Ichki ishlar idoralari xodimlarining



Download 0,5 Mb.
bet103/161
Sana06.02.2023
Hajmi0,5 Mb.
#908221
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

So‘roq qilishda qo‘llaniladigan axloqiy usullar. So‘roq qilishda qo‘llaniladigan axloqiy usullarga quyidagilarni kiritish mumkin:

  1. Savolni takrorlash. Savolni turli paytda va har xil usulda takrorlash tergovchiga ayblanuvchidan yangi ma’lumotlar olish imkonini beradi, bu usul yordamida ayblanuvchining yolg‘on ko‘rsatuv berayotganligini bilib olish mumkin, ya’ni u bunda tilidan ilinib qoladi.





1 Ўзбекистон Республикасининг Жиноят-процессуал кодекси. –Т.: Адолат, 1995. – Б. 48-49.

  1. So‘roq harakatini tezlashtirish. So‘roq qilish jadal sur’atda amalga oshirilsa, ayblanuvchi yolg‘on gapirishga, qandaydir tusmollar o‘ylab topishga ulgurmaydi. Shu yo‘l bilan ayblanuvchining so‘roqda noto‘g‘ri, yolg‘on ko‘rsatuv berayotganligini bilib olish mumkin.

  2. Suhbatdosh bilan ruhiy jihatdan ishonchli aloqa o‘rnatish. Bu tergovni erkin, qiynalmasdan olib borish imkonini beradi.

  3. Asta-sekin ma’lumotlarni berish asosida so‘roqni kuchaytirib borish. Tergovchi ayblanuvchiga barcha axborotni emas, balki jinoyatni ochish, ayb qo‘yish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni berish asosida uni so‘roq qilishi mumkin. Bunday usul ayblanuvchini shoshirib qo‘yadi.

  4. To‘satdan so‘roq qilish. Ayblanuvchini to‘satdan so‘roq qilish uning dovdirab, shoshib qolishiga, gapidagi mantiqiy izchillikning yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. Bu esa ayblanuvchining so‘roq vaqtida tergovchiga aytmay qolgan, yashirgan epizodlarini bilib olish imkonini beradi.

  5. Diqqatni chalg‘itish. Tergovchi bu usulni qo‘llab, so‘roq qilinayotgan shaxsning diqqat-e’tiborini boshqa mavzuga burib yuboradi. Boshqa mavzuda suhbatlasha turib, birdaniga oldingi mavzuga qaytadi. Bu usul ham aybdordan tergovga, jinoyat ishiga doir to‘g‘ri ma’lumotlarni olishda yordam beradi.

  6. Erkin hikoya qilib berish. Tergovchi bo‘lib o‘tgan voqeani so‘roq qilinuvchining shaxsi va ma’lumotlarini hisobga olgan holda hikoya qilib beradi. Hikoya qilish chog‘ida ayblanuvchidan: «Shunday ham bo‘ladimi?» yoki «Shunday bo‘lganmidi?», – deb so‘rab qo‘yadi. Ayni vaqtda tergovchi aybdorning ham shu to‘g‘risidagi yoki boshqa shunga o‘xshash hikoyalarini diqqat bilan eshitib oladi. So‘ngra uning bu afsonaga o‘xshash gaplaridan, erkin hikoyasidan tergovga doir ma’lumotlarni mantiqiy usul bilan umumlashtiradi. Bu esa tergovning yo‘nalishini belgilashda ahamiyatga ega. Ammo tergovchi bu usulga ortiqcha baho berib, erishgan yutuqlaridan mag‘rurlanib ketmasligi kerak. Ayniqsa, bu to‘g‘rida aybdorga mag‘rurlanib gapirish, maqtanish aybdorning tergovchiga, tergov jarayoniga nisbatan nafratini qo‘zg‘atishi mumkin.

Tergov qilishning yuqorida ko‘rsatilgan axloqiy-taktik usullari faqat yolg‘on ko‘rsatuv berishga urinayotganlarga nisbatan ishlatilishi kerak. Xo‘sh, jabrlanuvchi, ayblanuvchi, guvoh va xolislarni so‘roqqa chaqirishning o‘ziga xos axloqiy normalari mavjudmi?
Tergovchi guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi va ayblanuvchini surishtiruv, dastlabki tergov o‘tkaziladigan joyda yoki so‘roq qilinuvchi bor joyda, sud esa sud muhokamasi joyida so‘roq qiladi (JPK, 96-m.).
So‘roq qilish uchun chaqirishning axloqiy talablari:

  1. Guvoh, jabrlanuvchi, shuningdek, ozodlikda yurgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga va sudga chaqiruv qog‘ozi bilan chaqiriladi.

  2. Chaqiruv qog‘ozi pochta orqali jo‘natiladi yoki chopar orqali topshiriladi. Chaqiruv telefonogramma, telegramma, radiogramma bilan yoki telefaks orqali yuborilishi mumkin.

  3. Chaqiruv qog‘ozida shaxs kim sifatida, qaysi manzilga va kimning huzuriga chaqirilayotgani, qaysi kuni va qaysi vaqtda kelishi kerakligi, shuningdek uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmay qolgan taqdirda qanday oqibatlar ro‘y berishi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

  4. Chaqiruv qog‘ozi chaqiriluvchiga topshirilib, tilxat olinadi.

  5. Har qanday sharoitda ham avval jabrlanuvchi chaqirilishi zarur.

  6. Jabrlanuvchi juda zarur bo‘lib qolgan hollardagina chaqiriladi.

  7. Tergovchi shunday qilishi lozimki, ayblanuvchi bilan jabrlanuvchi chaqirilgan vaqtda bir joyda uchrasha olmasligi kerak, chunki ularning uchrashib qolishlari har xil gap-so‘zlar keltirib chiqarishi mumkin.

Tergovning muvaffaqiyati nafaqat so‘roq qilishning, balki boshqa tergov harakatlarining ham axloqiylik qoidalariga rioya qilgan holda bajarilishiga bog‘liq.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish