«Ma’rifat» tushunchasi, uning mohiyati va ahamiyati. «Ma’rifat» arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida bilim, fan, ma’lumot, tanishish degan lug‘aviy ma’noga ega falsafiy jihatdan kishilarning ong-bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya ma’nosini anglatadi2. Ilm-fan nazdida esa ma’rifat deganda kishilar orasida zamonaviy bilimlarni, ya’ni fan va texnika, san’at va madaniyat, siyosat va huquq, kabi bir qator ilmlarning eng so‘nggi yutuqlarini tarqatish, targ‘ibot- tashviqot ishlari tushuniladi. Shuning uchun ham bevosita zamonaviy ilm- fan, madaniyat yutuqlarini tarqatish bilan mashg‘ul bo‘lgan kishilarni ma’rifatparvarlar deb, tarqatilgan ana shu ilmu bilimlardan bahramand bo‘lganlarni ma’rifatli kishilar deb atashadi.
Hozirgi kunda fan va texnika rivoji, ijtimoiy va siyosiy taraqqiyot juda tez sur’atlar bilan kechmoqda. Uning mohiyatini anglab olish va shu asosda ishlarni tashkil qilish har bir kishi uchun hayotiy zarurat darajasiga yetdi. Bu zarurat har bir odamni ma’rifatli bo‘lishga undamoqda. Ma’rifatning maqsadi odamlarga yangi fan va texnika yutuqlarini, olamda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotga xizmat qiluvchi yangiliklarni, jahon madaniyatining durdonalarini yetkazishdir.
Insoniyat rivoji tarixidan shu narsa ma’lumki, hamma vaqt davlatlarning shukuhli salohiyati, jamiyatning ravnaqi ma’rifat ishlarining qay darajada tashkil etilganligiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘lib kelgan. Chunki qaysi bir mamlakatda ma’rifat ishlari ommaviy tarzda, ilmiy asosda, muntazam ravishda to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, o‘sha yerning xalqi, davlatning fuqarolari yuksak bilim va ma’naviyat sohibi bo‘lganlar. Shuning uchun ham I. A. Karimov o‘zining «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» nomli asarida: «Jamiyat taraqqiyotining asosi, uni muqarrar halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch – ma’rifatdir. Ma’rifat va ma’rifatparvarlik biz uchun o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q, yo‘qotmaydi ham. Aql-zakovatli, yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi. Agar shu muammoni yecholmasak, barcha toat-
1 Каримов И.А. Ўзбекистоннинг ўз истиқлол ва тараққиёт йўли // Унинг ўзи. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. Т.1. – Т.: Ўзбекистон, 1996. – Б.80-81.
2 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Ж.2. – Т.: Ўзбекистон миллий энцикло- педияси, 2006. – Б.567.
ibodatlarimiz bir pul: taraqqiyot ham, kelajak ham, farovon hayot ham bo‘lmaydi!»1, – deb yozgan edi.
Yuksak bilimli, ma’naviyatli va ma’rifatli xalq doimo to‘q va badavlat yashaydi. Har tomonlama kamol topgan, boy-badavlat va ma’rifatli xalq har qanday davlatning asosiy kuchi, tayanchi hisoblanadi. Bunday xalq hech qachon zulmat dunyosida yashashni istamaydi, u doimo ma’rifat sari intiladi. Shunday ekan, hozirgi kunda davlatlar o‘zlarining zamonaviy qurol-yarog‘lari, o‘q-dorilari bilan emas, balki ma’rifatli va ma’naviyatli odamlari bilan kuchli sanaladi.
Ma’rifatning asl mohiyati to‘g‘risida millatparvar inson Mahmudxo‘ja Behbudiy (1874-1919) shunday yozgan edi: «Ilm-ma’rifatsiz hech bir millat ...hayot maydonida tura olmas. Xoh ul millat hokim, xoh millat mahkum bo‘lsin, ilm ma’rifatdan mahrum bo‘lganligi uchun boshqa san’at va hunar toji bo‘lgan millatlarning oyog‘i ostida ezilurga majburdirlar... Boy bo‘lgan millat albatta dunyoda yashay oladur. Ul millatning diniga emas, hatto milliyatiga va shaxsiyatiga hech kim tega olmaydir... Hunarlik va boy bo‘lmoq uchun nima lozimdir? Albatta, ilm va ma’rifat lozimdir... Hunarli va ma’rifatli bo‘lgan millatlarning xalqlari faqir va bechora bo‘lib, darvishlar qiyofasiga kirib, gadoylik qilib yurmaydilar»2.
Ma’naviyat inson ruhiy va aqliy olamining majmui bo‘lsa, ma’rifat shu olamni ziyoga to‘ldiruvchi vositadir. Qalbi ilm-fan, madaniyat ziyosi bilan nurga to‘lgan inson hamma vaqt imonli, e’tiqodli, saxovatpesha, xalqparvar bo‘lib, haqiqat uchun, adolat qaror topishi uchun, tinchlik- osoyishtalik uchun kurash olib boradilar.
Ma’naviyat va ma’rifat ishlarini tashkil etish ichki ishlar idoralari xodimlarining hayoti va faoliyatida katta ahamiyat kasb etib, quyidagi natijalarga erishishni ta’minlaydi:
birinchidan, har bir xodimda xalqparvar bo‘lish, uni ardoqlash, izzat- hurmatini joyiga qo‘yish, mustaqillikni oliy ne’mat deb bilish va elim, yurtim deb kechayu kunduz uning xizmatida bo‘lish kabi fazilatlarni tarbiyalaydi;
ikkinchidan, iymonli, e’tiqodli, sadoqatli, fidoyi, xushmuomala bo‘lgan holda, fuqarolarning taqdiriga befarq qaramaslikni, ular bilan hamnafas bo‘lib yashashni, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishni o‘rgatadi;
1 Каримов И. А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ // Унинг ўзи. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Т.7. – Т.: Ўзбекистон,1999.– Б.135.
2 Qarang: Ўзбек педагогикаси антологияси. Икки жилдли. Ж. 1. – Т.: Ўқитувчи, 1995. – Б. 452.
uchinchidan, jamiyat bag‘rida mavjud bo‘lgan, uning rivojiga to‘sqinlik qilayotgan har xil illatlar – jinoyatchilik, korrupsiya, o‘g‘rilik, zinokorlik, yolg‘onchilik, tuhmatchilik, bezorilik kabilarga cheksiz nafrat tuyg‘usini rivojlantirib, ularni tag-tomiri bilan yo‘q qilishga rag‘batlantiradi;
to‘rtinchidan, eng zamonaviy huquqiy, axloqiy, siyosiy ilmlardan saboq berib, fan va texnika yutuqlari bilan tanishtirib, ularning ma’naviy madaniyatini yuksaltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |