Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
Axloqiy-kasbiy buzilish nima?
Axloqiy-kasbiy buzilishning shakllari qanday?
Kasbiy buzilishni keltirib chiqaruvchi umumiy sabablar haqida so‘zlab bering.
Axloqiy-kasbiy buzilishning obyektiv va subyektiv sabablariga
1 Каримов И.А. Халқимизнинг йўли мустақиллик, озодлик ва туб ислоҳотлар йўлидир // Унинг ўзи. Бунёдкорлик йўлидан. Т. 4. – Ўзбекистон, 1996. – Б. 285-288.
nimalar kiradi? Ularni sanab bering.
Byurokratizmga asoslangan kasbiy buzilish deganda nimani tushunasiz?
Kasbiy tanazzulni keltirib chiqaruvchi omillar nimalardan iborat? Shu haqda o‘z fikr-mulohazalaringizni ayting.
Kasbiy buzilishning ochiq va yopiq shakllari deganda nimalarni tushunasiz? Bilganlaringizni sanab bering.
Axloqiy-kasbiy buzilishlarning oldini olishda qo‘llaniladigan umumiy tadbirlarga nimalar kiradi?
Axloqiy va estetik tarbiya nima va ular ichki ishlar idoralari xodimlari kasbiy buzilishning oldini olishda qanday ahamiyatga ega?
Kasbiy buzilishning oldini olishga va uni tugatishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar nimalardan iborat?
bob
ICHKI ISHLAR IDORALARIDA MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT ISHLARINI TASHKIL ETISH ASOSLARI
§. ICHKI ISHLAR IDORALARIDA MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT ISHLARINI TASHKIL ETISHNING NAZARIY- METODOLOGIK ASOSLARI
Ma’naviyat va uning tarkibiy qismlari. Dunyodagi har bir tirik inson moddiy va ma’naviy olam ehsonlaridan tashkil topgan bo‘lib, moddiy olam unga tana, jismoniy oziq, kuch-kamolot bergan bo‘lsa, ma’naviy olam uning tanasiga ruhiy quvvat, aqliy zakovat ato etadi. Insondagi ana shu ikki vujud, ya’ni moddiy va ma’naviy vujud bir-birlari bilan qo‘shilib, uni hayvonot dunyosidan farqlagan holda yeru ko‘kning gultojiga aylantiradi. Insonni buyuk kuchga aylantiruvchi, uni Allohning yerdagi xalifasi darajasiga ko‘taruvchi quvvat ham uning ma’naviy vujudidir.
«Ma’naviyat» arabcha so‘z bo‘lib, birinchidan, kishining ichki, ruhiy hayotiga oid tomonlarni bildirsa, ikkinchidan, axloqiylik degan ma’noni ham anglatadi1.
Falsafiy ma’noda, «ma’naviyat – odamning ruhiy va aqliy olamining majmuidir... Ma’naviyat – jamiyatning, millatning va yoki ayrim bir kishining ichki hayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idrokini mujassamlashtiruvchi tushuncha. Ma’naviyat inson va jamiyat madaniyatining negizi, inson va jamiyat hayoti ma’lum yo‘nalishining bosh omilidir»2.
Yuqoridagi ta’riflardan ko‘rinib turibdiki, ma’naviyat keng ma’noli tushunchadir. U real ijtimoiy voqelikning uzoq o‘tmishi, bugungi hayoti va kelgusidagi ravnaqini o‘zida mujassamlashtiruvchi falsafiy kategoriya hisoblanadi. Unga I. A. Karimov shunday ta’rif bergan edi: « Ma’naviyat
– insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha
1 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Ж. 2. – Т.: Ўзбекистон миллий энциклопе- дияси, 2006. – Б. 565.
2 Qarang: Иброҳимов А., Султонов Х., Жўраев Н. Ватан туйғуси. – Т.: Ўзбекистон, 1996. – Б. 111.
Do'stlaringiz bilan baham: |