzarlik va jinoyat sodir etuvchi shaxslarga nisbatan murosasiz bo‘lish;

    • fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqib, qonuniy hal etish, sansalorlikka yo‘l qo‘ymaslik va ishonchni yo‘qotmaslik;

    • aholi o‘rtasiga kirib borish, ularning yaxshi va yomon kunlarida hamdard bo‘lish orqali ishonchini oshirish, ichki ishlar idoralari xodimi degan yuksak nomni asrab-avaylash, uning obro‘sini yanada yuksaltirish choralarini ko‘rish;

    • Ichki ishlar vazirligining me’yoriy hujjatlari talablarini og‘ishmay bajarish;

    • axloq-odob qoidalariga rioya qilish, rostgo‘y bo‘lish, amalparastlik, ig‘vo, tuhmat, hasadgo‘ylik, tamagirlik, maishiy buzuqlik kabi illatlardan xoli bo‘lish;

    • o‘z ustida muntazam izlanish, xizmatdagi xato va kamchiliklarni doimo aniqlab borish va bartaraf etish choralarini ko‘rish, xizmat yo‘nalishini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;

    • aholining huquqiy madaniyatini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borish, qonunchilik me’yorlarini keng targ‘ib qilish, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish.

  1. Ichki ishlar idoralari xodimlari sog‘lom turmush tarziga rioya qilishlari, turli zararli odatlardan himoyalanishlari zarur.

  2. Xodim oilasida yuzaga kelgan mojarolarni amaldagi qonunchilikka qat’iy rioya etgan holda hal etadi. Oila a’zolari va yaqin qarindoshlarining noqonuniy faoliyatlari uchun huquqni muhofaza qiluvchi idoralari tomonidan surishtiruv yoxud tergov harakatlari olib borilayotgan hollarda xizmat vakolati doirasidan chetga chiqib, ularning faoliyatiga aralashmasligi lozim.

  3. Xodim xizmat faoliyati davomida xizmatga taalluqli bo‘lmagan ishlarga aralashmaydi, o‘zining xizmat joyini yoki navbatchilikda turgan postini rahbarining ruxsatisiz o‘zboshimchalik bilan tashlab ketmaydi hamda xizmat safariga jalb etilganda tasdiqlangan rejada ko‘rsatilmagan ichki ishlar idoralariga tashrif buyurmaydi. Xizmat vaqtida va xizmatdan tashqari vaqtlarda qimor va shunga o‘xshash o‘yinlarda qatnashmaydi, shaxsiy

manfaati yo‘lida xizmat guvohnomasini fuqarolarning qo‘lida garov tariqasida qoldirmaydi.

      1. Download 0,5 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish